Mexanik ishlov berish uchun qo'shimlarni aniqlash usullari


Elektrofizik va elektrokimyoviy ishlov



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə9/10
tarix22.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#119202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
olimjonov yaxyobek

5. Elektrofizik va elektrokimyoviy ishlov

  • Ishlovning bu turlari hozirgi zamon sanoatida muhim o‘rin tutadi. Mashinasozlikda elektromexanik, elektrokimyoviy, ultratovush, elektrofizikotermik ishlovlar, yoyli plazma oqimi bilan ishlov, termik va termokimyoviy ishlovlar beriladi. Avtotraktorsozlik sanoatidagi muhimligini hisobga olib quyidagi usullarni mukammalroq ko‘rib chiqa-miz: elektr uchqunlari va elektr impulslari bilan ishlov, anod-mexanik ishlovi, ultratovush va lazer ishlovlari.
  • Elektruchqunli ishlov elektr razryadi ta’sirida metallni parchalashga asoslangan. Razryad bir joyda katta harorat hosil qiladi va metallni eritib, bug‘latib yuboradi. Bu jarayon katta mexanik zarba bilan kechgandan suyuq metall parchalanib ketadi. Elektrodlar orasidagi masofa (5—100 mkm) razryad chiqadigan darajada bo‘ladi (7-rasm). Jarayon suyuq muhitda — kerosin, kam yopishuvchi mineral moy va shu kabilar ichida bajariladi. Suyuq muhit sezilar-sezilmas yopishqoq va zagotovka materialiga neytral bo‘lishi kerak. Ishlov berilayotgan zagotovkani impulslar gener atorining musbat, elektrod-asbob esa manfiy qutbiga ulanadi. Elektrod-asbob uch xil: borib-keladigan, aylanma va borib-keladigan titrash va bor ib-keladigan harakatlar qilishi mumkin. Uchqun ning harorat ta’siri (po‘lat anodda 2450°Ñ gacha) bor-yo‘g‘i 0,05—1,0 mm2 yuzada va 0,005—0,3 mm sirtqi qatlamda sodir bo‘ladi. Shunday bo‘lgach, zagotovka qizib ketishi mumkin emas.

Anod-mexanik ishlovi suyuq muhitga (3-8-rasm) tushirilgan elektrodlar orasida elektr toki yuzaga keltiradigan issiqlik va kimyoviy ta’sir bilan metallga ishlov berishdir. Zagotovka (1) musbat qutb (anod) bilan, asbob (4) man-fiy qutb (katod) bilan ulanadi. Ishchi yuzada mintaqadan eroziya mahsulotlarini olib chiqadigan ariqchalar (2) bor. Elektr toki ta’sirida anod yuzasida yupqa parda (ïë±íêà) hosil bo‘ladi. Uning elektr qarshiligi suyuqlik qatlamining qarshiligidan ancha katta. Parda asbobni zagotovka yuzasiga bevosita tegib turishidan saqlaydi. Asbob (yoki zagotovka) o‘zining nisbiy harakatida ma’lum bosim bilan zagotovka yuzasidagi notekislik qirralariga tegadi va shunda anod pardasi yeyiladi. Parda yupqalanadi va elektr qarshiligi pasayadi, hamma tok shu joydan o‘ta boshlaydi. Tokning zichligi katta bo‘lganda (1 sm2 yuzaga bir necha o‘n amper) o‘sha joyda harorat ko‘tarilib, zagotovka notekisliklarining cho‘qqisini eritadi. Bu jarayon bir zumda kechadi, shuning uchun detal qizib ketmaydi. Notekislik erib ketgach, o‘sha joyda chuqurcha hosil bo‘ladi, uni suyuqlik egallab oladi, yana anodli parda hosil bo‘ladi. Bu payt asbob surilib, boshqa notekisliklar tomonga ketgan bo‘ladi.

  • Anod-mexanik ishlovi — suyuq muhitga (3-8-rasm) tushirilgan elektrodlar orasida elektr toki yuzaga keltiradigan issiqlik va kimyoviy ta’sir bilan metallga ishlov berishdir. Zagotovka (1) musbat qutb (anod) bilan, asbob (4) man-fiy qutb (katod) bilan ulanadi. Ishchi yuzada mintaqadan eroziya mahsulotlarini olib chiqadigan ariqchalar (2) bor. Elektr toki ta’sirida anod yuzasida yupqa parda (ïë±íêà) hosil bo‘ladi. Uning elektr qarshiligi suyuqlik qatlamining qarshiligidan ancha katta. Parda asbobni zagotovka yuzasiga bevosita tegib turishidan saqlaydi. Asbob (yoki zagotovka) o‘zining nisbiy harakatida ma’lum bosim bilan zagotovka yuzasidagi notekislik qirralariga tegadi va shunda anod pardasi yeyiladi. Parda yupqalanadi va elektr qarshiligi pasayadi, hamma tok shu joydan o‘ta boshlaydi. Tokning zichligi katta bo‘lganda (1 sm2 yuzaga bir necha o‘n amper) o‘sha joyda harorat ko‘tarilib, zagotovka notekisliklarining cho‘qqisini eritadi. Bu jarayon bir zumda kechadi, shuning uchun detal qizib ketmaydi. Notekislik erib ketgach, o‘sha joyda chuqurcha hosil bo‘ladi, uni suyuqlik egallab oladi, yana anodli parda hosil bo‘ladi. Bu payt asbob surilib, boshqa notekisliklar tomonga ketgan bo‘ladi.

2
4
3
1

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin