3.3. Yer yuzasidan sug‘orish usullari va ularga qo‘yiladigan talablar
Ekinlardan mo‘l hosil olishda beshta tabiiy faktor (suv, mineral oziqlar,
issiqliq, yorug‘liq, havo)ning ahamiyati juda katta.
Bu omillar o‘simlikning o‘sishi uchun qulay tabiiy sharoit vujudga keltiradi
va natijada, ekindan mo‘l hosil olinadi. O’simlik uchun bu faktorlarning birortasi
yetarli bo‘lmasa uning o‘rnini boshqasi bosolmaydi. Masalan: suv o‘rniga mineral
oziqlar yoki yorug‘lik o‘rniga ko‘proq issiqlik berib bo‘lmaydi. Tuproq, quyosh,
suv, havo va boshqa organik hamda anorganik jismlar ta’sirida tabiy ravishda
vujudga kelgan. Tuproqning unumdorlik darajasi uch xil turda: unumdor, o‘rtacha,
unumsiz bo‘lishi mumkin.
Tuproqning aktiv qatlamida muayyan tabiy va agrotexnikaviy sharoitda
belgilangan ekin maydonini optimal nam va oziq rejimlari bilan ta’minlaydigan
sug‘orish me’yorlari, sug‘orish muddatlari va sug‘orish soni yigindisi
sug‘orish
rejimi
deb ataladi. Belgilangan sug‘orish rejimi quyidagi shartlarga: A-muayyan
agrotexnikaviy talablarga asosan, o‘simlik rivojlanishining har qaysi fazasida uning
65
suvga bo‘lgan talabiga; B-tuproqning suv, oziq moddalar, tuz va issiqlik rejimlarini
tartibga solib turishga; V-sug‘oriladigan yerlarning botqoqlanishiga, sho‘rlanishiga
hamda tuproq eroziyasiga yo‘l qo‘ymaslikka rioya qilish kerak.
Har bir xo‘jalikda belgilangan sug‘orish rejimiga qattiq amal qilinsa, mehnat
yaxshi tashkil etilasa, texnika shu rejimga moslashtirilsa, ekindan doim mo‘l hosil
yetishtirish mumkin.
Sug‘orish usullari va sug‘orish texnikasi orqali sug‘orish rejimi amalga
oshiriladi. Mavsumiy sug‘orish normasini tuproqqa singdirish usuli
sug‘orish usuli
deb, ekinni sug‘orishda ekinga bir tekis taqsimlash usullari esa
sug‘orish texnikasi
deb ataladi.
Yerlarni sug‘orish uch xil usulda amalga oshiriladi:
er ustidan,
er ostidan,
sun’iy yomg‘ir yog‘dirish usullarida sug‘oriladi.
Yerni ustidan sug‘orish to‘rtga: -
bostirib
sug‘orish,
taxtalarga
bo‘lib
sug‘orish,
jo‘yak
va
egat
olib sug‘orishga bo‘linadi.
Sug‘orish usullarining har biri sug‘orish va suvni tartibga solish
shaxobchalarining muayyan tartibda qurilishini va o‘ziga mos texnikadan
foydalanishni talab qiladi.
Sug‘orish usullari: ekinning turiga, mexanizatsiyaviy va agrotexnikaviy
sharoitga, sug‘oriladigan yer relefi hamda nishabiga, sug‘oriladigan tuproqning
xususiyatlari (nam sig‘imi, suv o‘tkazuvchanligi va tarkibi)ga qarab tanlanadi.
Sug‘orish vaqtida suvning bosimi va sifatiga qarab, akad. A.N.Kostyakov mavsumiy
sug‘orish va galgi sug‘orish usullari klassifikatsiyasinin tavsiya etadi (3.2-jadval).
3.2-jadval
Mavsumiy
sug‘orish usullari
Dalaga suv tarash
usuli
Bir galgi sug‘orish
Kichik bosim va oz suv
sarfi bilan
Kattaroq bosim va
ko‘proq suv sarfi bilan
Tuproq
ustidan
oqin
suv
bilan
sug‘orish
Dala yuzi bo‘ylab:
a) yaxlit sug‘orish
b) egat olib
sug‘orish
1.Taxtalarga
bo‘lib
sug‘orish
2.Chuqur, etagi berk
egat olib sug‘orish
1.Bostirib sug‘orish
2.Chuqur okmaydigan
(etagi berk) egat olib
sug‘orish
66
Yog‘dirib
sug‘orish
Yog‘dirib sug‘orish
Suvni kichik bosim bilan
yakinga olib sug‘orish
Suvni katta bosim bilan
uzoqqa otib sug‘orish
Tuproq
ostidan
sug‘orish
Suv tuproq ostidan
beriladi(xaydalgan
yer
qatlami
suvni
pastdan o‘ziga shimib
oladi)
Muttasil
ishlaydigan
bosimsiz
vakkumli
sistemalar
vositasida
sug‘orish
Vaqti
vaqti
bilan
ishlaydigan
bosimli
sistemalar
vositasida
sug‘orish
Tuproq ustidan sug‘orish.
Bostirib va taxtalarga bo‘lib sug‘orishda dalani
yoppsiga suv bosadi va suv yerga tikkasiga singadi. Jo‘yak va egat olib sug‘orishda
esa suv tuproqqa, asosan yon tomonlardan singadi. Sug‘orish usuli ekinlarning
turiga qarab tanlanadi. Sholipoyalarni sug‘orishda va yerni sho‘rini yuvishda
bostirib sug‘orish usulidan foydalaniladi. Beda va donli ekinlar
jo‘yak olib
sug‘oriladi. G’uza, lovlagi, tok makkajo‘xori, oq jo‘xori va boshqa ko‘p ekinlar egat
olib sug‘oriladi.
Suvdan to‘g‘ri va samarali foydalanishda hamda sug‘orish sistemasini normal
ekspluatatsiya qilishda sug‘orish texnikasi katta ahamiyatga ega.
Sug‘orish texnikalariga:
1.
Tuproqdagi suv, havo, oziq moddalar, tuz va issiqlik rejimlarining talab qilingan
darajada pasaytirmay saqlash va bu rejimlarning agrotexnikaviy tadbirlari hamda
tuproq unumdorligi bilan to‘g‘ri bog‘lab, sug‘orilidigan ekinlardan mo‘l hosil
yetishtirishni ta’mirlash;
2.
Tuproqni kerakli miqdorda, bir tekis namiqtirish;
3.
Tuproq strukturasini uvokchan (mayda kesakli) holda to‘tish;
4.
Dala ishlarini iloji boricha ko‘proq mexanizatsiyalashtirish uchun qulay sharoit
yaratish;
5.
Sug‘orish rejimiga qattiq rioya qilib, suvni tejab-tergab sarflash, ya’ni kichik
normalar bilan sug‘orish, foydali ish koeffitsiyentini ko‘tarishga harakat qilish,
suvning chuqur yer qatlamlariga o‘tib ketishga yoki oqovalarga aylanib ketishga
va bug‘lanib isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
6.
Sug‘orish ishlarini iloji boricha ko‘proq mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish, mehnat unumini oshirish kabi asosiy talablar qo‘yiladi.
67
Bostirib sug‘orishdan oldin sug‘oriladigan territoriyalarda tayorgarlik ishlari
qilinadi. Masalan, sug‘oriladigan uchastkalar oldin 0,2-0,3-1,5 ga kattlikdagi
pollarga bo‘linadi, pollarning to‘rt tomoniga uvat olinadi.
Uchastkalarni suvning tekis va bir xil chuqurlikda tarqalishini ko‘zda tutib
pollarga bo‘lish kerak.
Yerning sho‘rlanishi ekindan mo‘l hosil olishga imkon bermaydi, chunki ekin
bir tekis unib chiqmaydi. Shuning uchun yerning sho‘ri yuviladi (1.1-rasm).
Pollar eni, sug‘orish uchastkasining ko‘ndalang nishabiga qarab 40 m dan 80
m gacha olinadi, bo‘yi esa uchastkaning uzunasiga bo‘lgan nishabiga va polga
qancha qalinlikda suv bostirilishiga qarab belgilanadi. Katta nishabli yerlarda ikkala
yondosh polning otmetkasidagi ayirma 20 sm dan, kichik nishabli yerlarda esa 10
sm dan, shuningdek pol ichidagi nishab 0,002 dan oshmasligi kerak. Pollarga 10-15
sm gacha chuqurlikda suv bostiriladi. Bostirib sug‘orishda pollarga quyiladigan suv
sarfi 25-50 l/sek bo‘ladi. Tuproqning sho‘rini yuvib bo‘lgandan keyin uvatlar
tekislab yuboriladi (chunki ular mashinaning yurishiga halal beradi). Pollar to‘g‘ri
to‘rtburchaklik shaklida qilinadi. Polning uzun tomoni uchastkaning kichik nishabli
tomoniga, kalta tomoni esa katta nishabli tomoniga qilinadi.
Agar polning etak qismi o‘rta
qismiga
nisbatan
α % dan ortiq
namiqtirilsa, polning uzunligi quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
J
h
L
100
2
(3.1)
bu yerda:
α- keltirish koeffitsiyenti bo‘lib,
kontrol qilish uchun
1
bo‘ladi;
J- polning bo‘ylama nishabi;
h-suvning bostirish balandligi, sm.
Dostları ilə paylaş: |