Bashoratlash modeli
- bashoratlanadigan ob’yektning modeli, bu tadqiqot
ob’yektining kelgusida mumkin bo‘lgan holati haqidagi ma’lumotni olishga imkon
beradi va ularni amalga oshirish yo‘llari hamda muddatlarini aniqlaydi.
Avtomatlashtirilgan
bashoratlash
tizimi
-
ishlab
chiqariladigan
bashoratlarning samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan avtomatlashtirilgan
tizim elementlari va tamoyilligi mavjud bo‘lgan bashoratlash tizimi.
"
Avtomat
"- grekcha “
o‘z- o‘zidan harakatlanuvchi
” - so‘zidan olingan bo‘lib,
ayrim jarayonlarni odam ishtirokisiz o‘zi bajaruvchi qurilma (apparat, mashina,
moslama, asbob va boshqalar); o‘z- o‘zidan ishlaydigan qurilma ma’nolarini
bildiradi( avto - yunoncha aytoc – o‘zim).
Avtomatlashtirish
- texnologik jarayonlarni odamlarning bevosita ishtirokisiz
boshqarishida nazorat- o‘lchov asboblari, rostlagichlar va boshqa texnikaviy
qurilmalarni qo‘llash demakdir.
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimida
inson ishtirok etadi, bu tizim o‘z
ichiga quyidagilarni oladi: boshqarish usullari (algoritmlari), boshqarishning
kompleks asbob-uskunalari (ABT ning texnikaviy ta’minoti) va jarayonda bevosita
qatnashuvchi insonlar (operatorlar, dispetcherlar, mashinistlar va boshqalar).
Avtomatik boshqaruv tizimida
esa inson ishtirok etmaydi va bu tizimning
barcha real elementlari quyidagilar hisoblanadi: almashtirgichlar (datchiklar),
kuchaytirgichlar, ajratkichlar, tenglashtiruvchi chizmalar (qurilmalar) va ijrochi
mexanizmlar.
Avtomatika
- tarmoqlar bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik
(odam ishtirokisiz) ravishda nazorat qilish, rostlash, boshqarish usullari va
texnikaviy vositalarni ishlab chiquvchi hamda o‘rgatuvchi fandir.
- texnikaviy fan bo‘lib, unda avtomatik tizimlarni tuzishning nazariyasi va
tamoyillari, ularning amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalari,
tahlil va sintez qilish usullari ishlab chiqiladi va o‘rganiladi;
89
-avtomatik boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan kibernetika
fanining texnikaga oid tarmog‘i bo‘lib, avtomatik tizimlar nazariyasini, ularni
hisoblash va qurish asoslarini hamda sanoatda qo‘llash masalalarini o‘rganadigan
tatbiqiy fandir.
Texnika tarixida birinchi avtomatik
q
urilma Misr xalifaligiga mansub bo‘lgan
Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan inshootni ishlab chiqqan Axmad-al-
Farg`oniy tomonidan (847-861 y.y) yaratilgan bo`lib, ma’lumotlarga ko‘ra sa
q
lanib
kelgan.
Avtomatikaning fan sifatida rivojlanishiga 1763-65 (18 - asrning ikkinchi
yarmi) yillarda rus mexanigi I.I.Polzunov dunyoda birinchi bo‘lib bug‘ qozonida suv
sathini rostlashning berk avtomatik tizimini (avtoregulyatorni) yaratish bilan asos
solgan va sanoatda (dvigatellarda, bug` turbinalarida va b.) avtomatlar qo‘llanilishi
boshlangan. 1784 yilda Djeyms Uatt tomonidan markazdan ko‘chma rostlagich,
XIX asrning 2 - yarmida rus olimi L.I.Konstantinov tomonidan elektromagnit
rostlagich yaratilgan. Rostlagichlarning ishlashi manfiy teskari aloqa prinsipiga
asoslangan. 1868 - yildan boshlab avtomatik rostlash boshqarish nazariyasiga
Maksvell, Vishnegradskiy, I.A Lyapunov, A.M.Jukovskiy, N.E.Chebishevlar
(1876),
1932
yildan
Naykvist,
Besekerskiy,
Mixaylov,
Solodovnikov,
Voznesenskiy, Sipkin, Neymark, Popov va boshqa olimlar hissa qo‘shdilar.
O‘zbekistonda avtomatika va kibernetika fanining rivojlanishiga V.Qobulov,
T.Bekmuratov, M.Komilov, F.Abugaliev, M.Ziyaxo‘jayev, N.Yusufbekov,
B.Muxamedov, Sh.G`ulomov, A.Ortiqov, T.Zokirov, I.Yunusov, P.R.Ismatullaev
va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Avtomatlashtirilgan texnologik majmua - o‘z ichiga texnologik boshqarish
ob’yekti, avtomatlashtirishning lokal tizimi, TJABT va IChABTni oladi. Bunday
tizimlarga Sho‘rtangazkimyo majmuini misol keltirish mumkin. /1 /
Uzluksiz va davriy jarayonlar
- ishlab chiqarishning davriy jarayonlarini
uzluksiz jarayonlar bilan almashtirish ham texnika rivojlantirishning muhim
yo‘lidir. Davriy jarayon deb shunday jarayonga aytiladiki, masalan bunday xom
ashyoning bir qismi apparatga solinadi va unga bir necha bosqichda ishlov beriladi.
Keyin hosil bo‘lgan moddalarning hammasi apparatdan chiqarib olinadi. Mahsulot
chiqarib olingandan to xom ashyoning yangi qismi apparatga solinguncha u
ishlamay turadi. Bunday jarayonni avtomatlashtirish qiyin, chunki apparatning ish
tartibi o‘zgaradi. Bunda ko‘p energiya sarflanadi. Shuning uchun ko‘pchilik davriy
jarayonlarni uzluksiz jarayonlar bilan almashtirishga harakat qilinadi. Apparatga
xom ashyoni solish va hosil bo‘lgan mahsulotni undan olish uzoq vaqtgacha uzluksiz
yoki tizimli bo‘ladigan jarayonga uzluksiz jarayon deyiladi. Bunda asbob-uskunalar
bekor turib qolmaydi, apparatlarning ish unumi oshadi. Bunday jarayonlarni
90
avtomatlashtirish oson. Hozir sanoat miqyosidagi jarayonlarning ko‘p qismi
uzluksiz olib boriladi.
Ishlab
chiqarishning
jarayonlarini
kompleks
avtomatlashtirish,
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini joriy qilish, davriy ishlab chiqarish
jarayonlarini uzluksiz jarayonlarga aylantirish sanoatning boshqa korxona va ishlab
chiqarish birlashmalarini yaratishga asos bo‘ladi.
Shunday qilib, avtomatlashtirish ishlab chiqarishni jadallashtirishga olib
keladi va katta iqtisodiy samara beradi. Ko‘rinib turibdiki, avtomatlashtirishning
ilmiy-texnikaviy aspektlari sanoat, jumladan agrosanoatning o‘sishini ta’minlashda,
mehnatkashlarning turmush sharoitini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Dostları ilə paylaş: |