Mezolit (o’rta tosh) davri


«O’zbek» atamasining kelib chiqishi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə150/293
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#43010
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   293
Mezolit (o’rta tosh) davri-fayllar.org

«O’zbek» atamasining kelib chiqishi.«O’zbek» atamasi va uning iste’molga kirib kelishi hamda keng yoyilishi xususida to’xtaladigan bo’lsak, aytish joizki, bu masala ham ma’lum ma’noda printsipial ahamiyatga molikdir. Negaki, bu nom zamirida butun bir halqning tarixiy kechmishi, taqdiri bilan bog’liq holatlar kuzatiladi. Sobiq sovet tarixshunosligida, shuningdek, ayrim qo’shni davlatlarning mualliflari qarashlarida ham «o’zbek» atamasini o’zbek halqining kelib chiqishi bilan atayin bog’lashga urinish hollari kuzatiladi. Bu esa mazkur nozik masalani chalkashlashtirish yoxud suvni loyqalatishdan boshqa narsa emas, albatta. Ma’lumki, xalqimizning «o’zbek» atamasi bilan nomlanishi XVI asr boshlariga to’g’ri keladi. Bu hol asosan yurtimiz hududlariga Dashti Qipchoqdan katta oqim sifatida kirib kelgan o’zbek degan umumiy nomni XV asrda qabul qilgan urug’lar va qabilalar hayoti bilan bog’liq yo’sinda yuz bergan. Ma’lum bo’lishicha, «O’zbek» iborasi XIII-XIV asrlarda yashab o’tgan o’sha davrning mashhur tarixchilari Juvayniy va Rashididin asarlarida ham uchraydi. Mashhur bobokalonimiz, buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi» asarida ham «O’zbekiya», «O’zbeklar mamlakati» degan jumlalarga ko’zimiz tushadi. Bunda, bizning nazarimizda, Dashti Qipchoqda yashagan urug’, qabilalar yashagan joy, hudud nomlari ko’zda tutilgan bo’lsa kerak. : «O’zbek» so’zining tub ma’nosi – «o’z-o’ziga bek, xo’jayin, mustaqil». Nima bo’lganda ham «O’zbek» atamasini dastlab Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy qabilalar qabul qilgan nom bo’lib, bu qavm, elatlarning yurtimizga o’rnashishi, tubjoy aholi odamlari bilan taqdiran qo’shilishi jarayonida «O’zbek» atamasi Turkistonda yashagan aholining umumiy nomiga aylanadi.



  • Yüklə 0,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   293




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin