4.
Xarid logistikasi
4.1.
Xarid logistikasining mohiyati va vazifalari.
Xarid logistikasi - bu, korxonani moddiy resurslar bilan ta'minlash jarayonida, moddiy
oqimlarni boshqarishdir.
Mikrologistik tizimning katta ahamiyatga ega unsurlaridan biri bu xarid tizimchasidir,
u moddiy oqimni logistik tizimga kirib borishini tashkil etadi. Bu bosqichda moddiy oqimlarni
boshqarish ma'lum o‘ziga xos xususiyatlarga ega, aynan shu holat xarid logistikasini ayrim
bob sifatida o‘rganilishiga sabab bo‘ladi.
Moddiy oqimlarni qayta ishlovchi har bir korxona, jumladan qishloq xo‘jalik
korxonalari ham, o‘z tarkibida, mehnat buyumlarini (urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i moylash
materiallari va b.) sotib olishni, yetkazishni va vaqtinchalik saqlashni amalga oshiruvchi
bo‘limga egalar. Bu bo‘lim faoliyatini uchta pog‘onada ko‘rib chiqishimiz mumkin, chunki bu
bo‘lim bir vaqtning o‘zida;
❖
korxona kiruvchi makrologistik tizim maqsadlarini aloqasini va amalga oshishini
ta'minlovchi unsuri;
❖
mikrologistik tizim unsuri, ya'ni korxona maqsadlarini ro‘yobga chiqishini
ta'minlovchi korxona bo‘limlaridan biri;
❖
o‘z unsurlari, tuzilmasi va maqsadlariga ega mustaqil tizim ham bo‘lishi mumkin.
Har bir belgilangan pog‘onada ta'minot bo‘limi faoliyatining maqsadlarini ko‘rib
chiqamiz:
1.
Makrologistik tizim unsuri sifatida, ta'minot bo‘limi mahsulot yetkazib beruvchilar
bilan, tovarlarni yetkazishga doir texnik-texnologik, iqtisodiy va uslubiy (metodologik)
muammolar bo‘yicha kelishib, xo‘jalik aloqalarini o‘rnatadi. Ta'minot bo‘limi yetkazib
beruvchining savdo bo‘limlari va transport korxonalari bilan aloqada bo‘lib, korxonani
makrologistik tizimga kirishini ta'minlaydi. Logistika g‘oyasi
-
barcha ishtirokchilar o‘zaro
kelishgan holda faoliyat ko‘rsatishidan qo‘shimcha daromad olish uchun, ta'minot bo‘limi
xodimlari o‘z korxonasi maqsadlarini ro‘yobga chiqishini ta'minlashda ushbu korxonani
alohida ob'ekt tarzida emas, balki butun bir logistik tizimning bo‘g‘ini sifatida ish ko‘rishlari
lozim. Ya'ni, ta'minot bo‘limi, o‘z korxonasiga ishlash bilan birga, butun makrologistik tizim
faoliyatining samaradorligi oshishini ham nazarda tutishi lozim. Bunday yondashuvda o‘z
korxonasiga butun makrologistik tizim unsuri sifatida qaraladi: tizim ahvoli yaxshilansa -
uning bo‘g‘ini bo‘lmish korxonaning ahvoli ham yaxshilanadi. Masalan qishloq xo‘jaligida
ham, agarda har bir pudratchi o‘z manfaatini ko‘zlash bilan birga boshqa pudratchilarga ziyon
yetkazmaslik, iloji bo‘lsa yordam berishni ham o‘ylasa, unda butun xo‘jalikning ishi ham a'lo
darajada bo‘ladi.
yetkazib beruvchilar bilan logistik integratsiya iqtisodiy, texnik, texnologik va uslubiy
xarakterdagi tadbirlar majmui hisobiga erishiladi. Integratsiya, ishonchli hamkorlik
munosabatlariga, agarda daromad bo‘lmasa ham hamkorga qo‘l uzatishga, asoslangan bo‘lishi
kerak. «Menga baribir...» falsafasini ilgari suruvchilar, hozirgi tadbirkorlar dunyosida o‘z
o‘rnini topa olmaydilar.
Logistikada yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar quyidagi tamoyillarga asoslangan
bo‘lishi kerak.
1.
yetkazib beruvchilar bilan xuddi mijozlar bilan bo‘lgandek munosabatda bo‘lish.
2.
Maqsadlar birligini amalda namoyon qilishni unutmaslik.
3.
yetkazib beruvchini o‘z maqsadlari bilan tanishtirish va uni ishidan ham xabardor
bo‘lish.
4.
yetkazib beruvchida muammolar paydo bo‘lsa unga yordam berishga tayyor turish.
5.
Olgan majburiyatlariga amal qilish.
6.
Ish amaliyotida yetkazib beruvchi maqsadlarini ham hisobga olish.
Ta'minot bo‘limi, yangi mahsulotni ishlab chiqish yo‘llarini izlash bosqichidan
boshlab, korxonani moddiy resurslar bilan ta'minlash masalasini yechishga kirishadi. Logistik
tashkil etilgan tizimlarda esa, bu bosqichda yetkazib beruvchi ham ishtirok etishi mumkin.
1.
Ta'minot bo‘limi, uni tashkil etgan korxonaning unsuri bo‘lishi bilan birga,
ta’minot - ishlab chiqarish - sotish
zanjiridagi moddiy oqimni o‘tib ketishini ta'minlovchi
makrologistik tizimga ham mos tarzda kirib borishi lozim. Ta'minot bo‘limining ishlab
chiqarish va sotish bo‘limlari bilan, moddiy oqimlarni boshqarish bo‘yicha, faoliyatlarini
yuqori darajada o‘zaro kelishilgan bo‘lishini ta'minlash, butun korxonani logistik tashkil
etishning vazifasidir. Zamonaviy ishlab chiqarish va moddiy-texnik ta'minot tizimlari, korxona
miqyosidagi ta'minot, ishlab chiqarish va sotish bo‘g‘inlari rejalarining o‘zaro kelishilgan
bo‘lishi va ularga operativ tarzda o‘zgartirishlar kiritilishi imkoniyatini ta'minlaydilar. Bunda
real vaqtdagi doimiy o‘zgarishlar ham hisobga olinadi.
Ta'minot - ishlab chiqarish - sotish
zanjiri zamonaviy marketing konsepsiyasi asosida
barpo etilishi lozim, ya'ni birinchi navbatda sotish strategiyasi, keyinchalik undan kelib
chiqqan xolda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasi va undan keyingina ishlab
chiqarishni ta'minlash strategiyasi ishlab chiqilishi lozim. Shuni ham ta'kidlab o‘tish kerakki
marketing bu masalani faqatgina konseptual nuqtai nazardan belgilaydi. Sotish bozorlarini har
tomonlama tekshirishga mo‘ljallangan marketing ilmiy qurollari, mos talablarga bog‘liq
bo‘lgan, yetkazib beruvchilarni texnik- texnologik kelishishi masalalarini yechishga imkon
beradigan uslublarni ishlab chiqmagan. Shuningdek marketing, xom ashyoning birlamchi
ishlab chiqaruvchisidan oxirgi iste'molchigacha bo‘lgan materiallar harakati jarayonidagi
barcha ishtirokchilarning tizimli tashkil etish uslublarini ham taklif etmaydi. Bu nuqtai
nazardan logistika ishbilarmonlik faoliyatiga marketing yondashuvini rivojlantiradi, marketing
konsepsiyasini amalga oshirish imkonini yaratuvchi usullarni ishlab chiqadi, konsepsiyaning
o‘zini ham sezilarli darajada kengaytiradi va to‘ldiradi.
2.
Ta'minot bo‘limining samarali faoliyat yuritishi, korxona miqyosida ham,
makrologistika miqyosida ham sanab o‘tilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, bularning
barchasi ta'minot bo‘limini tizimli tashkil etilishga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |