Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/62
tarix14.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#179324
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

4.2-
 
jadval 
Mahsulotni yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarni hisoblash 
Ko‘rsatkich nomi
A xo‘jalik
V xo‘jalik
Transport xarajatlari 
50so ‘m/km*500km=25000 
so‘m 
70so‘m/km*300km=21000 
so‘m 
Tushirish xarajatlari 
600so‘m/soat*0,5soat=300 
so‘m 
600so ‘m/soat* 10soat=6000 
so‘m 
Jami xarajatlar: 
25300 so‘m 
27000 so‘m 
Shunday qilib, barcha shart-sharoitlar bir xil bo‘lganda V xo‘jalikdan ko‘ra A 
xo‘jalikdan xarid qilish ma'qul, chunki bu har bir yetkazib berishda 1700 so‘m tejash 
imkonini beradi. 
4.5.
 
Xarid logistikasida «aniq muddatga» yetkazish tizimi 
«Aniq muddatga» yetkazish tizimi, logistik tizimning biror-bir bo‘g‘inida qandaydir 
mahsulotga o‘tkir ehtiyoj paydo bo‘lmasa unga hyech qanday mahsulot kirib bormasligiga 
asoslangan. Masalan: o‘g‘itlarni aynan sepiladigan vaqtiga yetkazish yoki yem-xashakni 
aynan chorva iste'mol qiladigan vaqtga yetkazish. 
Bu tizimning mohiyati shundaki, uning har bir bo‘g‘inidagi talab zanjirning so‘ngi 
bo‘g‘ini talabi bilan aniqlanadi. Agarda zanjir oxirida talab paydo bo‘lmasa mahsulot 
ishlab chiqarilmaydi va yig‘ilmaydi. Bundagi mahsulot harakati xuddi daryoga o‘xshaydi. 
Talab daryoning pastki nuqtasidan oqimga qarshi uzatiladi, unga javoban moddiy oqim 
qaytariladi. Talab kamaysa oqim tezligi pasayadi, va aksincha. (4.3-rasm) 
Bu tizimga qarama-qarshi bo‘lib talabni kutgan holda mahsulotlarni omborlarda 
yig‘ish tizimi chiqadi. (4.3a-rasm). 
4.3-
 
Rasm. Bozor talabini qondirishning ikki varianti 
Ushbu tizimning odatdagi ta'minotdan prinsipial farqi 4.4-rasmda ko‘rsatilgan. 
4.4-
 
Rasm. Oddiy ta'minot bilan «aniq muddatga» tizimi bo‘yicha ta'minot 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin