Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/62
tarix14.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#179324
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

4.4.
 
yetkazib beruvchini tanlash masalasi 
«Ishlab chiqarish yoki xarid qilish» masalasi yechilgandan, va korxona qaysi xom 
ashyo va qaysi mahsulotlarni xarid qilish zarur ekanligi belgilab olganidan so‘ng, yetkazib 
beruvchini tanlash masalasini hal qilishga kirishiladi. Bu ishning asosiy bosqichlarini sanab 
o‘tamiz va tavsiflaymiz. 
1.
 
Potensial yetkazib beruvchilarni izlash.
Bunda quyidagi uslublar qo‘llanilishi mumkin: 
-
tender e'lon qilinishi; 
-
reklama ma'lumotlarini: firma kataloglarini; ommaviy axborot vositalaridagi 
e'lonlarni va boshqalarni, o‘rganib chiqish; 
-
ko‘rgazma va yarmarkalarga tashrif buyurish; 
-
potensial yetkazib beruvchilar bilan aloqada bo‘lish. 
Sanab o‘tilgan tadbirlar natijasida potensial yetkazib beruvchilar ro‘yxati 
shakllanadi, va u doimo yangilanib turiladi. 
2.
 
Potensial yetkazib beruvchilarning tahlili.
Potensial yetkazib beruvchilarning tuzilgan ro‘yxati, talablarga mos keladigan 
yetkazib beruvchilarni tanlash imkoniyatini beradigan maxsus mezonlar asosida tahlil 
qilinadi. Bunday mezonlar soni bir necha o‘ntagacha bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘pgina 


hollarda yetkazilayotgan mahsulotning narxi va sifati bilan, hamda yetkazib beruvchining 
ishonchliligi (bunda yetkazib beruvchining mahsulotni yetkazish muddati, assortimenti, 
butligi, sifati va miqdori bo‘yicha olgan majburiyatlarini bajarish tushuniladi) bilan 
cheklanadilar. 
yetkazib beruvchini tanlashda e'tibor berilayotgan boshqa mezonlarga quyidagilar 
kiradi: 
-
yetkazib beruvchini iste'molchidan yiroqda joylashishi; 
-
joriy va tezkor buyurtmalarni bajarish muddatlari; 
-
zaxira quvvatlari mavjudligi; 
-
yetkazib beruvchida sifat boshqaruvini tashkil etilishi; 
-
yetkazilayotgan uskunalarning butun xizmat muddati davomida ehtiyot 
qismlarini yetkazib berish qobiliyati; 
-
yetkazib beruvchining moliyaviy ahvoli va boshqalar. 
Potensial yetkazib beruvchilarni tahlili natijasida aniq yetkazib beruvchilar ro‘yxati 
shakllanadi, va ular bilan shartnoma munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha ish olib boriladi. 
3.
 
yetkazib beruvchilar bilan olib borilgan ish natijalarini baholash.
Imzolangan shartnomalar bo‘yicha ish natijalari yetkazib beruvchini tanlashga katta 
ta'sir ko‘rsatadi. Buning uchun maxsus baholar shkalasi ishlab chiqiladi, u yetkazib 
beruvchini reytingini hisoblash imkonini beradi. 
Reytingni hisoblashdan oldin xarid qilinayotgan mehnat buyumlarini farqlanishini 
(differensiatsiya) amalga oshirish lozim. 
Xarid qilinayotgan tovarlar, xom ashyo va butlovchi mahsulotlar, odatda, ishlab 
chiqarish nuqtai-nazaridan bir xil qimmatga ega emas. Masalan, urug‘ning yo‘qligi qishloq 
xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonini to‘xtab qolishiga olib keladi (xuddi savdoda ayrim 
tovarlarning tanqisligi - savdo korxonasi daromadining kamayishiga olib kelgani kabi), 
xuddi shunday o‘g‘it, yoqilg‘i va ehtiyot qismlarning o‘z vaqtida yetkazilmasligi ham 
yig‘im-terim mavsumini ancha orqaga surishi yoki yetishtirilayotgan mahsulotni umuman 
nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Mehnat buyumlarining ushbu kategoriyasida 
yetkazib beruvchi tanlashning asosiy mezoni yetkazishlarning ishonchliligi hisoblanadi. 
yetkazib beruvchining reytingini hisoblashga misol keltiramiz (4.1-jadval). Faraz 
qilaylik, korxona A mahsulotni xarid qilishi lozim, va uni tanqisligiga yo‘l qo‘yib 
bo‘lmaydi. Demak, yetkazib beruvchini tanlashda birinchi navbatda yetkazishning 
ishonchliligi mezoni e'tiborga olinadi. Boshqa mezonlarning ahamiyati esa, ta'minot 
bo‘limi xodimlari tomonidan ekspert yo‘li bilan aniqlanadi (4.1-jadval). 
Agarda xarid qilinayotgan mehnat buyumlari ishlab chiqarish yoki savdo jarayoni 
nuqtai-nazaridan ahamiyatsiz bo‘lsa, u holda yetkazib beruvchilarni tanlashda asosiy 
mezon bo‘lib sotib olish va tashish xarajatlari xizmat qiladi. 
Reytingni jami ifodasi, mezon bahosi va ahamiyatlilik darajasini ko‘paytmalari 
summasidan kelib chiqadi. Har bir yetkazib beruvchi uchun reyting hisoblanib eng yaxshi 
yetkazib beruvchi aniqlanadi. 
Noma'lum yetkazib beruvchilar bilan xo‘jalik aloqalari o‘rnatib, korxona ma'lum 
tavakkalchilikga yo‘l qo‘yadi. Agarda yetkazib beruvchi o‘z majburiyatlarini bajara 
olmasa, iste'molchi ishlab chiqarishida uzilishlar yoki moliyaviy yo‘qotishlar bo‘lishi 
mumkin. Ko‘rilgan zararlarni qoplash esa, odatda, ma'lum qiyinchiliklarga duch keladi. 
Shunday ekan korxonalar noma'qul bo‘lgan yetkazib beruvchilarni aniqlashning 
turli usullarini izlaydilar, masalan chet el firmalari yetkazib beruvchilar to‘g‘risida 
ma'lumot yig‘uvchi maxsus firmalarga murojaat etadilar, ular esa norasmiy manbalardan 
ham foydalanadilar. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin