www.ziyouz.com kutubxonasi
31
olishi, olmasligini o‘ylab turganida, bir narsani ko‘rib qoldi. U to‘xtab turgani uchun, o‘tib
qaytayotganlarning yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Bu keksa soatsozning do‘konidagi zamonga
sayohat qilish uchun ishlatiladigan sirli gardish edi.
“Bu g‘alati narsa nima?” – so‘radi u sotuvchidan vazmin holda.
“Bilmadim, - dedi u. – Devor bezagi bo‘lsa kerak”. Anton savol berayotganida, o‘zini
o‘sha narsaga nisbatan iloji boricha befarqday tutishga urindi: “Qancha deyapsiz bu
narsani?”
Sotuvchi yelkasini qisdi va Anton uchun ham baland bo‘lmagan narxni aytdi. Ammo buni
olishi uchun, u qars-qurs kartoshkadan voz kechishi kerak edi.
“Bo‘pti, men uni olaman” – dedi Anton va qo‘lidagi chaqalarni aniq sanab berdi. Keyin u
zamon gardishini avaylabgina qo‘ltiqlagan holda yo‘lga tushdi.
“Buning nima?” – so‘radi Antonning onasi, u uyiga qaytgach.
“Chayqov bozoridagi kishining aytishicha, devor bezagi ekan”, - dedi Anton rostgo‘ylik
bilan.
“G‘alati bezak”, - pichirladi Antonning onasi. Uning kayfiyati yomon edi. Anton dadasi
bilan birga o‘tkazishi kerak bo‘lgan kunlarda, u mana shunday ahvolga tushib qolardi.
“Tayyorlanib turarkansan, dadang seni soat o‘n ikkida olib ketarkan”, - dedi u.
Anton zamon gardishini qo‘liga olib, nimadir deb pichirladi-da, o‘z xonasiga kirib ketdi.
Axir, ota-onasi bir-biri bilan kelisha olmasa, u nima ham qila olardi.
Anton asboblar qutisidan bir mix oldi va uni ozgina qiyinchilik bilan devorga qoqdi. Keyin
u gardishni o‘ziga ma’qul joyga ilib qo‘ydi va ko‘zini uzmay unga qarab turdi. “Bu
haqiqatan ham keksa soatsozning zamon gardishimi? Balki u ishlamay qolgandir.” U
buni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Dadasi uni olib ketishga kelgunicha, shunga ulgurishi
kerak edi.
Mushuk Kasandra notanish narsani shubha ostiga olganday hidlab ko‘ra boshladi. Anton
gardish milini ozgina orqaga burdi. Gardish aylana boshladi. Mushuk tezlashayotgan
aylanma harakatlarni pinagini buzmay kuzatib turdi. Anton gardishning o‘rtasiga qaradi.
“Soatsoz aytgan hikmatli so‘zlar qanday edi-ya?”
“Baland, pastmi – kechami, erta,
bir lahzada bo‘lar mangulik.
Xohlaganlar ko‘rishi mumkin,
hech nima o‘tmaydi – vaqt ham shuningdek”.
Anton baland va aniq ohangda shunday dedi. Biroq hech qanday o‘zgarish sodir
bo‘lmadi.
Anton hafsalasi pir bo‘lib atrofga qaradi. U hamon o‘z xonasida edi. Ammo uning yon
atrofida unga mutlaqo tegishli bo‘lmagan bir uyum narsalar turardi. “Kasandra qayerda
qoldi?” Shu payt bir eshik ochildi va undan Antonning ota-onasi ichkariga kirishdi. Ular
Antonga e’tiborsiz holda, uning yonginasidan o‘tib ketishdi. Antonning karavoti o‘rnida
g‘ildiraklar turardi, ularning yonida bir katta savat bor edi. Usti ko‘kimtir mato bilan
qoplangan bu savatning ichida murg‘akkina bola yotardi. “Menimcha, Anton menga
o‘xshaydi”, - dedi Antonning dadasi so‘yinib.
“Demak, bu men ekanman”, - o‘yladi Anton. Chaqaloq yuzini burishtirib chinqira
boshladi.
“Bu yerdagi Antonlardan biri ortiqchalik qilyapti, - o‘yladi Anton. – Men haqiqiy yoshimda
bo‘lib qolishimni istayman”.
U zamonga sayohat qilish uchun aytiladigan hikmatli so‘zlarni xayolidan kechirdi. U o‘sha
so‘zlarni xayolidan kechirib tugatishi bilan aylanishi susayib to‘xtagan zamon
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |