www.ziyouz.com kutubxonasi
32
gardishining oldida o‘tirib qoldi.
Anton dadasi uni tashqaridan chaqirayotganini eshitdi.
“Meni o‘zingga o‘xshatasanmi?” – so‘radi undan Anton.
“Bu haqda umuman o‘ylab ko‘rmaganman” - javob berdi Antonning dadasi
xijolatlanganday bo‘lib.
“Kattalar o‘zi shunaqa-da, hamma narsani unutib yuborishadi. Hatto bir-birini qachondir
yoqtirishganini ham”.
ANTONNING DADASI
Anton shaharni aylanayotganida, o‘zini xuddi “xaridorlik o‘yini” o‘ynab yurgandek his
qildi. U xayolida go‘yo bir boyvachcha edi va ko‘ngliga yoqqan narsani sotib olayotgandi:
uch kilo yumshoq karamel, hayvonlar do‘konidan ikkita mushuk, uchta it, yettita
to‘tiqushcha, Sibille uchun qip-qizil baxmaldan yasalgan kattakon to‘ng‘iz.
Shu payt Anton ko‘chaning narigi betidan ketayotgan dadasini ko‘rib qoldi. U
chaqirmoqchi bo‘lib qarasa, dadasi yolg‘iz emas ekan. Yonidagi ayol uning qo‘lidan
mahkam ushlab olgandi. “Uni qo‘yib yubor, u mening dadam”, – pichirladi Anton
qizg‘anib va ularning ketiga tushdi. Dadasi bilan o‘sha begona ayol oyna ortidagi
peshtaxtalarga qarab qolganlarida, Anton yurishdan to‘xtadi. Shu payt Antonning dadasi
nimanidir sezganday orqasiga o‘girildi. Ammo Anton tezda bir uy ostonasiga kirib
yashirindi. Shundan so‘ng ular ikkalasi bir qahvaxonaga kirib ketishdi.
Anton tashqarida o‘ylab qoldi-da, bir ozdan so‘ng eshik oynasidan astagina mo‘raladi.
Ha, ular shu yerda o‘tirardilar. Ayol qo‘lini Antonning dadasining qo‘li ustiga qo‘ydi. Buni
ko‘rgan Antonning xayoliga bir fikr keldi. U eshikni ochdi-da, to‘ppa-to‘g‘ri dadasining
oldiga keldi.
“Anton! – qichqirdi Antonning dadasi. – Sen bu yerda nima qilib yuribsan?”
“Seni izlab yuribman”, - dedi Anton.
“Nima uchun? – Antonning dadasi birdan xavotirga tushib qoldi. – Onang yubordimi?”
Anton boshini quyi soldi. U endi uyga har doimgidek kech kelmasliging kerakligini aytib
qo‘yishimni tayinlab yubordi”.
“Nima-a-a”, – dedi Antonning dadasi tushunolmay.
“Sen ajrashgan emasmisan?” - so‘radi Antonning dadasining yonida o‘tirgan ayol.
“Ajrashganman”,– tushuntirdi Antonning dadasi xijolatlanib.
“Unaqaga o‘xshamayapti, - dedi ayol. – Uyingga yana kechikib borishingga men
sababchi bo‘lib qolmay”.
U paltosini oldi va ketdi.
Antonning dadasi hech nimani tushunolmay uning orqasidan qarab qoldi.
“Bu nima qilganing?” – dedi u nihoyat Antonga.
“U menga yoqmadi”, – pichirladi Anton.
“Menga yoqsa bo‘ldi-da”, – uqtirdi Antonning dadasi.
Anton o‘girilib ketmoqchi bo‘ldi.
“To‘xta, ketmaysan! – qichqirdi Antonning dadasi. – Endi qahvasini bir o‘zi ichadi, deb
o‘ylayapsanmi?”
Anton issiq shokolad buyurtma qildi. Antonning dadasi qahva keltirtirdi. Ikkalasi ham
indamaygina chashkalaridagini aralashtirishdi. Antonning dadasi aksirdi.
“Endi, - o‘yladi Anton. - Nihoyat endi u menga nima uchun ko‘plab dadalar singari o‘z
oilasi bilan yashamasligini tushuntirib beradi”.
Antonning dadasi yana aksirdi.
“Biror nima desangchi”, - o‘yladi Anton iltijo qilganday.
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |