www.ziyouz.com kutubxonasi
34
degan yozuvli ko‘k-oq taxtacha ilingandi. U o‘zi yashagan uyni hech qayerdan topolmadi.
Uy hali ancha yangi edi-da. Anton tasavvur qilib ko‘rishga harakat qildi. U taxminan o‘zi
tushgan joyda bo‘lishi kerak edi. Bunday holda xushmanza keksa emanning bu yerda
bo‘lmasligi achinarli bo‘lardi.
“Demak, meni hozircha yo‘q bo‘lgan mushuk hali qurib bitirilmagan uyda kutayotgan
ekan-da”, - o‘yladi Anton. Bu tushunarsiz hol edi. Shuning uchun Anton bu to‘g‘rida sira
o‘ylamaslikka qaror qildi.
Yana otliqlar o‘tib ketishdi, uzun ko‘ylakli ayollar sayr qilishib va do‘konlarga kirib-chiqib
yurishardi, kichkina bolalar ko‘chada o‘ynayotgandilar. Yon atrofda mashina, mototsikl,
tramvay yo‘q edi. Haligi tovushlar eshitilmay qolgandi. Faqat otning axlati atrofida
o‘ralashib qolgan chumchuqlarning chug‘urlashlari quloqqa chalinayotgandi.
Anton nima qilishi kerakligini o‘yladi. Maktabiga boriladigan yo‘l oxirida maktabi ham
yo‘q bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikr uning xayolidan o‘tdi. Bu fikr unga ma’qul bo‘lgani
uchun, u o‘sha tomonga yura boshladi.
Tomi baland nishabli kichkina qo‘ng‘ir uy kelajakda madaniyat yodgorligi bo‘lishiga
ishonib bo‘lmasdi. Uning eshigi tepasida, - “Taqa qoqish va aravalarni sozlash
ustaxonasi”, - deyilgan yozuv bor edi. Anton shu uy ichkarisida bir bo‘lak cho‘g‘li temirni
ter to‘kib bolta bilan urayotgan semiz erkakni ko‘rdi. Uy oldida bir ot o‘ziga taqa
qoqilishini kutib turardi. Anton yassi shokoladning qog‘ozini ochdi va uning yarmini
kaftiga qo‘yib otga uzatdi. Ot yassi shokoladni zo‘r ishtaha bilan paqqos tushirdi. Anton
unga qolgan yarmini ham berdi. Uning o‘zi umuman och qolmagandi. “Qaysi zamonda
ekanligimni bilmadim-u, lekin bu menga juda yoqyapti, - o‘yladi Anton. - Hamma yoq
osoyishtagina ekan”.
“Ey, do‘zax maxluqi! Yo‘qol, shaytonvachcha!” – o‘shqirdi bir ovoz.
Anton hadiksirab bir qora mushuk ketidan dastlab yog‘och tuflisini, keyin esa toshlarni
otib qolgan kampirga qarab qoldi. Mushuk qochib bir devorning qop-qorong‘i oralig‘iga
kirib ketdi.
“Bu yoqqa kel, mushuk, - dedi Anton. – U vaysayveradi. Mendan esa qo‘rqmasang ham
bo‘ladi”.
“U yerda gaplashayotgan kim?”- so‘radi bir sovuq ovoz.
Anton yuqoriga qaradi. Maxsus kiyimli erkak turardi.
“Siz kimsiz?” - so‘radi Anton.
“Shahar qo‘riqchisi. Ko‘rib turibsan-ku”, - dedi erkak qovog‘ini solib.
“U yerda kim bilan gaplashayotganding? – Qani, ayt!”
“Bunga uning nima daxli bor, - o‘yladi Anton. Biroq u maxsus kiyimli kishining jahlini
chiqarib yubormaslikka harakat qildi. - Bir qora mushuk bilan”, - javob berdi u va
mushukni izlash uchun, cho‘ntak fonusini yoqdi.
“Shaytonchiroq!” - qichqirdi erkak va darhol undan o‘zini orqaga tortdi.
“Yo‘q, cho‘ntak fonusi”, - tushuntirdi Anton va fonusni qayta-qayta yoqib o‘chirdi.
“Jodugarlik, - qichqirdi shahar qo‘riqchiligidagi erkak va Antonning qo‘lidan ushladi. -
Sening joying qamoqda”.
Anton undan o‘z vaqtida qutulishga harakat qildi va iloji boricha tez yugurib qochib
ketdi. Bu ahmoqona zamon edi. Undagi odamlar qora mushuklarni ham, cho‘ntak
fonuslarini ham yomon ko‘rardilar.
Antonga uning ortidan ta’qib qilib kelayotgan kishining qadam tovushlari eshitilidi. U
navbatdagi tor ko‘chaga burilib qarasa, ko‘chaning oxiri berk ekan. Uning oldida baland
devor bor edi. Anton og‘ir nafas oldi. U qamoqqa tushishni xohlamasdi! Buning ustiga
biqini ham og‘rib qolgandi. Shu payt uning yonidagi tor eshik qiya ochildi va Anton
darhol qop-qorong‘i joyga tortib olindi.
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |