www.ziyouz.com kutubxonasi
30
Soatsoz Anton olib kelgan soatni ingichka asbob bilan sekingina ochdi. Anton shu payt
uning qo‘li titrayotganini ko‘rdi. “Buni bir oz kutishingga to‘g‘ri keladi, - dedi u. – Uni
ertadan keyin olib ketishing mumkin”.
“Siz zamonga ko‘p sayohat qilasizmi?” – so‘radi Anton.
“Juda ko‘p, - javob qildi chol. - Ba’zan shuni o‘ylab qolaman…”
“Nimani?”– so‘radi Anton, chunki chol gapini davom ettirmay qo‘ygandi.
“Biz yashaydigan zamondagilar keksalarga toqat qilolmay qolganlar. Hamisha va hamma
joyda shunday bo‘lgan emas. Shuning uchun men ba’zan o‘tmishga sayohat qilib,
xitoyliklar huzurida qolib ketish haqida o‘ylab qolaman. Yoki hindular qabilasida”.
Antonga o‘zining titroq qo‘llarini ko‘rsatib kuldi va dedi: Hech bo‘lmasa, tinchlik nayini
ushlab turishga qurbim yetar”.
“Unda Sizga oq yo‘l tilayman”, - dedi Anton va xayrlashdi. Onasi kechki ovqat bilan kutib
turgani uning esiga tushib qoldi.
Ikki kundan keyin Anton yana soatsozning ustaxonasi oldiga kelib, turib qoldi. Eshikka
yozuvli taxtacha ilingandi: “Noaniq zamonga sayohatga ketgan”.
Anton yon tomondagi novvoyxonaga kirdi. “Soatsoz qachon qaytib kelishini bilasizmi? –
so‘radi u. Unga soatimizni tuzatishga bergandik”.
“Ha, bu sen ekansan-da”, - dedi oq etakli semiz ayol. - U uni ketishidan oldin bizga
tayinlab ketgandi”. U Antonga bitta kichkina to‘rvachani uzatdi.
“Uning o‘zi qayerdaligini bilasizmi?” – bilmoqchi bo‘ldi Anton.
“Buni hech kim bilmaydi, - dedi ayol. – Agar mendan so‘raydigan bo‘lsang, chol so‘nngi
paytlarda parishonxotir bo‘lib qolgandi. Hamma narsani joyida qoldirib, eshigiga, -
`Noaniq zamonga sayohatga ketgan`, - deb yozilgan taxtachani ilib qoyardi-da,
ko‘rinmay qolardi”.
“Noaniq zamonga, - o‘yladi Anton. – Bunaqasi yo‘q edi-ku”. Keyin u ko‘knor urug‘i
sepilgan nonchadan ikkita xarid qildi va o‘ychan holda uyi tomon yo‘l oldi. To‘rvachada
onasining qo‘l soati bor edi. Endi u har doimgidek chiqqillab to‘g‘ri yurayotgandi.
Anton to‘rvacha ichiga qarasa, unda yana bir narsa bor ekan: oq qog‘ozcha. Undagi
titroq qo‘l bilan yozilgani bilinib turgan, ammo o‘qisa bo‘ladigan yozuvda shunday
deyilgandi: “Men o‘zimga judayam yoqadigan zamonga tushib qoldim. Endi shunda
qolmoqchiman. Senga omad tilayman, Anton”.
Antonning onasi xonaga kirdi. “Soatni tuzattirish qanchaga tushdi?” – so‘radi u.
“Hech qanchaga”, - dedi Anton.
“Keksalik-da, - dedi Antonning onasi. - U qaytganidan keyin pulini berib qo‘yishimiz
kerak”.
Anton indamaygina oq qog‘ozchani yashirib qo‘ydi. Chunki agar u aytib beradigan bo‘lsa,
onasi ham, boshqa birov ham baribir bu voqeaga ishonmasligini bilardi.
Dostları ilə paylaş: |