Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

27

Ularning fikricha, endi o‘sha bilimlar biz oq tanlilarga ham yetkazilishi lozim payti 



kelgan”. 

“Shu gaplar kitobingizda bormi?” - so‘radi Anton. 

“Shu gaplar kitobimda bor”, – ta’kidladi janob Blumrix. 

“Bu kitob bolalar uchunmi?” – bilmoqchi bo‘ldi Anton. 

“Menimcha, yo‘q. - Janob Blumrix boshini qimirlatdi. – Uni tushunish qiyinroq”. 

“Afsus, - dedi Anton. – Men tushunish qiyin bo‘lgan kitoblarni yoqritmayman. Menga 

qiziqarli va sarguzashtlarga boy kitoblar yoqadi”. 

“Men bolalar uchun kitob yozish haqida o‘ylab ko‘rmagan ekanman”, – dedi janob 

Blumrix. 

“Ammo o‘ylab ko‘rsangiz yaxshi bo‘lardi, - dedi Anton. – Kattalar ham bunga e’tiroz 

bildirmasdilar”. 

“Men bir hindu ayol o‘z bolalariga aytib bergan hikoyani eshitgandim, - dedi janob 

Blumrix. – Senga shuni aytib beraymi?” 

“Mayli”, – dedi Anton. U qo‘ng‘ir baxmalli, suyanchig‘i quloqsimon shakldagi pastqam 

kresloga o‘tirib oldi.  

Va Janob Blumrix hikoyani boshladi.  



YAHU 

“Bu hindularning uzoq zamolardan qolgan rivoyati. Uning qancha uzoq zamonga borib 

taqalishini, hech kim aniq bilmaydi . O‘shanda osmon shunchalik pastga osilib turgan 

emish-ki , yo‘lda yurish ham qiyin bo‘lgan ekan. Ayrim joylarda u shunchalik pastlashib 

olganmish-ki, hushyor bo‘lmagan kishi unga boshini urib olarkan. Bunday sharoitda kim 

hushyor bo‘lib turishga majbur bo‘lgan .-Albatta hindu ahli. Ko‘plar o‘zlariga ozor 

berayotgan osmonni o‘sha paytda so‘zlashilgan tilda allanimalar deb haqoratlashgan va 

uni yana unga tegib ketgunlariga qadar unutganday bo‘lib yurgan. 

Daryo bo‘yidagi bir qishloqda Patli Yoy degan yigit yashagan. Zilol suvlarda ovqat 

bo‘lishga tayyor holdagi baliqlar mo‘l bo‘lgan. Mevali daraxtlar kishilarni o‘z 

ne’matlaridan doim bahramand qilib turishgan. Giyohlar esa o‘zlarining dorivorlik 

quvvatini taqdim etishga muntazir bo‘lganlar. Kishi ulardan faqat me’yoriga yarasha 

so‘rab olishi va hech qachon keragidan ko‘p olmasligi lozim bo‘lgan.Umuman olganda, 

Patli Yoy yashagan davrda hammaning hayoti osoyishtagina kechgan. 

Osmon tahdid sola boshlaganiga qadar. 

Patli Yoy 236 marta – u sanab yurgan – boshini osmonga urib olganidan keyin, o‘z tilida 

bir yomon so‘z aytadi. Keyin u bunday holda yashab bo‘lmasligiga iqror bo‘ladi. Natijada, 

u ko‘ngildagidek balandlikdagi joyni izlab topishga ahd qiladi. Yigit yo‘lga chiqishidan 

oldin tabibdan yaxshi maslahatlar, onasidan esa quritilgan baliqlar oladi. So‘ngra 

toychog‘i Pintoga minib, yo‘lga tushadi. Shu ahvolda keta-ketguncha u oldinga egilib 

boraveradi, chunki ot choptirib ketayotganida pastlashib qolgan osmon unga tegib 

ketishi mumkin bo‘lgan. 

Patli Yoy ko‘p qabilalar va xalqlar tomonga boradi. Ularning barchasi turli urf-odatga, til 

va shevalarga ega bo‘lsalar-da, hammasini bitta umumiy muammo tashvishlantirib 

qo‘ygandi: pastlashayotgan osmon. 

‘Umumiy muammo birgalikda hal qilinishi kerak’, - Patli Yoy shunday xulosaga kelgan. 

O‘sha paytdagi kishilar juda sodda bo‘lishgan. Shuni nazarda tutib u barcha tillarda bir 

xil ma’noga ega bo‘lgan so‘zni topgan. ‘Yahu’, - ekan bu so‘z va u ‘birgalikda’, - degan 

ma’noni bildirarkan. 

Keyin voqea shunday etgan. Bir kuni aniq belgilangan paytda hamma tegishli xabarni 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin