www.ziyouz.com kutubxonasi
26
boshqacha bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitida, hatto havo juda issiq bo‘lgan paytlarda
ham, bo‘yniga rang-barang tusli uzun sharf o‘rab yurardi.
“Shu bo‘lsa kerak, - xulosa qildi Anton. – Hoziroq borib u bilan tanishaman”.
Ammo bu uncha oson emas edi. Ko‘chada biror begona kishidan yo‘lni yoki soatni
so‘rash mumkin.Nima bo‘lganda ham undan hindular yurtidagi hayoti haqida so‘rash
noqulay edi.
Shu payt Antonga bir tasodif qo‘l keldi. Bu tasodifga xat tashuvchi sababchi bo‘ldi.
Anton uy ostonasidagi temir qutichadan pochtani olayotganida, bir nechta zerikarli yashil
konvertlar va reklama qog‘ozlarining ichida bitta juda qiziqarli xatni ko‘rib qoldi. Xorij
markalari, ko‘p muhrlar va yuboruvchining manzili ko‘rsatilgan joyda SShA yozuvi bor
edi. “Bizga Amerikadan kim yozgan ekan?” – hayron bo‘ldi Anton. Shundan so‘ng u
konvert ustidagi yozuvga qaradi. “Mister Yozef Blumrix”. Xat tashuvchi pochtani
tarqatishda adashganligi ayon bo‘ldi.
Anton darhol ro‘paradagi uy tomonga yugurib bordi. U eshiklardagi taxtachalarga yozib
qo‘yilgan nomlarni o‘qib chiqdi. Matelar, Froydiglar, Komarek va u izlagan yozuv – Y.
Blumrix. Anton qo‘ng‘iroq qildi. Bir lahzadan so‘ng eshik ochildi. Bu o‘sha oddiygina
kiyinib yuradigan mo‘ysafid edi. Anton o‘ta hayron qolganidan, unga xatni berib
qo‘yishni unutayozgandi.
“Bu Sizmi?” - so‘radi Anton uncha sevinmagan holda.
“Xuddi shunday, - javob berdi janob Blumrix samimiy tarzda. – Bu men. O‘zingchi?”
Anton hayratlanishdan to‘xtadi. “Xat bizning pochta qutimizda ekan, - tushuntirdi u. –
Men Antonman”.
“Rahmat, Anton”. Janob Blumrix konvertni olib, unga nazar tashladi-da, eshikni
yopmoqchi bo‘ldi.
Anton joyidan jilmay unga qarab turardi.
“Nimadir demoqchimisan?” - so‘radi janob Blumrix.
“Ha”, – dedi Anton va savolni qanday boshlash haqida o‘ylab qoldi.
“Esim qursin, – deya janob Blumrix kurtkasining cho‘ntagini paypaslab pul chiqardi va, –
xizmating uchun”, – deb uni Antonga uzatdi.
Anton boshini silkitdi.
“Unda nima?” Endi janob Blumrix nima qilarini bilmay qolgandi.
“Siz haqiqatan ham hindular sardorimisiz?” – so‘radi Anton gapini qanday boshlash
haqida bir qarorga kela olmagan holda. Shunday bo‘lsa-da, janob Blumrix tasodifan
berilgan savoldan esankirab qolmadi.
“Ichkariga kir”, – dedi u.
Anton qiziqsinib atrofiga qaradi. Kitoblar va qog‘ozlar tagida qolib ketgan stol. Ko‘p
gilamlar, biroq ular boshqalarnikidagi singari pastga to‘shalgan emas, balki devorlarga
ilingandi. Bir kichikroq stol ustida ko‘p suratlar va rangli bog‘ichlar bilan bog‘langan uzun
nay turardi. “Tinchlik nayi shu bo‘lsa kerak”, - o‘yladi Anton. Suratlarda janob Blumrix
pat bezakli bir hindu yonida tasvirlangandi.
“Zo‘r-ku”, – dedi Anton zavqlanib.
“Bu sardor Oqayiq”, – tushuntirdi janob Blumrix.
“Haqiqatan ham shunaqa ekan, - dedi Anton. U janob Blumrixga sinchkovlik bilan
qaradi. – Sizni men sira hindular sardoriga o‘xshatmagan bo‘1ardim”.
“Men faqat faxriyman, xolos”, – jilmaydi janob Blumrix. Buning evaziga men bir ish
bajarishni o‘z zimmamga olganman”.
“Qanday ish? – so‘radi Anton. – Faxriy sardor nima qilishi kerak?”
“Men Hopilarning murojaatnomasini qog‘ozga ko‘chiryapman”, – javob berdi janob
Blumrix. – Hindular zaminimizning o‘tmishi va kelajagi haqida qadimiy bilimlarga ega.
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |