www.ziyouz.com kutubxonasi
28
eshitish uchun shaylanib turgan.
‘Yahu’, - deyishgan ular barchasi birgalikda va pastlashib qolgan osmonni yuqoriga
itarishgan. ‘Yahu’ shunday kuchli jaranglagan-ki, uni dunyoning hamma yerida eshitish
mumkin bo‘lgan. Shundan so‘ng osmon yana o‘zining yuqoridagi joyiga ko‘tarilgan –
bunga ayni paytda ham har kimning o‘zi bemalol ishonch hosil qilishi mumkin”.
Janob Blumrix ozgina jim turdi. Anton esa hikoya tugagani, tugamaganini bilmay qoldi.
“Osmon-ku o‘sha paytlardan buyon hech kimni tashvishga solayotgani yo‘q, - dedi janob
Blumrix gapini davom ettirib. – Savlatli kishilar ham boshlarini hatto bulutlarga urib
olishayotgani yo‘q. Ammo zamin-chi. ‘Ona zamin’, - uni hindular shunday atashadi.
Daryolardagi suvlar o‘sha paytlardagiday toza emas. Giyohlar dorivorlik quvvatiga ega
bo‘lishi mumkinligini deyarli unutib qo‘yganmiz. Buning ustiga hamma yerda daraxtlarga
qirg‘in kelmoqda. Biz birgina sabab tufayli, ya’ni qurbimiz yetgani uchun, narsalar kashf
qildik, ammo ular qanday oqibatlarga olib kelishlari mumkinligi haqida sira o‘ylab
ko‘rmadik. Ko‘pincha oddiygina masalalarni hal qilishqa fahm-farosatimiz yetmay
qolyapti. Endi yana hammamiz birgalikda ‘yahu’ deyishimiz lozim bo‘lgan payt keldi”.
Janob Blumrix bir lahza jim turdi va Antonga qaradi. “Hindular bu rivoyat orqali nima
demoqchi bo‘lganliklarini tushundingmi?”
“Menimcha ha”,- Anton shunday deya o‘ylanib qoldi. - Ammo men nima qila olishim
mumkin? Men bittaginaman-ku”.
“Yoq, - dedi janob Blumrix. – Sen bittadan ko‘psan”.
Anton o‘rnidan turdi. “Yahu”, - dedi u ishonqiramay.
“Yahu”, - javob berdi janob Blumrix.
Dostları ilə paylaş: |