www.ziyouz.com kutubxonasi
36
Taqillatish va qiyqiriqlar kuchaydi.
“Endi eshikni ochmasam bo‘lamaydi”, - dedi erkak.
Hikmatli so‘zlar! “Kecha, erta, baland, past, - boshladi Anton. – Unday emas shekilli”.
Kimdir eshikni yana taqillatdi. Anton hikmatli so‘zlar yozilgan qog‘ozni orqaga ilib
yuradigan xaltachadan olmoqchi bo‘ldi.
“Narsalarim! Ularni o‘sha yerda qoldiribman-ku! – qichqirdi Anton. – Hikmatli so‘zlarni
ham unutib qo‘yganga o‘xshayman”.
Taqillatish yanada kuchaydi. Mushuklar allaqachon yashirinib olishgandi.
“Xavotirlanma, - dedi erkak qat’iy ohangda. – Sen uni bilasan”.
Anton chuqur nafas oldi.
“Baland, pastmi – kechami, erta,
bir lahzada bo‘lar mangulik.
Xohlaganlar ko‘rishi mumkin,
hech nima o‘tmaydi – vaqt ham shuningdek”.
Oxirgi so‘z aytilishi bilan Antonning atrofi qorong‘ilashdi va qorong‘iligicha qoldi.
“Endi qachon qaytarkanman? – o‘yladi Anton. – Tezroq o‘zimning zamonimga qaytgim
kelyapti!”
Qorong‘ilik hamon hukm surardi. “Endi hecham zamonga sayohat qlmayman”, - ahd
qildi Anton. Shundan so‘ng u ko‘zlari yumuq bo‘lgani uchun qorong‘ilikda qolganday
bo‘lganini angladi. U ko‘zlarini ochib qarasa, kun yorishib turgan tushdan keyingi payt
ekan. Mushuk uyg‘onib ketdi, cho‘zilib qaddini rostladi va xotirjamgina esnadi. Anton
cho‘ntak fonusini qo‘lida ushlab turardi. Anjomlarining qolgani boshqa zamonning
qaysidir joyida qolib ketgandi.
“Uhhh, - dedi Anton, - hayriyat bu safar ham hammasi yaxshilik bilan tugadi”.
U devordan zamon gardishini oldi va uni karavotning tagiga tiqib tashladi. Eng to‘riga.
BILLUR
Anton maktabdan qaytganida qorong‘ilashib qolgandi. Sovuq shamol esayotgandi. Anton
kurtkasining yoqasini ko‘tardi va qo‘llarini cho‘ntaklariga tiqib oldi. U qo‘lqoplarini yana
yo‘qotib qo‘ygandi. Keksa soatsozning ustaxonasi oldidan o‘tayotganida, ichkarida chiroq
yonayotganiga ko‘zi tushdi. “Soatsoz qaytib kelganmikan?” Anton eshikni ochishga
urindi, ammo u yopiq edi. Endi eshikda boshqa yozuvli taxtacha ilingan turardi.
“Vaqtincha yopiq. Sozlash ishlari qabul qilinmaydi”.
“Qulfbuzarlar kirib olgan emasmikan? Zamon gardishi ham sirli holda chayqov bozoriga
chiqib qolgandi. Har holda qulfbuzarlar chiroqni yoqib qo‘ymagan bo‘lardilar. Hech
bo‘lmasa, cho‘ntak fonusidan foydalanardilar”.
Anton eshikni taqillatdi. Bir zumdan so‘ng ustaxona ortidagi xonadan bir kishi chiqib
keldi. Bu soatsoz edi. U Antonning tanib eshikni ochdi.
“Shu yerda ekansiz-ku! – baqirib yubordi Anton suyinib. – Qanday bo‘ldi?” Keyin u
soatsozning tashvishli yuziga nazar tashladi.
“Biror nima bo‘ldimi?” - so‘radi u.
Soatsoz uh tortdi. “Men katta xato qilib qo‘ydim. Oxirgi marta zamonga sayohat
qilganimda, zamon gardishini ham o‘zim bilan olib ketishim kerak edi. Shuning uchun
ataylab qaytib kelgandim, biroq u joyida emas ekan. Tushunyapsanmi: uni men ixtiro
qilganman. Demak, uning javobgarligi ham mening zimmamda. Chunki har kim o‘z
ixtirosi uchun o‘zi javobgar”. U stol yoniga o‘tirdi va dedi: “Buning ustiga endi qaytib
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |