18
Har bir buzilish va nuqsonni bartaraf etish
amalining boshqalardan
farq qiladigan maqbul davriyligi mavjud.
TXK va T tizimining avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi
samaradorligiga qo‘shgan hissasi 25% ni tashkil etadi. TXK va T
tizimini ishlab chiqish murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan ilmiy-
amaliy masala bo‘lib, o‘z ichiga nazorat
va tajriba tadqiqotlarini, ilg‘or
tajribalarni tanqidiy umumlashtirish, an’analarni hisobga olish, avtomo-
bil konstruksiyasi va ishonchliligini hisobga olishni ko‘zda tutadi.
Quyidagi TXK va T turlari va vazifalari mavjud:
Kundalik xizmat ko‘rsatishning vazifalari quyidagilardir: harakat
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan umumiy nazorat;
avtomobilning
tashqi ko‘rinishini kerakli darajada saqlab turish; uni yonilg‘i, moy va
sovutish suyuqliklari bilan to‘ldirish, harakat tarkibining ba’zi
turlari
uchun kuzovni sanitariya ishlovidan o‘tkazish; TXK harakat tarkibining
ishidan keyin yoki yo‘lga chiqishidan oldin bajariladi.
TXK-1, TXK-2ning vazifasi – avtomobil agregat va mexanizm-
larining texnik holati parametrlarining o‘zgarishi
jadalligini kamaytirish,
buzilish va nosozliklarni oldini olish va aniqlash, nazorat, moylash,
qotirish, sozlash va boshqa ishlarni o‘z vaqtida bajarish yo‘li bilan atrof
muhit muhofazasi, harakat xavfsizligi
va ishdagi tejamkorlikni
ta’minlash.
Tashxsilash ishlari (tashxislash jarayoni) TXK va ta’mirning
texnologik elementi bo‘lib, tegishli ishlarni bajarish vaqtida avtomo-
bilning texnik holati haqida ma’lumotlar beradi. Vazifasi, davriyligi,
nomi
va bajariladigan joyiga qarab, tashxislash ishlari 2 turga bo‘linadi:
umumiy (TSH-1) va elementlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan (TSH-2)
tashxislash.
TXK o‘rnatilgan davriylik chegarasida, amallar ro‘yxatiga kiritilgan
ta’sirlar bo‘yicha,
avtomobil agregatlari, uzellari va tizimlarining
buzilmasdan ishlashini ta’minlashi zarur.
Yiliga 2 marta o‘tkaziladigan
mavsumiy xizmatning vazifasi –hara-
katdagi tarkibni mavsum o‘zgarishiga, yil fasllariga qarab eksplua-
tatsiyaga tayyorlashdir.
Ta’mirlash, ishning
vazifasi va xarakteriga qarab mukammal va
Dostları ilə paylaş: