Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


Nafaqalarni tayinlash va to’lash



Yüklə 89,3 Kb.
səhifə9/14
tarix28.09.2023
ölçüsü89,3 Kb.
#150065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

Nafaqalarni tayinlash va to’lash


Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiyasi yoki shu ish uchun vakil qilingan komissiya a’zosi tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, a’zolari soni va raisi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i yoki boshqaruvning karori bilan tasdiqlanadi. Komissiya mehnatda mayiblanganlarga, kasb kasalligiga chalinganlarga nafaqa tayinlash, nafaqa to’lashni rad etish, nafaqadan ( yoki qisman) maxrum etish va nafaqa olish huquqi yuzasidan kelib chikkan nizolarni, vaqtincha, mehnatga layoqatsiz varaqasi va boshqa hujjatlarning asosli ravishda va to’g’ri berilganligini ko’rib chiqish huquqiga ega. qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi tayinlaydi. Komissiyalar bo’lmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda nafaqalar ish beruvchi tomonidan shu ishga buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi. Yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxslar, dexkon xo’jaligi a’zolariga, shuningdek ayrim fuqarolarnikida shartnoma asosida ishlayotganlarga nafaqalar ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanib, byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasi mablag’lari hisobidan to’lanadi.
Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tugagandan keyin chiqishining birinchi kunidayok xo’jalik yurituvchi sub’ektga vaqtincha mehnatga layokatsizlik varakasini takdim etadilar. Mehnatga qobiliyatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi ish haqi berilishi vaqti kelganda topshirilishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektda vaqtincha mehnatga layokatsizlik varaqasining “Tabelchi tomonidan va kadrlar bulimi tomonidan to’ldiriladi” degan bulimlarga zarur ma’lumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varakasi (bemor haqidagi ma’lumotlar yozib, imzo qo’yiladi) ijtimoiy sug’urta komissiyasiga topshirildi.
Agar baxtsiz xodisa boshqa sharoitlarda ruy bersa (uyda, ishga borish yoki ishdan kaytishda, davlat yoki jamoatchilik burchini bajarayotgan paytda), nafaqa ro’y bergan baxtsizlik sabablari ish beruvchi tomonidan o’rganib chiqilgandan keyingina tayinlanadi. Qo’yidagi sharoitlarda yuz bergan (jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanish hollaridan tashqari) jarohatlanish mehnatda mayiblanish deb hisoblanadi:

  1. mehnat burchini bajarayotgan paytda (shu jumladan, xizmat safari vaqtida), shuningdek, maxsus topshirik bulmagan hollarda ham xo’jalik yurituvchi sub’ekt manfaatini kuzlab qilingan xatti-harakat paytida;

  2. ish beruvchining transportida ishga borayotgan yoki ishdan qaytayotganda;

  3. ish vaqti davomida (shu jumladan, belgilangan tanaffus vaqtida) xo’jalik yurituvchi sub’ekt hududida yoki biron-bir boshqa ish joyida, ish boshlashdan oldin yoki ishdan keyin ish kurollarini, kiyim-kechaklarini va xokazolarni tartibga keltirish paytlarida;

  4. ichki mehnat tartib-qoidalariga zid bo’lmagan takdirda, ish vaqti davomida xo’jalik yurituvchi sub’ektga yakin bo’lgan joyda yoki boshqa ish joyida (belgilangan tanaffuslarda) hozir bo’lganda;

  5. asosiy ish bilan bog’liq bulmasa ham, davlat va jamoatchilik oldidagi burchlarini bajarayotgan chog’ida;




  1. inson hayotini qutqarish, huquq-tartibotni, davlat va jamoat mulkini, shuningdek, fuqarolar mulklarini muxofaza qilish bo’yicha fuqarolik burchini bajarayotgan paytida;

  2. donorlik vazifalarni bajarish natijasida mehnat kobiliya-tining yo’qotilishi.

Kasb kasalliklari bo’yicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi tayinlashda Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son karori bilan tasdiqlangan Kasb kasalliklari ro’yxatda ko’rsatilgan kasalliklar hisobga olinadi.
Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa komissiya tomonidan (jaroxatlangan xodimning ahvoli komissiya majlisiga kelishga imkon bergan takdirda uning ishtirokida) tayinlanadi. Nafaqadan mahrum etish, nafaqadan yoki qisman rad etish masalasi nafaqa oluvchining ishtirokida kurib chikiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning bosh buxgalteriya komissiya bilan bir katorda nafaqa to’lash bo’yicha mablag’larning to’g’ri xarajatlanishi uchun javobgardir.
Agar nafaqa tayinlanish yoki xodimning umumiy ish stajini aniklash paytida qonunchilikda ko’zda tutilgan qoidalar buzilishiga yo’l qo’yilgan yoki to’lov uchun taqdim qilingan hujjatlar noto’g’ri rasmiylashtirilgan bo’lsa bosh buxgalter to’lovni amalga oshirmay, ularni yul qo’yilgan xatolar to’g’risidagi yozma bayonnomasi bilan ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiyaga qaytarib berishi shart. Hududiy soliq organlarining talabiga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt ma’muriyati tekshirish o’tkazish uchun zarur bo’lgan nafaqalarga oid tekshirishlar nafaqalar to’lanadigan mablag’larni xarajat qilishda suii’stemolik fosh etilgan takdirda o’tkaziladi. Barcha tekshirishlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ish beruvchi tomonidan mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi koidalari buzilishi oqibatida xodimning mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligi sababli berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqani to’lashga ketgan barcha xarajatlarni koplashi lozim. Nafaqalarni to’lash uchun qilingan xarajatlar qonunchilikda xilof rafishda amalga oshirilganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tashkilot, muassasalari tomonidan qilingan xarajatlar Pensiya jamg’armasi hisobiga kabul qilinadi va ular xo’jalik yurituvchi sub’ekt
hisobiga yozib qo’yiladi.
Ishchilarga mehnat ta’tiliga to’lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yid davomida bir tekis o’tkazilishini ta’minlash uchun har oyda ma’lum mablag’ rezerv qilib boriladi. Rezerv summasi ishchilarga har oyda haqikatan hisoblangan ish haqiga ma’lum foiz miqdorida tashkil qilinadi va schyotlarda quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuzish bilan aks ettiriladi:
D-t 2010, 2110, 2310, 2320, 2510
K-t 8910 “Kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar rezervi” schyoti Ishchilarning mehnat ta’tili vaqtida haqikatda hisoblangan ish haqini summasiga quyidagicha provodka beriladi.
D-t 8910
K-t 6710 8910 schyot bo’yicha kredit koldigi foydalanilmagan rezerv summasini ko’rsatadi.



Yüklə 89,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin