Ma’lum xo’jalik yurituvchi sub’ektda o’n bir oy uzluksiz ishlagan ishchi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Inflyatsiya sharoitida hukumat idoralari tomonidan mehnat ta’tiliga chiqish oyining avvalgi oydagi ish haqi summasidan mehnat ta’tiliga haq hisoblash tartibi joriy etilgan.
Mehnat ta’tili uchun haq qo’yidagicha hisoblanadi.
O’rtacha ish haqi hisoblanadi. Buning uchun tarifikatsiya yoki lavozim maoshi bo’yicha hisob-kitob kuniga belgilangan ish haqidan ortiq summani 1.12 qismiga qo’shib hisoblab chikiladi.
O’rtacha kunlik ish haqi hisoblandi. Buning uchun o’rtacha ish haqi summasini 25,4 ga bo’linadi.
Ta’til haqi. Buning uchun o’rtacha kunlik ish haqini ta’til kunlari soniga ko’paytiriladi.
Masalan: Ishchi dekabr oyida 24 kunga mehnat ta’tiliga chikdi. uning noyabr oyidagi ta’rifikatsiya bo’yicha ish haqisi 12000 so’m. Tarifikatsiyasidan ortiqcha yillik summa 30720 so’m.
Mehnat ta’tili vaqtiga ish haqini hisoblang.
Eching:
O’rtacha ish haqi:
14560 so’m : 25,4 x 24 = 13757,48 so’m
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha ajratmalar hisobi. Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt, mulkchilikning kaysi shakliga karashli bo’lganidan qat’iy nazar ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalarni hisoblashi zarur. Ajratmalar miqdori joriy oyda hisoblangan ish haqiga nisbatan foizlarda davlat tomonidan belgilanadi. Hozirgi kunda uning miqdori 37,2%. Shundan: 35,0%-pensiya jamg’armasiga; 1,5-bandlik fondiga; 0,7- kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga. hisoblangan ajratmalar xo’jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlariga kiritiladi. 1997 yildan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarning sotilgan mahsuloti (ish va xizmatlari) hajmidan pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar joriy etilgan.
To’lovlar obekti bulib:
sanoat, transport, qishlok xo’jalik, vositachilik tashkilotlar uchun joriy davrda sotilgan maxsulot (ish va xizmatlar) hisoblanadi (QQS, Aktsiz solig’i, bojxona to’lovlarisiz)
qurilish, ta’mirlash, ilmiy tashkilotlar uchun bajarilgan ish va xizmatlar hajmi(QQS siz)
tayyorlovchi, savdo, umumiy ovkatlanish, ta’minot-sotish tashkilotlari uchun haqiqiy tovar oboroti olinadi.
Stavka haqikatda sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar hajmining 0,5% miqdorida joriy etilgan (2000 yil 1 yanvardan boshlab 0,7%).
Davlat ijtimoiy sug’urtasi uchun, xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining nafaqa ta’minoti (pensiya jamg’armasi) va tibbiy sug’urta hamda bandlik jamg’armasi uchun ajratmalar bo’yicha hisob-kitob 6520 “Ijtimoiy sug’urta” bo’yicha to’lovlar deb nomlanuvchi passiv schyotda olib boriladi.
Ijtimoiy sug’urta ajratmalar hisoblanganda:
D-t 0710, 0810-0890, 1010-1090, 1510, 2010, 2310, 2510, 2610, 2320, 9450, 2710,
3190, 9414, 9415, 9210;
K-t 6520.
Sug’urta organlari foydasiga ijtimoiy sug’urta bo’yicha haqikiy o’tkazilgan summaga quyidagicha provodka beriladi.
D-t 6520
K-t 5110
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha xodimlarga berilgan pullar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.
D-t 6520 K-t 5010
Kasallik tufayli vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan xodimlarga nafaqa hisoblash. Davolash (tibbiy) muassasi tomonidan berilgan mehnat qobiliyatini yo’qotgan to’g’risida varaqa-byulleten nafaqani hisoblash uchun asos bo’ladi.
Nafaqa miqdori kasallikdan ilgari ishlangan oyning o’rtacha ish haqi, kasallik davom etish hamda uzluksiz mehnat stajiga bog’liq. Ish staji 5 yilgacha bo’lganda ish haqining 60%, 5 yildan 8 yilgacha-80%, 8 yil va undan ortiq bo’lganda 100% hisoblanadi. Ish shtajidan kat’iy nazar ish haqining 100% miqdorida homiladorlikk va tug’ish bo’yicha, ishlab chiqarish jaroxati va kasb kasalligi bo’yicha 16 yoshgacha (18 yoshgacha agar (o’quvchi bo’lsa) 3 ta bolasi bo’lgan ishchilarga, urush nogironlariga to’lanadi.
Ish haqi summasiga ijtimoiy sug’urta ajratmalari hisoblanadigan barcha ish haqi, qo’shimcha haq va to’lovlar (bir marotaba bo’ladigan mukofotlardan tashqari) qiradi. Kasallik tufayli vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan xodimlarga nafaqa qo’yidagicha hisoblanadi. Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida oladigan shaxslarga ushbu oxirgi oyning ish haqiga avvalgi yilning o’rtacha oylik mukofot summalari kushilib, o’rtacha oylik ish haqi summasi aniqlanadi. O’rtacha oylik ish haqini shu oydagi ish kunlariga bo’linib, nafaqa % ga kasal bo’lgan kunlarga ko’paytiriladi va 100 ga bo’linadi. Mehnatga haq to’lashning vaqtbay shaklida xak oladigan shaxslarga nafaqa kasallikdan oldingi o’tgan oylik mukofot summasi ko’shilib o’rtacha oylik ish haqi summasi aniqlanadi.
Eslatma: Kasallik nafaqasi barcha hollarda o’rtacha kunlik ish haqini 2 baravaridan ortiq bo’lmasligi lozim. Misol: 7-razryadli ishchi yanvar oyida 3 kun kasal bo’lgan. Bu to’g’risida tibbiyot muassasidan berilgan byulleten ya’ni mehnat qobiliyatini yo’qotganligi to’g’risida varaqa va tabelda yozuvlar bor. Uzluksiz ish staji 7 yil. U dekabr oyida
Ishbay ish haqi - 9000 so’m
Vaqtbay ish haqi - 6500 so’m
Mehnat kobiliyatini yo’qotganligi uchun nafaqa - 600 so’m
Oldingi yilda o’rtacha oylik mukofot summasi-1800 so’m olgan. Kasal kunlari uchun nafaqa hisoblang.
Echish:
1. O’rtacha oylik ish haqi
9000 + 6500 + 1800 = 17300 so’m
2. O’rtacha kunlik ish haqi 17300 : 23 kun = 752,17 so’m
O’rtacha kunlik ish haqini ishchining 2 baravarlik tarif stavkasi bilan solishtiramiz. 7 razryadli ishchini oylik tarif stavkasi
3430 so’m x 3,48 koef = 11950 so’m
11950 so’m : 23 = 519,56 kunlik ish haqi
s) 519,56 x 2 = 1039,12 barobarlik kunlik ish haqi.
Demak, nafaqani o’rtacha kunlik ish haqi hisobidan hisoblaymiz, chunki ishchining 2 barobarlik tarif stavkasi o’rtacha kunlik ish haqi qiymatidan yuqori.
752,17 so’m x 80% x 3 kun = 1805,21 so’m.
Ijtimoiy sug’urta fondi, pensiya fondi xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarning tegishli kasaba uyushma organlari joriy schyotiga o’tkazilib ishchi va xizmatchilarning asosiy va qo’shimcha ish haklari hamda rag’batlantirish fondi hisobidan olingan mukofatlarga nisbatan 35 foiz miqdorida qilinadigan ajratmalar hisobidan tashkil topadi. Bunday ajratmalar xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxi hisobidan qilinadi. Ishchi va xizmatchilarga shu fond hisobidan vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganlik varaqasi bo’yicha nafaqa, homiladorlik vaqti va bola tug’ilgandan keyin ayollarga beriladigan nafaqa va boshqa moddiy yordamlar ko’rsatiladi. Bundan tashqari, ijtimoiy sug’o’rta fondining mablag’lari sanatoriya va dam olish uylarini saqlash hamda ishchi va xizmatchilarga dam olish va davolanish uchun beriladigan yo’llanmalarga xarajatlanadi.
1991 yildan boshlab mehnatkashlarga tayinlanadigan pensiya va nafaqalarning turlari ancha kengayib, ularni miqdori sezilarli ravishda oshdi. Shu bilan birga, davlat sug’o’rtasi mablag’lari ikki mustakil bo’lgan fondga ajratilib, ulardan biri ijtimoiy sug’urta fondi va ikkinchisi pensiya fondi deb nomlanadigan bo’ldi, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot mablag’laridan foydalanishning yangi tartibi belgilandi. Davlat sug’urta va ta’minot fondlari asosan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkilot va muassasalarning sug’urta to’lovlari hisobidan hosil qilinadi. Hozirgi paytda pensiya fondiga ajratmalar faqat mahsulot tannarxi hisobidan emas, undan tashqari xodimlarning ish haqidan 2,5% miqdorida ushlab qolinadigan summa hisobidan ham qisman hosil qilinadigan bo’ldi. Yangi schyotlar ro’yxatida 6520 "Ijtimoiy sug’urta va ta’minot bo’yicha hisob-kitoblar" schyoti ajratilgan bo’lib, unda kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan ijtimoiy sug’urta, xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarini pensiya bilan ta’minlash va tibbiyot sug’urtasini qilishga doyr hamda majburiy va ixtiyoriy sug’urtaga doir hisob-kitoblar aks ettiriladi.