II. 4. Mehnatga haq to’lashning sintetik va analitik hisobi Korxona va tashkilotlarda tuzilgan ish haqini hisoblash vedomostida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hamda undan ushlab qolinadigan summalar aks ettiriladi. Ish haqini hisoblash vedomosti har bir sex xodimlarining toifalari bo’yicha alohida tuziladi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar oyning birinchi yarmi uchun ish haqi hisoblashning bo’nakli va bo’naksiz tartibini qo’llashi mumkin.
Hisob-kitobning bo’nakli usulida korxona xodimiga bo’nak beriladi, oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqi to’layotganda esa uzil-kesil hisob-kitob qilinadi. Ikkinchi holda ishchiga rejadagi bo’nak o’rniga oyning birinchi yarmi uchun haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot bo’yicha yoki haqiqatda ishlangan vaqt bo’yicha ish haqi hisoblab yoziladi.
Ish haqini hisoblash vedomosti ish haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy hujjatdir. Bu hujjatda har bir tabel raqami, xodimlarning toifasi hamda to’lov va ushlab qolish turlari bo’yicha tuziladi. Ish haqini hisoblash vedomostida quyidagi ko’rsatkichlar bo’ladi:
to’lov turlari bo’yicha hisoblandi - 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» hisobvarag’ining kredit oboroti;
ish haqidan ajratma va to’lovlar ushlab qolindi va hisoblandi - 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» hisobvarag’ining debet oboroti;
qo’lga berish yoki oyning oxirida korxonada qoldi - 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» hisobvarag’ining debet oboroti.
Ish haqini hisoblash vedomostining oxirgi ko’rsatkichi to’lov vedomostini to’ldirish uchun hamda xodimga ish haqi berish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Ishchi va xizmatchilarga ish haqi bo’yicha hisoblashishlarni olib borish buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasida quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish ko’zda tutilgan:
6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» hisobvarag’i; 6720-«Deponentlangan ish haqi» hisobvarag’i.
Ushbu hisobvaraqlar passiv bo’lib, qoldiq hisobvaraqlarning kredit tomonida qoladi. «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq mehnat haqi xarajatlari ishlab chiqarish hamda davr xarajatlarining muhim xarajat elementlaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ishchi va xizmatchilarga ish haqi hisoblanganda, ularni xarajatlar tarkibiga kiritish lozim.
Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo’lgan ishchi va xizmatchilariga ish haqi hisoblanganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t «Ishlab chiqarish xarajatlari» hisobvaraqlari (2010, 2310, 2510)
K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» hisobvarag’i. Korxonaning ma’muriy-boshqaruv ishlarida band bo’lgan xodimlarga ish haqi hisoblanganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» hisobvarag’i
K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» hisobvarag’i.
Uch ish kuni davomida olinmagan ish haqi deponentga o’tkazilgan, ya’ni saqlash uchun qoldirilgan hisoblanadi. Kassir uni bankka korxonaning hisob-kitob varag’iga o’tkazib, «deponentga qo’yilgan summa» deb ko’rsatadi. Xodimlar uni korxona kassasidan chiqim orderi bo’yicha oladi. Xodimlarning ish haqi summasi deponentga o’tkazilganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» hisobvarag’i K-t 6720-«Deponentlashtirilgan ish haqi» hisobvarag’i.
Deponentga qo’yilgan summalar deponentlar daftarida yoki deponent varaqachasida qayd etiladi. U korxona tomonidan 3 yil mobaynida saqlanadi. Ko’rsatilgan muddat tugagach, deponentga qo’yilgan summalar yillik balans tuzish paytida korxona daromadlariga qo’shiladi va quyidagicha buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6720-«Deponirlashtirilgan ish haqi» hisobvarag’i
K-t 9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromad» hisobvarag’i.
Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to’langanida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» hisobvarag’i K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» hisobvarag’i.
Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitobning analitik hisobi ish haqi hisoblash-to’lash vedomostlarida, sintetik hisobi esa 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» hisobvarag’ida yuritiladi.
II. 5. Ish haqidan ajratma va to’lovlar hisobi Amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona xodimlari ish haqidan quyidagi pul ushlanmalari va chegirmalari amalga oshiriladi:
xodim tomonidan korxonaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo’yicha to’lovlar;
oyning birinchi yarmida berilgan avans;
foydalanilgan ta’tilning ishlanmagan kunlari uchun to’langan pullar;
ba’zi turdagi j arimalarni undirish;
ijroiya hujjatlar bo’yicha;
ishlab chiqarilgan yaroksiz maxsulot uchun;
alimentlar;
kreditga sotilgan tovarlar uchun to’lovlar va boshqalar.
Daromad solig’i O’zbekiton Respublikasining Soliq kodeksi hamda O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo’mitasi tomonidan 1998 yil 23 fevralda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 11 iyun
1998 yilda ro’yxatdan o’tkazilgan. “Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqni hisoblash va byudjetga to’lash tartibi to’g’risida”gi yuriknoma asosida ushlab kolinadi. Korxonada bajarilgan ish uchun pul yoki natura shaklida daromad oluvchi barcha xodimlar daromad solig’i to’laydi. Ushlanadigan soliq miqdori amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi shkala yordamida aniqlanadi:
Soliqqa tortiladigan daromad miqdori Soliq summasi
Eng kam ish haqining 1 barobari Soliq summasi mavjud emas.
Eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 daromad summasining 8.5 foizi baravari miqdorigacha
Eng kam ish haqining 5 baravari eng kam ish haqining besh baravari
miqdoridan (+1 so’m) o’n baravari miqdoridan olinadigan soliq+besh miqdorigacha baravardan oshadigan summaning 17 foizi
Eng kam ish haqining 10 baravari eng kam ish haqining o’n baravari
miqdoridan (+1 so’m) va undan yuqori miqdoridan olinadigan soliq+o’n
miqdoridanbaravardan oshadigan summaning 23 foizi Masalan, xodimga may oyida 300000 so’m ish haqi hisoblandi. Ushlanadigan soliq miqdori quyidagiga teng:
Minimal ish haqi 130 400 so’m.
EKIH ning 1 baravarigacha. Ushbu summadan ushlanadigan soliq summasi 0 ga teng.
1 baravaridan 5 baravargacha 8.5 %. 300000-130400=169600 Ushbu
summadan ushlanadigan soliq miqdori quyidagiga teng: 169600*8.5%:100%=14416
Jami ushlangan soliq miqdori 14416. Chunki summa keyingi shkalaga yetmay qoladi.
Yuqoridagi muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» - 14416 so’m K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar»- 14416 so’m.
Ishchi va xizmatchilarning qariligi, nogironlik hamda boquvchisini yo’qotganlik uchun nafaqa bilan ta’minlash uchun har bir korxonada Pensiya fondiga belgilangan miqdorda ajratma ajratadi. Hozirgi kunda ish haqidan Pensiya fondiga 7% miqdorida ajratma qilinadi.
Misol. Ishchiga bir oyda 300000 so’m ish haqi hisoblangan. Ish haqidan Pensiya fondiga ushlanadigan summa 21000 so’m (300000*7%/100%)ga teng. Yuqoridagi muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» - 21000 so’m K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar» - 21000 so’m.
Amaldagi qonunchilikka binoan har bir korxona ixtiyoriy ravishda hisoblangan ish haqidan kasaba uyushmasiga ajratma qilib borishi mumkin. Hozirgi kunda ish haqidan kasaba uyushmasiga ajratiladigan to’lov miqdori 1 %ga teng.
Misol. Yuqoridagi misol bo’yicha ishchiga hisoblangan oylik maosh miqdori 300000 so’mga teng edi. Ana shu summadan kasaba uyushmasiga qilinadigan ajratma miqdori 3000 so’m (300000*1 %/100%)ga teng. Ushbu muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710 -«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» - 3000 so’m K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar» - 3000 so’m.
Bundan tashqari Jamg’arib boriladigan pensiya jamg’armasi ham mavjud bo’lib, bu ushlangan daromad solig’idan belgilangan oylik maoshining 1%i miqdorida ushlanib Xalq Bankida ishchining nomida saqlanib turadi va ishchi pensiyaga chiqqanidan keyin yig’ilgan pul ishchiga beriladi.
Ijro varaqalari asosida ba’zi xodimlarning ish haqidan aliment ushlanishi mumkin. Ushlab qolingan aliment puli ish haqi berilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida aliment undiruvchiga berishi yoki pochta orqali jo’natishi lozim. Agarda aliment undiruvchining manzili noma’lum bo’lsa, u holda ushlangan aliment summasi sudning depozit hisobvarag’iga o’tkaziladi.
Misol. Oktabr oyida ish haqidan 1000 so’m miqdorida aliment ushlandi va ushbu summa aliment undiruvchiga yetkazildi. Ushbu muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710 -«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» - 1000 so’m K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar» - 1000 so’m.
Agar korxona savdo tashkiloti bilan bank krediti hisobidan korxona xodimiga kreditga sotilgan mollar uchun ariza-majburiyatning hamma summasiga savdo tashkilotlari bilan hisob-kitob qilgan bo’lsa, bunday mollar uchun pul ushlab qolish mumkin.
Bunday muomalalarni hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari» hisobvarag’i tayinlangan. Bu hisobvaraq aktiv bo’lib, uning qoldig’i korxonaga qaytarilmagan kredit bo’yicha xodimlarning qarzini ko’rsatadi, debet oboroti bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq majburiyat summasini, kredit oboroti esa qarzni qoplash uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko’rsatadi.
Ishchilarning kreditga tovar olishi munosabati bilan bankdan kredit olinsa quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari»
K-t 6810, 7810.
Ishchilarning ish haqidan kreditni uzish bo’yicha ushlanmalar qilinsa quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar»
K-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari».
Ushbu ushlanmalar kreditni so’ndirishga yo’naltirilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6810, 7810
K-t 5110-«Hisob-kitob schoti».
Soliq Kodeksi 59-moddasiga ko’ra jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to’lashdan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadilar:
1. To’laligicha:
Bojxona xizmati xodimlari
Mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklarning, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari xodimlari
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining boshliklari, a’zolari, konsullik muassasalarining xodimlari
2. Qisman, har bir oy uchun eng kam ish haqining to’rt baravari miqdorida:
O’zbekiton Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan shaxslar, uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlanganlar.
Bolalikdan nogiron bo’lganlar, shuningdek I va II gurux nogironlari.
Qahramon onalar
Afg’onistonda xizmat qilganlar, Chernobl AES dagi falokat oqibatida jabrlanganlar.
2 va undan ortiq 16 yoshga to’lmagan bolali yolgiz onalar.
Ish haqidagi ushlab qolinadigan summalar faqat qonun bilan ruxsat etilgan hollarda amalga oshiriladi. Ularga ish haqi hisobidan berilgan bo’lak, daromad solig’i, ijro varaqalari bo’yicha ushlanadigan summalar, ortiqcha berib qo’yilgan ish haqi, shaxsiy uy- joy qurilishi uchun olingan ssudalar bo’yicha qarzlar, dala bog’ qurilishi bo’yicha ssudalar qarzlari, yosh oilalar olgan ssudalar bo’yicha qarzlar, kreditga olingan tovarlarning to’lanmagan qismi, ixtiyoriy sug’urta summalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazilgan zararlar uchun ushlanadigan summalar, ish haqining bir qismini ishchi va xizmatchilarning arizasiga ko’ra omonat kassaga o’tkazish, kasaba uyushmasi a’zolarining navbatdagi oy uchun a’zolik to’lovlari va shu kabilar kiradi. Ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.