Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko’chirish, yo’lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko’rsatish bilan bevosita band bo’lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo’linmalarida rahbarlik lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning o’rinbosarlari, bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi.
Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iqtisodiy hamda muhandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo’lgan xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi, xo’jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.
Buxgalteriya hisobi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga xarajatlangan mehnat miqdorini va ish haqini to’g’ri aniqlab berish lozim. Har bir sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati to’g’ri va normal olib borilishi uchun unda ma’lum kasb va malakaga ega bo’lgan kadrlar ishlashi kerak. Xo’jalik yurituvchi sub’ektda ma’lum davr ichida ishlayotgan barcha xodimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning shaxsiy tarkibi deb yuritiladi. U ikkiga bo’linadi:
ro’yxatdagi shaxsiy tarkib; 2. ro’yxatdan tashqari shaxsiy tarkib.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt shaxsiy tarkibining asosiy qismini ro’yxatdagi shaxsiy tarkib tashkil qilib, unga doimiy va vaqtinchalik ishga besh yildan kam bo’lmagan davrga qabul qilingan va mehnat daftarchalari ochiladigan xodimlar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt asosiy faoliyati bo’yicha bir yildan kam bo’lmagan muddatga vaqtinchalik ishga qabul qilingan va mehnat daftarchalari ochilmaydigan xodimlar kiradi. Ro’yxatdan tashqari shaxsiy tarkib xodimlari xo’jalik yurituvchi sub’ektga, odatda, uning asosiy faoliyati bilan bog’lik bo’lmagan vaqtinchalik, mavsumli ishlarni va topshiriqlarni bajarish uchun taklif qilingan bo’lib, ular ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ekt shtatiga kirmaydi va ularga kadrlar bo’limida mehnat daftarchasi yuritilmaydi. Ba’zi paytlarda ro’yhatdan tashqari shaxsiy tarkibga tegishli ish haqi fondlari hisobidan ro’yhatdagi shaxsiy tarkibga qarashli ishchi va xizmatchilar tomonidan bajarilgan ishlarga haq to’lash mumkin. Lekin bunday ishlar ularning o’z ish vazifalari bilan bog’liq bo’lmasligi kerak.
Sanoat ishlab chiqarishida ishlaydigan xodimlarga sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda bevosita yoki bilvosita qatnashuvchi xodimlar kiradi. Bu xodimlar quyidagi guruhlardan iborat:
asosiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar;
xizmat qiluvchi va yordamchi ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar hamda asosiy ishlab chiqarish tsexlaridagi asbob-uskunalarni sozlash va tuzatish ishlarini bajaruvchi ishchilar;
ko’makchi tsexlarda ishlaydigan ishchilar;
xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashli tajribahonalar, ilmiy tekshirish muasasalarida ishlaydigan xodimlar;
zavod boshqarmasining xodimlari hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishlab chiqarish faoliyatiga xizmat qiladigan konstruktorlik byurosi va shu kabilarning xodimlari;
xo’j alik yurituvchi sub ’ ektdagi barcha qorovulchilik xodimlari.
Sanoatga taalluqsiz xodimlarga uy-joy va kommunal xo’jalik xodimlari, ko’makchi qishloq xo’jalik yurituvchi sub’ektlari, bolalar bogchasi, o’quv yurtlari va kurslari, tibbiy va madaniy-maishiy muassasalarning xodimlari hamda imorat va inshootni kapital tuzatish ishlari bilan band bo’lgan xodimlar kiradi. Sanoat ishlab chiqarishida band bo’lgan xodimlar xo’jalikda qanday vazifalarni bajarayotganliklariga qarab olti guruhga bo’linadi:
ishchilar;
muhandis-texnik xodimlar; v) xizmatchilar;
g) kichik xizmatchi xodimlar;
o’quvchilar;
qorovul va o’t o’chiruvchi xodimlar.
1. Ishchilarga mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashuvchi va ishlab chiqarishni normal olib borishni tashkil qiluvchi shaxslar kiradi. Ishchilar mahsulot ishlab chiqarishda qatnashishlariga qarab asosiy ishlab chiqaruvchi va yordamchi ishlab chiqaruvchi ishchilarga bo’linadi. Asosiy ishlab chiqaruvchi ishchilar deb ushbu xo’jalik
yurituvchi sub’ektda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yaratishda bevosita qatnashuvchi ishchilarga aytiladi. Yordamchi ishlab chiqaruvchi ishchilarga ish joylari uchun ishlab chiqarish xizmatlarini bajaruvchi ishchilar, ya’ni mehnat vositalari va ishlab chiqarish binolarini joriy tartibda tuzatib, tozalab turish, mahsulotni ortish, tushirish bilan band bo’lgan ishchilar kiradi.
Muhandis-texnik xodimlarga xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati ustidan texnikaviy ishlab chiqarish va iqtisodiy jihatdan rahbarlik qiluvchi xodimlar kiradi.
Xizmatchilarga xo’jalik yurituvchi sub’ektlardagi idora ishlarini va ayrim ma’muriy-xo’jalik ishlarini bajaruvchi xodimlar kiradi.
Kichik xizmatchi xodimlarga ishlab chiqarishga taalluqli bo’lmagan binolarni, hovlilarni tozalovchi shaxslar, xat tashuvchilar kiradi.
O’quvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishlab chiqarish jarayonini yakka-yakka yoki brigada usuli bilan o’rganayotgan shaxslar dir.
Qorovul va o’t o’chiruvchi xodimlarga xarbiylashtirilgan, qurollangan, shaxtyorlik va o’t o’chirishda xizmat qiladigan ishchilar kiradi. Sanoat ishlab chiqarishida ishlaydigan xodimlar kasblari, malakalari va ish stajlari bo’yicha ham guruxlanadi. Kasblari bo’yicha xodimlar tokarlar, frezerchvlar, slesarlar, montyorlar, muxandislar, texnologlar, buxgalterlar va hokazolarga- bo’linadi.
Malaka deb ishlab chiqarishning ayrim uchastkalaridagi har xil ishlarni bajarish borasidagi bo’limlar va qobiliyatlar yig’indisiga aytiladi. Ishchilarning malakasi ularga berilgan razryadlarga qarab belgilanadi. Ularning malakasi oshgan sari razryadlari ham oshib boradi. Boshqa xodimlarning malakasi ularning ish stajlariga, ma’lumotlariga qarab belgilanadi. Ishchi va xizmatchilarga to’lanadigan ish haqi, ular tomonidan xarajatlangan mehnatlarining miqdori va sifatiga qarab, moddiy va maishiy ehtiyojlarni qondirish uchun pul shaklida to’lanadigan ijtimoiy mahsulotlarning bir qismidir.
II. 2. Mehnatga haq to’lash shakllari, tizimlari, fondi va uning tarkibi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni to’g’ri normalash uni ilmiy tashkil etishning asosi bo’lib hisoblanadi. Yaxshi asoslangan normalarsiz korxona faoliyatini ilmiy rejalashtirib bo’lmaydi, binobarin, normalarni to’g’ri belgilash korxona jamoasidagi har bir xodimning shaxsiy manfaatlarini korxonaning manfaati bilan uyg’unlashtiradi, mehnat unumdorligining o’sishiga, ish haqi to’lovining yaxshilanishiga olib keladi.
Mehnatni normalash - amaldagi vaqt normalari, xizmat ko’rsatish normalarini o’z ichiga oladi.