Vaqt normasi - bu muayyan ishni bajarish uchun zarur bo’lgan vaqt miqdorini belgilaydigan mehnat o’lchovidir.
Ishlab chiqarish normasi - vaqt birligida tayyorlanishi lozim bo’lgan mahsulot miqdorini donalar, tonnalar, metrlar va hokazolarda xarakterlaydi.
Mehnatga haq to’lash uchun tarif tizimidan foydalaniladi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: tarif-malaka ma’lumotnomasi, tarif setkalari, tarif stavkasi.
Tarif tizimi - tarif-malaka ma’lumotnomasi, tarif setkasi va tarif stavkasi kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi. Korxonada bajariladigan ishlarning ishlab chiqarish
Ish haqi
Tarif
Ish haqi
Tarif
to’lash
koeffitsiyentlari
to’lash
koeffitsiyentlari
Razryadlari 0
1,000
razryadlari 12
3,581
1
1,450
13
3,808
2
1,595
14
4,038
3
1,755
15
4,271
4
1,930
16
4,508
5
2,115
17
4,748
6
2,308
18
4,991
7
2,510
19
5,238
8
2,716
20
5,488
9
2,926
21
5,741
10
3,140
22
5,998
11
3,358
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mehnatga haq to’lash shakllari, tizimlari, miqdorlarini mustaqil belgilaydilar. Ayni vaqtda korxonalar mehnatga haq to’lashning qonun bilan kafolatlangan eng kam miqdorini ta’minlashi lozim.
Ish haqi mehnat uchun to’lanadigan haqning hamma turlarini, shu jumladan, mablag’ bilan ta’minlash manbaidan qat’iy nazar, pul yoki natura shaklida hisoblangan har xil mukofotlarni, qo’shimcha haqlarni, ustama haqni va ijtimoiy imtiyozlarni, shuningdek, xodimga ishlanmagan vaqt uchun to’lanadigan haqlarni (ta’til haqi, bayram kunlari va hokazolar uchun) o’z ichiga oladi.
Ish haqi o’z tarkibiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
asosiy ish haqi;
qo’ shimcha ish haqi.
Asosiy ish haqi ishchi va xodimlarning ishlagan vaqtlari uchun to’lanadigan haq bo’lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
tarif stavkalari va maoshlar, ishbay narxlar uchun to’lanadigan haq;
ishchilarning aybi bo’lmagan va bekor turib qolishlar uchun to’lanadigan haq;
tunda ishlaganlik uchun qo’shimcha haq;
akkord usulida to’lanadigan haq;
ish haqi fondidan to’lanadigan mukofotlar;
dam olish kunlari, bayram kunlari, ish vaqtidan tashqari soatlarda ishlaganlik uchun odatdagi ish shart-sharoitidan chetga chiqqanlik va boshqalar uchun ishchilarga yuqori narxlar bo’yicha to’lanadigan qo’shimcha haq.
Qo’shimcha ish haqi xodimlarning ishlamagan vaqtlari uchun to’lanadigan haq bo’lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
ta’tillarga to’lanadigan asosiy va qo’shimcha haq;
o’smirlarga imtiyozli soatlar uchun to’lanadigan haq;
davlat va jamoat burchlarini bajarganlik uchun to’lanadigan haq;
tekinga beriladigan kvartiralar, kommunal xizmatlar va boshqalar qiymati.
Hozirgi sharoitda ishchi va xodimlarga to’lanadigan ish haqi shakllari ham rang- barangdir. Quyidagi jadvalda ish haqi to’lashning shakllari keltirilgan:
Ish haqi to’lash shakllari
Ishbay
Vaqtbay
Oddiy ishbay
Oddiy vaqtbay
Ishbay-mukofot
V aqtbay-mukofot
Ishbay-progressiv Bilvosita ishbay Akkord
Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ishga amaldagi narxlar asosida ish birligi uchun hisoblanadi.
Oddiy ishbay shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko’paytirish yo’li bilan ish haqi miqdori aniqlanadi.
Ishbay-mukofot shaklida bevosita ishbay narxlar bo’yicha ish haqidan tashqari ma’lum ishlab chiqarish yutuqlariga erishilganligi uchun haq oladi. Masalan, ish sifatining yaxshiligi, moddiy boyliklar tejalgani va hokazolar.
Ishbay-progressiv shaklida ishchilar mehnatiga belgilangan boshlang’ich me’yor doirasida bevosita ishbay narxlar bo’yicha, bu me’yordan ortiqchasiga esa oshirilgan narx bo’yicha haq to’lanadi. Ishbay narxlar oshishi har bir holda maxsus shkala bo’yicha aniqlanadi.
Bilvosita ishbay shakli ishbay narxlari bo’yicha belgilanib, xizmat ko’rsatayotgan uchastkadagi o’rtacha ish me’yorining bajarilish foiziga ko’paytirilishi mumkin. Akkord shakli butun ish hajmi uchun ish haqi miqdorini belgilaydi hamda akkord topshiriqlarni bajarish muddatlarini qisqartirganlik uchun mukofotlashni o’z ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati vaqt me’yorlari va narx asosida aniqlanadi. Ishbay akkord shakli asosan mavsumiy ishlarni hamda ayrim buyurtmalarni bajarishda qo’llaniladi.
Ish haqining vaqtbay shaklida xodimning malakasiga va ishlagan vaqtiga qarab haq to’lanadi.
Oddiy vaqtbay shaklida xodimlar ishlagan vaqtiga qarab belgilangan maosh asosida haq olishadi.
Vaqtbay-mukofot shaklida tarif stavkalari bo’yicha ish haqidan tashqari muayyan miqdor va sifat ko’rsatkichlariga erishganlik uchun qo’shimcha ravishda mukofot to’lanadi.
Korxona va tashkilotlarda xodimlarga ish haqidan tashqari turli xil pul to’lovlari va rag’batlantirish to’lovlari ham beriladi. Ularga quyidagilar kiradi:
yillik ish yakunlari bo’yicha rag’batlantirish;
muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun rag’batlantirish;
korxonalarning o’qishga yuborilgan talabalarga beradigan stipendiyalari;
davolanish uchun beriladigan yo’llanmalar qiymati;
mehnat jamoasi a’zolariga aksiyalar uchun to’lanadigan dividendlar va boshqalar.
Vaqtbay va ishbay shaklida mehnat haqini hisoblash tartibi. Agar korxonada mehnat haqini to'lash uchun tarifsiz tizim qollanilsa, rahbarning lavozim maoshi quyidagicha aniqlanadi: Birinchi, eng kichik malakali guruhiga kiruvchi ishchilarning kvartalli mehnat haqining summasi tabel boyicha ishlangan vaqtga bo'linadi (nisbati olinadi). Olingan soatlik (yoki kunduzgi) mehnat haqidan
kelib chiqib, oylik savkasi aniqlanadi va undan korxona rahbarining lavozim maoshi hisoblanadi.
Vaqtbay mehnat haqi hamma turkumdagi ishchilarga tarqaladi. SHunday qilib, sanoatda band bo'lgan ishchilarning mehnat haqining katta qismi vaqtbay shaklda tolanadi va ularning mehnat haqini hisoblash uchun tarif savkasi bilan ishlangan vaqtning miqdorini bilish lozim. Bunda asosiy xujjat bolib mehnat vaqtini sarflash hisobi - tabeli hisoblanadi. Ishchi tomonidan ishlangan vaqtga tarif savkasidan kelib chiqishi ishchi-vaqtbaychining mehnat haqi summasini belgilab beradi.
Ishlab chiqarishga oid bo lgan ishchi-vaqtbaychilarning mehnati, agar ular yangi texnikaning namunalarini ishlab chiqarsa yoki texnologiya jarayonida qatnashib kelsa hamda texnologik jixozlarni tuzatish bilan shug’ullansa, ishbay ishchining mehnat haqi tarif savkasi boyicha tolanadi.
Mehnat haqining oddiy vaqtbay tizimi ish sifatini, ishchining malakasini, ishning sharoitlarini hisobga olishga imkon beradi, lekin bajarilgan ishning oxirgi natijalari va uning mehnat haqi orasidagi bevosita bogliqlikni tolaligicha ta’minlab bermaydi. SHuning uchun sanoatda vaqtbay mukofotli tizim keng tarqalgan, unda ishning sifati va miqdori hisobga olinadi, ishning natijalarida ishchilarning ma’lumoti va moddiy qiziqishi kuchayadi, chunki mukofotlash vaqtning tejalganligiga, bekor turgan jixozlarning va ishchilarning bekor turishini qisqartirganligi yoki yo’qotganligi uchun, mashina, agregat, sexlarning avariyasiz ishlaganligi va materiallarni tejaganligi uchun beriladi
Mehnatga haq to’lash xarajatlarini hisobga olish bo’yicha amaldagi "Xarajatlar tarkibi to’g’risida"gi Nizomning 1.2 va 2.1 moddalarida ushbu xarajat turlarini qaysi birini tannarxga olib borish yoki davr xarajati sifatida qaysi xarajatlar olib borish tartibi ko’rsatib berilgan.
Ishlab chiqarishga aloqador mehnatga haq to’lash xarajatlari. Ishlab chiqarishga aloqador mehnatga haq to’lash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi.
Amaldagi bajarilgan ish uchun yozilgan ishlab chiqarishga aloqador ish haqi, bu xo’jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan mehnatga haq to’lashning shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlaridan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Ishlar vaqtbay usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlama usulida hisobga olib borilganda va qonunlarda nazarda to’tilgan boshqa hollarda belgilangan ish vaqtidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan ishchi, xizmatchilarga beriladigan dam olish kunlari uchun to’lanadigan haq.
Mehnat haqini o’rniga maxsulot berish.
Tushum nizomlari bo’yicha rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan ishlab chiqarishdagi natijalar uchun mukofotlar, kasb maxorati uchun tarif stavkalari va maoshlariga ustamalar, amaldagi qonunlarga binoan ishlab chiqarishdagi xodimlarga belgili muddat xizmat qilgani uchun bir marotaba beriladigan mukofotlar.
Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogliq bo’lgan qoplov tarzidagi to’lovlar, xususan kunda ishlaganlik, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik, dam olish va bayram kunlari ishlamaganlik, ko’p smenali tartibda ishlaganlik, bir yo’la ogir, zararli mehyaat sharoitida ishlaganlik uchun ustamalar, holda tarif va maoshlarga qo’shimcha haqlar.
Amaldagi qonunlarga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha mehnat ta’tillariga, o’smirlarning imtiyozli soatlariga, onalarning bolasini boqish uchun ishida bo’ladigan tanaffuslariga, tibbiy ko’riklardan o’tish, davlat oldidagi burchlarini ado etish bilan bog’liq bo’lgan vaqtga to’lanadigan haqlar.
Ishchi va xizmatchilarga qisman ishhaqi to’lanadigan zaruriy mehnat ta’tillari vaboshqalar.