Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


Mehnat va ish haqini hisobga olishda xo’jalik yurituvchi sub’ektning shaxsiy tarkibi va turkumlanishi bu borada respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar



Yüklə 89,3 Kb.
səhifə2/14
tarix28.09.2023
ölçüsü89,3 Kb.
#150065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

Mehnat va ish haqini hisobga olishda xo’jalik yurituvchi sub’ektning shaxsiy tarkibi va turkumlanishi bu borada respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming tub negizida aholini ijtimoiy himoya qilish, qilingan mehnatiga yarasha taqdirlash hamda turmush farovonligini oshirish masalasi yotadi.
Ushbu masalalarni hal etish borasida bugalteriya sohasida ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda, xususan inson mehnat qilar ekan uning hisobini to’g’ri tashkil etish va yuritish, to’lovlarni hamda ajratmalarni o’z vaqtida olib borishni taqozo etadi. Fuqarolarni mehnat qilishi uchun har qanday sharoitlar yaratilib ularning mehnatga bo’lgan munosabatini, mulkiy xissiyotini uyg’otishga oid qator tadbirlar qilinmoqda. Xususan Prezidentimiz o’zining bir qator qaror va qonunlarida bu kabi yuqoridagi masalalarga ijobiy yondashmoqda. Ma’lumki, mashhur besh tamoyillaridan biri»bo’lmish ijtimoiy himoya qilish dasturi buning yaqqol asosidir. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 24 dekabrdagi 562-sonli qaroriga muvofiq 1998 yilda ham mehnat sharoitlari o’ta zararli, o’ta og’ir bo’lgan ishchilarning daromadlaridan chegirmalar darajasi 25% dan oshmasligi hamda noqulay iqlim sharoitida ishlayotganlar daromadiga eng kam soliq stavkasi bo’yicha 15% miqdorida undirish tartibi ko’rsatib o’tilgan. Ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan o’sishini ta’minlovchi eng muhim omillaridan biri mehnat unumdorligini o’stirishdir.
Hozirgi paytda xalqimiz oldida turgan mamlakat iktisodiy va ijtimoiy- siyosiy turmushini barqarorlashtirish tadbirlari, yaqin vaqt ichida iste’mol bozoridagi taqchillikni bartaraf qilish borasidagi vazifalarini bajarish uchun, birinchi navbatda, mehnat unumdorligini o’stirish talab etiladi.
Keyingi paytda tarif tizimi va mehnatni muvofiqlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt jamoasiga beriladigan mukofotlari ularning mehnat hissalariga qarab belgilash borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xodimlarning mehnatiga haq to’lash shakllari, tartibi va miqdori hamda daromadlarining boshqa turlari xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va sharoitga qarab tabaqalash uchun davlat tarif stavkalari bo’yicha ish haqi, maoshlaridan mo’ljal uchun foydalanishlari mumkin. 1991 yildan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarga ish haqi fondi va moddiy rag’batlantirish fondining miqdorini belgilaydigan nomativlar yuqoridan tasdiqlanmaydigan bo’ldi. Mehnatga haq to’lash xarajatlarining me’yorlashtiriladigan miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi tomonidan faqat soliq solinmaydigan foydani hisoblab chiqish uchun aniqlanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining shaxsiy daromadi, ya’ni mehnatga haq to’lash mablag’lari mahsulot tannarxiga kiritiladigan to’lovlar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoldiriladigan foyda hisobidan beriladigan to’lovlardan iborat. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan to’lovlar tarkibiga ishbay ish haqi (rastsenkasi), tarif stavkasi, lavozimlik maoshlari (okladlari), rag’batlantirish va tovon (kompensatsiya) to’lovlari, ishchi va xizmatchilarni ularning ishlab chiqarish faoliyatidagi aniq ko’rsatkichlari uchun belgilangan mukofotlash tartiblariga qarab hisoblangan ish haqi hamda amaldagi qonunlarda ko’zda tutilgan to’lovlar




kiradi. Iste’molga yo’naltiradigan mablag’larni tartibga solish maqsadida soliq belgalangan.
Bunda iste’mol uchun yo’naltiriladigan mablag’lar deb, xo’jalik yurituvchi sub’ektdagi barcha xodimlarning mehnat haqi xarajatlari summasi, pul to’lovlari, shu jumladan, bir yildagi yil yakunlari bo’yicha mukofotlar, moddiy yordam, mehnat va ijtimoiy imtiyozlarni belgilashga atalgan summalar va yakka tartibdagi xususiyatlarga ega bo’lgan boshqa to’lovlar hamda ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflar uchun to’lovlardan tashqari mehnat
jamoasining a’zolari qo’shgan mablag’lari bo’yicha to’lanadigan daromadlar (dividendlar, foizlar)ga aytiladi.
Soliq solish ob’ekti sifatida iste’mol uchun yo’naltirilgan mablag’larning soliq solinmaydigan miqdoridan ortiqcha summasi qabul qilingan. Iste’mol uchun yo’naltirilgan mablag’larning soliq solinmaydigan miqdori hisobot yilining joriy davridagi xo’jalik hisobi daromadini shu mablag’larning o’tgan "yilning tegishli davridagi xo’jalik hisobi daromadidagi salmog’iga ko’paytirish yo’li bilan topiladi. Shunday yo’l bilan topilgan
miqdor 0,98 koeffitsienti bilan tuzatilib, xo’jalik hisobi daromadining o’sishini iste’mol uchun yo’naltirilgan mablag’larning o’sishiga qaraganda tezlashtirishni ta’minlaydi. Iste’mol uchun yo’naltiriladigan mablag’larni tartibga solish uchun qabul qilinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt xo’jalik hisobidagi daromadi sotilgan maxsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi tarkibidagi mehnatga haq to’lash xarajatlari bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladigan foyda summalari sifatida hisoblab chiqiladi. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik hisobidagi daromadi taqqoslash mumkin bo’lgan narxlar va sharoitlarda hisoblab chiqilishi lozim bo’ladi.
Hozirgi paytda ish haqini tashkil qilishni qayta qurishning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  1. xodimlarning juda keng bo ’ lgan doirasiga tegishliligi;

  2. birinchi marta ish haqini tashkil qilishning barcha qismlarini, ya’ni ta’rif tartibi, haq to’lash shakllari va mukofotlash tartibi, mehnatni muvofiqlashtirish, qo’shimcha haq to’lash mexanizmi, mehnatga haq to’lash fondlarini hosil qilish va foydalanish kabi elementlar kompleksini o’z ichiga oladi;

  3. mehnat jamoasining roli ayniqsa oshiriladi, mehnatning umumiy natijasiga har bir xizmatchi hissasini baholash hamda unga haq to’lash va mukofotlash miqdorlarini aniqlash bilan bogliq bo’lgan masalalarni echishdagi ko’pchilik to’siqlar bartaraf qilinadi;

Mehnat va ish haqiga tegishli reja topshiriqlarini hisobga olish va nazorat qilishda buxgalteriya hisobi muhim rol o’ynaydi. Chunki uning yordamida xo’jalik yurituvchi sub’ektning barcha bo’limlarida mehnat ko’rsatkichlarining bajarilishi va uning o’zgarishi haqida iqtisodiy asoslangan axborotlar yaratiladi.
Mehnatkashlarning mehnat unumdorligini oshirish va xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishini yaxshilashga bo’lgan moddiy qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida ularga to’lanadigan ish haqida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishining umumiy yakunini yaxshilash uchun to’lanadigan qismini oshirishga keng yo’l ochib berilmoqda. Shuning uchun sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlaridagi buxgalteriya hisobining eng muhim vazifalaridan biri mehnat o’lchovi va unga haq to’lash ustidan nazorat qilib turishdir.




  1. 1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari

Inson o’z ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ne’matlar yaratar ekan, ularni ishlab chiqarish uchun moddiy resurslardan tashqari bevosita inson o’z mehnatini sarflaydi. Mehnat jarayonida yangi mahsulot yaratilib, inson ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Iste’molchilarning asosiy daromad manbalari ish haqi bo’lganligi sababli, tovarlarga bo’lgan talab va taklif, ular bahosi bevosita ish haqiga bog’liq bo’ladi. Korxonaning ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi-soatlar bilan o’lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste’molchilarga ko’rsatgan xizmatlari uchun sarflangan mehnatiga haq to’lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni talab qiladigan o’zaro munosabatlar vujudga keladi.

  1. Mehnat va ish haqi hisobini tashkil qilishning o'ziga xos xususiyatlari. Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita mehnat jarayonini ham o'z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi.

Xo'jalik yuritishning bozor tizimiga o'tish sharoitida mehnatga haq to'lash, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko'plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to'lashning shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag'batlantirishni
korxonalar mustaqil o'zlari belgilaydi.
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o’zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to’lash fondi, to’lov turlari va xodimlar toifasi bo’yicha hamda mehnatga haq to’lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to’lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma’lumotlar asosida mehnat unumdorligi mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo’yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va unga haq to’lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa:

  • ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to’g’ri va o’z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hisoblash va uni belgilangan muddatlarda to’lashni;

  • hisoblangan ish haqi summalarini va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarni ishlab chiqarish xarajatlariga kiritish uchun xarajatlarning yo’nalishlari bo’yicha aniq taqsimlashni;

  • ish haqidan byudjetga majburiy to’lovlarni, shuningdek, korxonaga yetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to’g’ri hamda o’z vaqtida ushlab qolish va o’tkazishni;

  • xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlashi kerak. Xo'jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq to'lash hisobining

asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:




  • soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo'shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to'lashga doir hisob-kitoblarni oz vaqtida olib borish;

-hisoblangan ish haqi va sug'urtaga ajratmalar summasini xarajatlar schetlariga oz vaqtida va to'g'ri otkazish;
-boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi boyicha korsatkichlarni tezkor yig'ish va guruhlash.
Mehnat va unga haq to'lash hisobi sarflangan mehnatning miqdori va sifati, ushbu yo’nalishdagi mablag’lardan foydalanish, mehnat haqi jamg’armasini shakllantirish va ijtimoiy xususiyaga ega bo'lgan to'lovlarni amalga oshirish usidan tezkor nazorat ornatishni ta’minlashi lozim. CHunki yuqorida keltirilgan vazifalarning oz vaqtida amalga oshirilishi xodimlarning turmush farovonligini yaxshilash va iqtisodiy silsilalardan himoya qilishning asosiy omillaridan biridir.
Korxona va tashkilotlarda xodimlar soni ishlab chiqarish dasturi asosida aniqlanadi. Korxonada xodimlar, eng avvalo, ikki guruhga ajratiladi:

  • asosiy faoliyatda band bo’lgan xodimlar;

  • asosiy bo’lmagan faoliyatda band bo’lgan xodimlar.

Asosiy faoliyatda band bo’lgan xodimlar tarkibiga asosiy va yordamchi sexlarning, yordamchi ishlab chiqarishlarning, zavod laboratoriya va bo’linmalarining, tozalash inshootlarining, aloqa uzellarining, axborot-hisoblash markazlarining, barcha turdagi qo’riqlashning, zavod boshqarmalarining xodimlari kiradi.
Asosiy bo’lmagan faoliyatda band bo’lgan xodimlar toifasiga uy-joy va kommunal xo’jaligiga xizmat ko’rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo’lgan xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • ishchilar;

  • xizmatchilar.


Yüklə 89,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin