Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi



Yüklə 89,3 Kb.
səhifə8/14
tarix28.09.2023
ölçüsü89,3 Kb.
#150065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilgan:

  • vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda (shikastlanishda)

  • sanatoriy-kurortlarda davolanganda;

  • kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda;

  • karantinda;

  • sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda;

  • mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) ko’ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotkizilganda.

Ikkinchi jahon urushi nogironlariga, baynalmilal jangchilarga, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o’tkir miokard infarqti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning aorta-ko-ronar shuntovkasi va o’t pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan og’riganlarga nafaqa sanatoriyda bo’lgan barcha vaqt uchun beriladi. O’n olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi to’g’risidagi tibbiy xulosa mavjud bo’lganda nafaqa beriladi. Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani parvarishlashga qurbi etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qaridoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.
Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga karash bo’yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muxtoj bo’lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. O’n to’rt yoshga etmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo’lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo’lgan xodimlarga mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish to’g’risida tuzilgan mehnat




shartnomasida ko’rsatilgan ish kunlari doirasida to’lanadi. Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligida tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi.
Ishlayotgan Ikkinchi jaxon urushining nogironlariga va imtiyozlari jixatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AES dagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan bog’liq sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi). Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to’la sog’aygunga yoki mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi bilan bog’liq nogironlik guruhi qayta ko’rib chiqilgunga qadar to’lanadi.
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa shaxs to’la sog’aygunga qadar, lekin ko’pi bilan 10 oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasaligi okibatida nogiron nafaqa mazkur bandda belgilangan muddatlarga to’lanadi. Vaqtincha mehnatga kobiltyatsizlik quyidagi davrlarga to’g’ri kelganda nafaqa to’lanmaydi:

  • ish haqi saklanmagan ta’til;

  • bolani parvarishlash bo’yicha ta’til;

  • ish vaqtincha to’xtatilgan;

  • xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to’lash to’xtatib qo’yilganligi sababli ishlamagan;

  • xarbiy o’quv yoki tekshiruv yigini;

  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida taxsil olish munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til.

Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:

  • ishdan yoki boshqa vazifalardan bo’yin tovlash maqsadida o’z salomatligiga ataylab ziyon etkazgan yoxud o’zini kasallikka solganda;

  • giyohvandlik yoki mastlik bilan bog’liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyoxvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallika chalinganda(jaroxatlanganda);

  • jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;

  • sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruxiy kasallardan tashqari);

  • hibsda bo’lgan davrda;

  • sud-tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan kat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarda to’lanadi:

  • ishlayotgan Ikkinchi Jahon urushi katnashchilariga;




  • baynalmilal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;

  • qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo’lgan xodimlarga;

  • Chernobil AES dagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;

  • Chernobil AES dagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko’chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o’tkir leykoz)

  • qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o’smalar bilan bog’liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;

  • mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan xodimlarga.

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, jinsiy yo’l bilan o’tadigan kasalliklar, SPID,moxov(lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo’yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda vaqtincha mehnatga kobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to’lanadi:

  • umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga- ish haqining 100 foizi miqdorida;

  • umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga-ish haqining 80 foizi miqdorida;

  • umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga-ish haqining 60 foizi miqdorida.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa barcha hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo’lmasligi lozim.Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan boshqa hujjat, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq aniqlanadi.
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalarni tayinlash uchun umumiy ish stajini hisoblash tartibi. Umumiy ish staji belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan boshqa hujjat asosida aniqlanadi. Umumiy ish staji to’g’risidagi hujjatlar bo’lmaganda ish davri guvohlar ko’rsatmasi asosida belgilanadi.
Tabiiy ofat, falokat, fojia yoki boshqa favqulodda holatlar tufayli ish staji to’g’risidagi hujjatlar to’liq yoki qisman saqlanmagan bo’lsa, ish stajini tasdiqlash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, Qorakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman (shaxar) xokimiyatlari tomonidan tuziladigan ish stajini aniqlash bo’yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Qisman saqlangan hujjatlar hamda guvohlar ko’rsatmalari asosida yuqorida ko’rsatilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish davri singari ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqa olish huquqini beradigan umumiy ish stajiga hisoblanadi. Yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs va dehqon xo’jaligi a’zosining mehnat stajiga ular byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan davrlari kiritiladi.
Umumiy ish stajiga quyidagilar kiradi:




  1. faoliyat turi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug’urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan bo’lsa.

Shirkat xo’jaligi (fermer xo’jaligi) a’zosi uzrsiz sabablarga ko’ra xo’jalikda belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo’lsa, ishlagan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi xodimlarga ish staji ijodiy uyushmalar boshqaruvi tomonidan, uning birinchi bosilgan yoki dastlabki ijro etgan yoxud mazkur muallifning asari birinchi marta ommaga ko’rsatilgan kundan boshlab, agar u byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali to’lab turgan bo’lsa, ish stajiga hisoblanadi;

  1. xarbiy xizmat, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, milliy xavfsizlik organlaridagi hamda chegara qo’shinlaridagi xizmat davri;

v) xarbiylashtirilgan soqchilik, maxsus aloka organlari hamda tog’qutqaruv qismlaridagi xizmat davri, kaysi idoraga buysunishidan kat’iy nazar;
g) diniy tashkilotlarda ishlagan davr, agar ular byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali to’lab kelgan bo’lsalar;

  1. yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxs va dexkon xo’jaligi a’zosining byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan davr;

  2. alohida fuqarolarga yollanib ishlagan davr (uy xodimlari, kotibalar, enagalar, haydovchilar, qorovullar va boshqalar), agar ular byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lab kelgan bo’lsalar;

j) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik oqlangan fukarolarning qamoqda bo’lgan va mahbuslikni utagan davri. Sanoatning mavsumiy tarmoqlaridagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda band bo’lgan xodimlarga mavsum davomidagi ish bir yilga, mavsumda to’liq ishlamagan taqdirda, haqiqiy ishlagan davr hisobga olinadi.
Chet elda ishlagan ish davri, agar byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga belgilangan sug’urta badallari to’lab kelingan bo’lsa va davlatlararo bitimlarda boshqa imtiyozlirok holat kuzda to’tilmagan bo’lsa, ish stajiga hisoblandi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning chet elda yollanib (bitim asosida) ishlagan ish davri Tashqi mehnat daftarchasiga kiritilgan yozuvlar bo’yicha, agar byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali to’lab kelingan bo’lsa, ish stajiga hisoblanadi.
Dehqon xo’jaligi a’zosi, yil mobaynida ishlab undan kamida 9 oy byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga belgilangan tartibda sug’urta badali to’lagan bo’lsa, ushbu davr kalendar yil hisoblanadi. Kalendar yil mobaynida yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxsning asosiy faoliyati qishloq xo’jaligi maxsulotlari etishtirish va qayta ishlash bo’lgan hollarda, agar mazkur yilda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari belgilangan tartibda kamida 9 oy mobaynida to’langan bo’lsa stajga kalendar yil qo’shiladi.
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’ladi.




Homiladorlik va tug’ish bo’yicha berilgan vaqtincha mehnatga layokatsizlik varakasi yo’qolgan hollarda nafaqa uning o’rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layokatsizlik varakasi (dublikat) asosida beriladi. Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layokatsizlik varaqasida ko’rsatilgan barcha davr uchun to’lanadi.Xodim ishdan bo’shatilishining noto’g’riligi haqida nizo ketayotgan davrda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til berilganda, nafaqa u ishga qayta tiklangan taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa ayolni ishga qayta tiklash to’g’risida qaror chiqqandan so’ng, nafaqa to’lanmagan barcha mehnatga qobiliyatsizlik kunlar uchun to’lanadi. Oliy, o’rta maxsus, kasb-xunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga kadar homiladorlik va tug’ish bo’yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.
Ish haqi to’lash to’xtalib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol ishlamagan davrda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa to’lanmaydi. Agar homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til ishga qo’yilgandan keyin ham davom etadigan bo’lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi. Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlilik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalarni hisoblash tartibi. Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlilik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqikiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sug’urta badallari undirilib to’lanadigan jami ish haqi to’lovlari kiradi.
Sug’urta badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-sonli karori bilan tasdiqlangan Sug’urta badallari kushilmaydigan va pensiyani hisob-lab chiqishda hisobga olinmaydigan ish haqiga qo’shiladi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sug’urta badallari berilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qushilib, o’rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.
Xodim vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi sababli to’la ishlamagan, homiladorlik va tug’ish, bola uch yoshga tulgunga qadar bolaga qarash ta’tilida bo’lgan, harbiy o’quv yoki sinov yiginlarda yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun yuborilgan oylar mukofot summasi bo’linadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun oydan kam bo’lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan bir qismi hisobga olinadi.
Xodim bo’lmagan mansab maoshini olgan holatlarda, nafaqa maoshning haqikatda olinadigan qismi asosida hisoblanadi.
Nafaqani hisoblab chiqarish uchun o’rtacha kunlik ish haqi mazkur bandda ko’rsatilgan ish haqi summasini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ruy bergan oydagi barcha ish kunlariga (jadval bo’yicha) bo’lish yuli bilan aniqlanadi. (Eslatma: Ushbu va keyingi barcha hollarda ish vaqti soatlari normasi doirasida tuzilgan ish jadvali nazarda to’tiladi). Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga kupaytirish yuli bilan aniqlanadi. Shirkat xo’jaligi a’zolariga, shu jumladan mexanizatorlar va mutaxassislarga nafaqa umumiy asoslarda hisoblab chiqariladi. Agar shirkat xo’jaligida keyinchalik hisob-kitob qilinadigan (davrlar bo’yicha, yil oxirida) avansli xak to’lash amalga oshirilsa, nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik




(homiladorlik va tug’ish ta’tili) boshlangan kungacha olingan avansdan hisoblab chiqariladi va yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilgan-dan keyin qayta hisoblanadi. Mehnatga xak to’lash bilan berilmasdan, mehnat kunlari yozilsa va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) mehnat kunlari uchun haq to’lanadigan kungacha boshlangan bo’lsa, nafaqa eng kam ish haqidan to’lanadi va keyinchalik qayta hisoblanadi. Ushbu koida homiladorlik va tug’ish nafaqasini hisoblab chiqarishda qo’llanilmaydi. Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqa Nogiron bolasini tarbilayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, xomiyga) bola o’n olti yoshga to’lgunga kadar davlat ijtimoiy sug’urtasi va mablag’lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdoridan haq to’langan holda oyga kushimcha bir dam olish kuni beriladi.
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa
Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog’ida bo’lgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda beriladi:

  • turmush o’rtog’i;

  • 18 yoshga to’lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’iy nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-sigillari;

  • ota-onasi;

  • bobosi yoki buvisi.

Yashash uchun mustakil mablag’ manbaiga ega bo’lgan (ish haqi, pensiya, stipendiya
oluvchi, shirkat xo’jaligining mehnatga qobiliyatli a’zolari hisoblanuvchi va hokazo) oila a’zolari qaramog’ida turgan deb hisoblanmaydi. Xodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oila a’zolariga yoki dafn o’tkazishni o’z zimmasiga olgan shaxslarga beriladi. Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish marosimi uchun nafaqa ishlovchi xodimga berilmaydi.
Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi.
Dafii etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida beriladi. Ishlamaydigan pensioner vafot etgan takdirda dafn etish marosimi uchun uchun nafaqa uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o’tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam bulmagan miqdorda, ijtimoiy ta’minot bo’limi tomonidan to’lanadi. Ish haqiga tuman koeffitsienti belgilangan joylarda dafn etish marosimi uchun nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan tarmoqlar uchun beriladigan tuman koeffitsentini hisobga olgan holda aniqlanadi. Muddatli xarbiy xizmatga chakirilgan xodim yoki uning oila a’zosi vafot etgan takdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa, agar unga so’nggi ish haqi to’langan kundan bir oydan ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa beriladi.
Oliy, o’rta masus kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoruanturada tahsil olayotgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari vafot etganda, agar ular kurslarga, maktablarga, institutlarga xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan yuborilgan bo’lsalar va ularning o’qish davridagi ish haqi to’la yoki qisman saqlanib qolgan bo’lsa, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.



Yüklə 89,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin