www.ziyouz.com kutubxonasi
2
shundan.
Lekin mening bu idrok qilganlarim bolalik xayolimning ilk taassurotini sovuta olmadi. O‘sha
vaqtdagi hayajonlarim hali ham o‘z haroratini yo‘qotmadi, nazarimda, bu teraklar hali ham qandaydir
bir sirni yashirgap jonli maxluqday.
Bolalik umrimniig eng shirin orzulari shu teraklar soyasida qolib ketganday, esimga tushgan sari
yana qayta boshdan eslagim keladi.
O‘qishimiz tamom bo‘ldi deguncha bizlar chumchuq qidirib shu yerga kelardik.
Chuvullashimizga mast bo‘lganday qo‘shterakning tepa shoxlaridagi yaproqlari hilpirab, bizga soya
tashlardi. O‘sha kezlarda yoriq tovon, kaftlarimiz qovjiragan biz tentaklar teraklarga mushukday
tirmashib chiqa boshlaganimizda chumchuqlar chirillab qolardi. Chirillashiga qararmidik! Hadeb bir
butoqdan ikkinchisiga o‘taverib, chumchuqlar «pir» etib uchib ketgan baland butoqqa chiqqanimizda,
ko‘z-oldimizda namoyon bo‘lgan olam manzarasini ko‘rib hayratdan damimiz ichimizga tushib
ketardi, tutmoqchi bo‘lgan chumchuq bolalarini ham esimizdan chiqarib yuborardik. Ko‘zimizga
kattakon bo‘lib ko‘rinib yurgan kolxoz otxonasining tepadan xuddi chigirtkaday ko‘ringaniga,
qishloqdan nari cho‘zilib ketgan dalaning kattaligiga, yana undan nariroqdagi qancha-qancha qadrdon
yerlar, ovulimizdagi ariqlardan boshqa tag‘in qancha-qancha kumushday tovlanib oqayotgan suvlarga
suqlanib qarab, bu dunyoning cheti shumi yo undan narida ham shunday osmon, shunday bulutlar,
shunday yerlar bormikin, deb xayol surib ketardik. O‘shanda qulog‘imizga shamol ovozi chalinsa,
unga jo‘r bo‘lib qimirlagan yaproqlar, ko‘z ilg‘amas uzoq-uzoqlarda ajoyib va garoyib narsalar ham
bor deganday shivirlab, betlarimizni silab erkalatardi. Yuragim duk-duk urib qinidan chiqib
ketadiganday, qo‘shterakning shovullashiga astoydil quloq solardim. Ko‘z oldimga ertakdagiday butun
olam kelibdi-yu, lekin bir narsa esimga kelmabdi. Bu teraklarni kim o‘tqazganu qanday umid bilan
o‘stirganini o‘ylamabman.
Shu qo‘shterak qad ko‘tarib turgan joyni ovuldagilar nima uchundir «Duyshenning maktabi»
deyishardi. Birortasining moli yo‘qolib: «Hoy falonchi, g‘unajinimni ko‘rdingmi»? - deb so‘rasa,
to‘xtab unga: «Ho‘, yuqoridagi «Duyshenning maktabida» yilqilar yuribdi, o‘sha yoqdan xabar olib
ko‘r», – deb javob berishardi. Kattalarga taqlid qilib biz ham: «Yuringlar, Duyshenning maktabiga
ketdik, terakka chiqib chumchuq haydaymiz», - der edik.
Bir vaqtlar o‘sha tepada maktab bor ekan. Bizning zamonamizda bu maktabdan asar ham
qolmaganu, lekin qo‘shterakli tepaning nomi xalq og‘zidan tushgan emas. Bolalik chog‘imda bu
maktab o‘rnini xo‘p qidirib ham ko‘rganman. Keyinchalik: «Nimaga «Duyshenning maktabi»
deyishadi, Duyshen o‘zi kim?» - deb qariyalardan surishtirsam, bu savolimga ular hech qizig‘i yo‘q,
anchayin gapday qo‘l siltab javob qilishardi: «Kim bo‘lardi, shu yurgan oqsoq-qo‘y
1
Duyshen-da.
O‘sha hurriyatdan keyin ho‘ anavi tepada eski bir molxona bo‘lardi. Duyshen “komsomol bo‘ldim”, -
deb, o‘sha yerda maktab ochib, bola o‘qitgan.
Maktab qayoqda deysan, anchayin bir gap-da. U vaqtlar o‘zi qiziq zamon emasmidi, xudo
ko‘rsatmasin, uzangiga oyog‘i yetib, otning yolidan tutamlab olganlarning hammasi o‘ziga bek, o‘ziga
xon bo‘lib qolgandi. Har kim o‘z bilganini qilardi. Duyshen ham o‘shanda miyasiga kelganini qildi-da.
Hozir u maktabdan bir parcha guvala ham qolmagan, ilgari nomi yo‘q tepa edi. Endi «Duyshenning
maktabi» degan nom oldi...»
Duyshen degan kishini uncha yaxshi bilmas edim. Baland bo‘yli, burgut qovoq, salobatli odamga
o‘xshardi. Uning hovlisi ariqning narigi tomonida, ikkinchi brigada ko‘chasida edi. Men ovulda turgan
kezlarimda Duyshen kolxoz mirobi bo‘lib ishlardi, egarning qoshiga katta ketmonni chirmab olib,
shatakdan chiqib qolgan, o‘ziga o‘xshash suyaklari ko‘rinib qolgan otni minib, goh-gohda o‘tib
qolardi. Keyin qariganida pochtachilikka o‘tib ketdi, deb eshitgandim. Lekin gap unda emas.
Komsomol deganda men o‘sha vaqtlarda ishga ham, gapga ham epchil, yalqov-poraxo‘rlarni gazetaga
1
Оқсоқ қўй – уруғнинг номи.