Microsoft Word chingiz aytmatov birinchi muallim lotin ziyouz com doc



Yüklə 183,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/30
tarix13.02.2023
ölçüsü183,21 Kb.
#84129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
chingiz aytmatov birinchi muallim qissa

www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
yozib turuvchi ovul yigitlarining eng miqtisini tushunardim. 
Rostini aytsam, soqoliga oq kirgan, qaysar otiga kuchi yetmagan haligi rosmana odamning bir 
zamonlar qanday qilib komsomol bo‘lganini, xat-savodi bo‘lmasa ham, bolalarni qanday o‘qitib, 
qanaqa o‘qituvchi bo‘lganini o‘zimcha hech tasavvur qilolmadim. 
O‘sha vaqtlarda bu gaplar ovulda aytilgan son-sanoqsiz ertaklardan bo‘lsa kerak, deb qo‘ya 
qolgandim. Keyin bilsam, «Duyshenning maktabi» degan gapning o‘z tarixi bor ekan, buni tasodifan 
yaqinda bilib qoldim. 
O‘tgan kuzda kolxozdan menga bir telegramma keldi. 
Ikki yildan buyon kolxozimiz o‘z kuchi bilan yangi maktab solayotgan ekan. Maktab binosi 
qurilib bo‘lgandan keyin ovuldagilar meni maktabni ochish marosimiga chaqirishibdi. Bu quvonchli 
kunlarda elim bilan birga bo‘lay degan niyatda darhol yo‘lga otlandim. Ovul manzaralarini suratga 
olish niyatida ovulga to‘y marosimidan uch-to‘rt kun ilgari jo‘nab ketdim. Shahardan chaqirilganlardan 
akademik Sulaymonovani ham kutib o‘tirishgan ekan. Bu ayol bu yerda bir kun-yarim kun turib, keyin 
Moskvaga jo‘nab ketadi, deyishdi. Akademik Sulaymonovaning kelishini eshitib juda suyunib ketdim. 
Xalqqa tanilgan bu olimaning ovulimizdan ekanligi, qiz vaqtida shaharga ketib, o‘qib, olima bo‘lgani 
ovulda qulog‘imga chalinib yurardi. O‘zi bilan shahardaligimda tanishib olgan edim. 
Men ko‘rganda Oltinoy Sulaymonova sochiga oq kirib, elliklarga borib qolgan, to‘lishgangina 
ayol edi. Mashhur hamqishlog‘imiz universitetda kafedra mudiri bo‘lib ishlardi, falsafadan lektsiya 
o‘qib turar, xizmat qiladigan yeri akademiya bo‘lib, tez-tez chet ellarga borib-kelib turardi. Opaning 
bemalol o‘tirib, men bilan to‘yib suhbatlashishga vaqti bo‘lmay yurardi. Lekin har gal goh majlisda, 
goh to‘satdan ko‘chada uchrashib qolganimizda ovuldagilarning omon-esonligini so‘rar, asarlarim 
to‘g‘risida qisqacha bo‘lsa ham biron fikr aytmay qo‘ymasdi. Men bu kishining kamtarligiga, 
odamoxunligiga qoyil qolib, bir kuni o‘ziga dangal aytdim: 
– Opa, ovulga borib, el-yurt bilan ko‘rishib kelsangiz bo‘lardi. Ovuldagilarning hammasi 
nomingizni sirtdan tilga olib, faxrlanib yurishadi, lekin ko‘pchilik sizni tanimaydi. Atoqli olima 
qizimiz ovulimizdan yotsiraydi, bizlarni tanigisi kelmaydi, deydiganlar ham yo‘q emas... 
– Gapingiz to‘g‘ri, ukam, - deb Oltinoy Sulaymonova xo‘rsinnb qo‘ydi, – borishga o‘zim ham 
ko‘pdan intizorman. Bormaganimga ham talay vaqt bo‘ldi. Ovulda tug‘ishgan qarindoshlarim yo‘q-ku, 
lekin elingdan yaqin tug‘ishganing bo‘larkanmi?! Albatta boraman, fursat topdim, boraman... O‘zim 
ham yurtimni xo‘p sog‘inganman... 
Akademik Sulaymonova o‘sha kuni kechikibroq keldi. Uning mashinasi kelib to‘xtaganda 
maktabning tantanali majlisini endi ochmoqchi bo‘lib turishgan edi. Majlisdagilarning hammasi duv 
etib chiqib uni kutib olishdi, tanigan-tanimagan hamma – yoshu qari u bilan qo‘l berib ko‘rishgisi 
kelardi. Oltinoy Sulaymonova bunchaligini kutmagan bo‘lsa kerak. Ko‘ngli tog‘day ko‘tarilib, suyunib 
ketganidan nima qilishini bilmay, ikki bukilib odamlarga ta’zim qila-qila borib prezidiumdan o‘rin olib 
o‘tirdi. 
Qancha-qancha tantanali majlislarda bo‘lib izzat-ikrom ko‘rgan Oltinoy Sulaymonova, bu safar 
oddiygina qishloq maktabida hamqishloqlarining ochiq chehra bilan kutib olishganini ko‘rib, hayajoni 
zo‘r kelganidan ko‘z yoshlarini tutolmay qoldi. 
Majlisning oxirida pionerlar uning bo‘yniga qizil galstuk taqib, qo‘liga guldasta tutqazishdi. 
Yangi maktabning faxriy kitobiga uning nomini birinchi qilib yozib qo‘yishdi. O‘quvchilarning 
kontserti va o‘yin-kulgilardan keyin, kechqurun bir to‘da muallimlar, ovul faollari bilan birga 
hammamiz maktab direktorining uyida mehmon bo‘ldik. 
Mehmonda ham Oltinoy Sulaymonovaning kelganiga suyunishib, uni gilam bilan yasatilgan 
to‘rga o‘tqazishib, qo‘llaridan kelgancha izzat-hurmatini bajo keltirishdi. Katta dasturxon atrofida 
o‘tirganlar duv-duv gap bilan ovora. Qadahlar ko‘tarilib, tostlar aytilayotgan edi, bir vaqt qo‘liga bir 
dasta gazeta-jurnal ushlagan bir yigitcha eshikdan kirib keldi-da, mezbonga o‘ntacha telegramma 
cho‘zib: “Og‘ay, qo‘l qo‘yib beringiz”, - deb iltimos qildi. Ilgarigi o‘quvchilardan kelgan tabrik 


Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa) 

Yüklə 183,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin