Microsoft Word chingiz aytmatov birinchi muallim lotin ziyouz com doc



Yüklə 183,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/30
tarix13.02.2023
ölçüsü183,21 Kb.
#84129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
chingiz aytmatov birinchi muallim qissa

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
– Bizlar o‘zi kimmiz, kambag‘allarmiz, - deb endi Duyshen muloyimlik bilan gap boshladi.– 
Bizni umr bo‘yi xo‘rlab, oyoq osti qilib kelishdi, umrimiz johillikda o‘tdi. Sovet hukumati endi 
bizlarga ko‘zi ochilsin, xat-savodi chiqsin deyapti. Buning uchun bolalarni o‘qitishimiz kerak... 
Duyshen javob kutganday jim turgan edi, haligi, sen qayoqdan mulla bo‘lib qolding, deb so‘ragan 
yirtiq po‘stinlik odam insofga kelganday: 
– Ha, mayli, juda bola o‘qitging kelib qolgan bo‘lsa, o‘qitaver, bizga nima...- deb qo‘ydi. 
– Lekin sizlardan iltimosim bor, - dedi Duyshen,– menga yordam beringlar. Anuv tepadagi 
boydan qolgan otxonani tuzatsak deyman, ko‘prik solish kerak, maktabga o‘tin kerak bo‘ladi... 
– Shoshmay tur, hoy yigit, - deb Satimqul tajang yana tirs etib bir tupurdi-da, biron narsani 
nishonga olganday, ko‘zlarini qisib turib gap boshladi: 
– Sen, yigitcha deyman, maktab ochaman, deb muncha katta ketmasang? Ustingga kiyishga 
choponing yo‘q, ostingda minishga oting, bir parcha bo‘lsa ham haydab qo‘ygan yering, qo‘rangga 
bog‘lab qo‘ygan bironta moling yo‘q-ku! Sen, nima, ot o‘g‘irlab kun ko‘rmoqchimisan?.. 
– Bir kunim o‘tar. Hukumat menga moyana to‘laydi. 
Boyadan beri qayoqda eding, shundoq demaysanmi?– Satimqul gapni o‘rinlatib, o‘zidan-o‘zi 
rozi bo‘lganday, iljayib egar ustida bir kekkayib qo‘ydi. – Gap bu yoqda ekan, bildik endi. Undog‘ 
bo‘lsa, yigitcha, bilganingni qilib, hukumat moyanasi bilan bolalarni o‘qitaver, hukumatning 
xazinasida nima ko‘p, pul ko‘p. Bizni tinch qo‘y, o‘z tashvishimiz ham boshimizdan oshib yotibdi... 
Satimqul shu gaplarni aytdi-yu, otning boshini burib jo‘nab qoldi. Uning orqasidan boshqalar ham 
tarqab ketishdi. Duyshen qog‘ozni qo‘liga ushlagancha, nima qilishini bilmay anchagacha turib qoldi... 
Men Duyshenga achinib ko‘zimni uzmay qarab qolgan ekanman, yonimda o‘tib borayotgan 
amakim jerkib: 
– Ha, alvasti, sen nima qilib yuribsan bu yerda, tur. Uyga bor! - degan edi, bolalarning orqasidan 
chopib ketdim.– Buni qara, bu tirmizaklar ham yig‘ilishga suquladigan odat chiqarishibdi-ya! 
Ertasiga bir gala qizlar suvga ketayotganimizda yo‘lda Duyshenni ko‘rdik. U ketmon, belkurak, 
bolta ko‘tarib suvdan kechib o‘tib ketdi. Shu-shu har kuni azonda qora shinel kiygan Duyshen yolg‘iz 
o‘zi tepalikka, egasi tashlab ketgan otxonaga chiqib, kechqurun allamahalda ovulga qaytib tushardi. 
Goho orqasiga kattakon bir bog‘ yantoq yoki poxol ortib chiqib ketayotganini ko‘rardik. Uni uzoqdan 
ko‘rganlar uzangiga oyoq tirab, qo‘llarini soyabon qilib: 
– Hoy, anavi tepalikda poxol orqalab ketayotgan Duyshen muallim emasmi! - deb qiziqsinib 
gaplashib ketishardi. 
– Ha, o‘sha! 
– Voy, sho‘ring qursin, muallimlik ham oson emas ekan-ku... 
– Bo‘lmasam-chi! Orqalagan yukini qara, boyning qaroli ham muncha ko‘tarmaydi. 
– Gapga kelganda eh-ha, juda chechan ko‘rinadi! 
– Qo‘lida muhr bosilgan qog‘ozi bor-da, hamma gap shunda... 
Bir kun adirdan tezak terib kelayotganimizda, muallim nima qilib o‘tirgan ekan deb maktab 
tomonga burildik. Bu saroy ilgari bir boyning otxonasi edi. Qish-qirovda qulunlagan biyalarni 
toychoqlari bilan shu yerda boqishardi. Sovet hokimiyati o‘rnatilgandan keyin boy qayoqqadir qochib 
ketdi-yu, shu bilan otxonasi bo‘sh qoldi. Bu yerga hech kim oyoq bosmay qo‘yganidan atrofini o‘t, 
tikanak bosib ketgan edi. Endi qarasak, tikanaklar ildizi bilan sug‘urib olinib bir joyga uyib qo‘yilibdi, 
otxona hovlisi supurib-sidirilibdi. Yomg‘ir yuvib, qulab tushgan devorlari loy bilan shuvalibdi, 
eshikning shalog‘i chiqib osilib qolgan halqasi bir amallab eplashtirib yana qoqib qo‘yilibdi. 
Bir oz dam olmoqchi bo‘lib, bo‘yimiz teng tezak qoplarni yerga qo‘yib turgandik, usti boshiga 
loy chaplangan, yenglari shimarilgan Duyshen uydan chiqib keldi-da, bizni ko‘rib, yuzidagi terlarini 
artib: 
– Ha, yaxshi qizlar, kelinglar. Tezak terib yuribsizlarmi? - dedi. 
Biz uyalganimizdan churq etmay, bir-birimizga qarab, qop tagida o‘tirgan yerimizdan, ha, 


Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa) 

Yüklə 183,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin