www.ziyouz.com kutubxonasi
30
qamrab olganki! Ba’zan o‘ylab o‘tirib, bu niyatimni bunyodga chiqarish qo‘limdan kelmas,
degan
umidsizlik meni yengganday bo‘ladi. Ba’zan bo‘lsa qayoqdan ham taqdir qo‘limga rassom qalamini
tutqazdi, deb yana bir hayajonga tushaman.
Qanday azob, qanday nadomat kunlarga qoldim o‘zim!
Ba’zan bilaklarimga qon to‘lib, o‘zimni shu qadar baquvvat his qilamanki, tog‘ni
talqon qilish
ham hech gap bo‘lmay qoladi menga. Shunday kezlarda: razm sol, o‘rgan, sarasini sarakka chiqar, deb
xayol surib ketaman.
Duyshen bilan Oltinoy qo‘shteragini
suratga sol, axir, sen bu teraklar qissasini bilmasang ham,
yoshligingda senga ozmuncha huzur bag‘ishlaganmi! Oftobda unniqib
ketgan yalang oyoq bolaning
suratini sol. U bola balandga chiqib terak shoxiga o‘tirib, uzoq-uzoqlarga zavq bilan ko‘z tashlab
turibdi.
Yoki
bir surat solib, unga «Birinchi muallim» deb nom qo‘y. Bunda Duyshen bolalarni qo‘liga
ko‘tarib suvdan o‘tkazib turgan bo‘lsinu, qip-qizil pochapo‘stin kiygan, semiz-semiz o‘ynoqi ot
mingan anavi to‘pos odamlar xo‘rlashib, uni mayna qilishayotgan bo‘lsin...
Yo bo‘lmasa muallimning Oltinoyni shaharga kuzatib turganini tasvirla. Oxirgi marta yuragidan
nido chiqarib xayrlashgani esingdami? Shu lahzani shunday
ajoyib suratga tortginki, surating
Oltinoyning qulog‘i tagidan hali ham ketmagan Duyshen nidosi singari
har bir kishining yuragidan
aks-sado topsin.
O‘zimga-o‘zim shunday deyman. O‘zimga-o‘zim ancha gaplarni ma’qullaymanu, lekin hammasi
ham ro‘yobga chiqavermaydi-da... Suratim qanday chiqishiga hozir ham ko‘zim
yetmaydi, lekin bir
narsaga qattiq ahd qilganman: izlanaman.
1962 yil