www.ziyouz.com kutubxonasi
26
atab kelgan odamimning o‘z nomini birinchi marta tilga oldim:
– Duyshen! – deb shivirlab qo‘ydim. – Duyshen, qilgan hamma yaxshiliklaring uchun rahmat!
Esingdan chiqarmabsan, demak, o‘ylab yuribsan... Ofarin, sendek sadoqatli zotga!..
Aravakash bola ko‘z yoshlarimni ko‘rib:
– Nima bo‘ldi sizga, opa! – deb tashvishlanib so‘radi.
– Ha, hech nima! Bu kolxozda biron kishini taniysanmi?
– Bo‘lmasam-chi! Hammalari o‘z odamlarimiz.
– Duyshenni bilasanmi, muallim bor edi-ku?
– Duyshen deysizmi? U armiyaga ketgan-ku. O‘zim uni shu aravada voenkomatga oborib
qo‘ygandim.
Ovulga burilishda boladan, aravangni to‘xtat, deb iltimos qildim, aravadan tushdim. Yerga tushib
o‘ylanib turib qoldim. Shu og‘ir kunlarda tanish qidirib, meni taniysizmi, men falonchi bo‘laman, deb
uyma-uy yurishni o‘zimga ep ko‘rmadim. Duyshen bo‘lsa armiyada ekan. Innaykeyin, kelinoyim bilan
amakim bor joyga qadam bosmaganim bo‘lsin, deb ont ichgandim. Odamzodning ko‘p gunohlarini
kechirish mumkin, lekin bunaqangi yovuzlikni hech kim ham kechirmas, amakim bilan kelinoyimga
qoramni ko‘rsatish niyatim ham yo‘q edi. Yo‘ldan burilib tepalikka – qo‘shterak yoniga qarab ketdim.
Eh, teraklar, jon teraklar! Qancha-qancha suvlar oqib o‘tdi-yu, u mahalda sizlar ko‘m-ko‘k
ko‘chat edingiz! Mana, endi sizlarni ekkan, voyaga yetkazgan odamning hamma orzu-istaklari, aytgan
gaplari ro‘yobga chiqdi. Nega ma’yus ko‘rinasiz, shovullab nimadan qayg‘urasiz? Y
O
qish yaqinlashib
qoldi, izg‘irin shamollar yaproqlarimizni to‘kib yuboradi deb, shuning tashvishini qilyapsizmi? Y
O
bo‘lmasa xalqning g‘am-g‘ussasi, qayg‘u-alami shox-shabbalaringizni zirqiratyaptimi?
Ha, hali izg‘irin qish ham keladi, bebosh bo‘ronlar ham bo‘ladi, lekin bahor ham keladi...
Kuzgi yaproqlaraing shovullashiga uzoq vaqt quloq solib turdim. Teraklar yonidan o‘tgan
ariqlarni kimdir yaqinda tozalab qo‘yibdi: yerda oyoq, ketmon izlari bor. Ariq to‘la limmo-lim tiniq
suv, uzilib tushgan sap-sariq terak barglari suv yuzida qalqib turibdi.
Tepalikdan maktabning bo‘yalgan tunuka tomi ko‘rinib turardi, ilgarigi maktabimizdan nomu
nishon ham qolmabdi.
Tepalikdan tushib, yo‘lda uchragan brichka aravada stantsiyaga qarab ketdim.