Microsoft Word chingiz aytmatov birinchi muallim lotin ziyouz com doc



Yüklə 183,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/30
tarix13.02.2023
ölçüsü183,21 Kb.
#84129
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
chingiz aytmatov birinchi muallim qissa

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
yog‘ochday, qovoqlari soliq, unniqib qop-qorayib ketgan bir xotin o‘tiribdi. To‘rga qarasam, oh, qani 
endi ko‘zimning o‘qi bo‘lsa-yu... 
– Hey, xotin, turg‘iz o‘rnidan anuvni! – deb amr qildi yuzi qizil semiz odam. Qora xotin yonimga 
kelib, yog‘ochday dag‘al qo‘llari bilan yelkamdan silkitib qo‘ydi. 
– To‘qolingni bir amallab ko‘ndir, bo‘lmasa, bari bir, o‘z bilganimni qilaman!.. 
Shunday dedi-yu, anavi odam nusxa o‘tovdan chiqib ketdi. Qora xotin bo‘lsa o‘rnidan 
qo‘zg‘almadi ham, og‘zidan gap ham chiqmadi. Soqovmikin! Uning kul singari bo‘zargan sovuq 
ko‘zlarida hech qanday jon yo‘q. Kuchuk bolaligidan miyasiga urilaverib ko‘kmiya bo‘lib qolgan 
itning termilgan ko‘zlariga o‘xshaydi. Yer ustidamanmi, qorong‘i go‘rga tushib ketganmanmi, o‘lik-
tirikligimni bilmay o‘tiraverdim. Soyda oqqan suv mungli sharillab holimga achinganday, toshdan 
toshga urilib betoqat bo‘layotganday... 
Ming la’nat senday ichi qora dog‘uli kelinoyiga! Iloyim, uvolimga qolgin, qarg‘ishim boshingga 
yetsin. To‘kilgan ko‘z yoshlarim, tanimdan oqqan qonlarim sel bo‘lib seni o‘z qa’riga tortsaydi!
Shu kecha meni o‘n besh yoshimda qizligimdan judo qildilar... Meni zo‘rlab xotin qilgan shu 
hayvonning bolalaridan ham yosh ekanman... 
Ikki kun o‘tib, uchinchi tunda bu kunimdan o‘lganim yaxshi, mayli, o‘ligim cho‘l-biyobonlarda 
qola qolsin, quvib yetishsa o‘qituvchim Duyshen singari jonim boricha olishib o‘lganim yaxshi, degan 
o‘y bilan qochmoqchi bo‘ldim. 
O‘tov ichi qop-qorong‘i, sekin yurib borib eshikni topdim, qo‘lim bilan paypaslab qarasam, 
eshikni jun arqon bilan tang‘ib bog‘lab qo‘yishibdi, hadeganda qorong‘ida arqon tugunlarini yechib 
eshikni ochish oson emas. Shundan keyin o‘tov keragasini ko‘tarib, ostidan sug‘urilib biron iloj qilib 
chiqib ketmoqchi bo‘ldim. Bor kuchimni ishga solib urinsam ham, butun harakatim bekor ketdi – 
o‘tovni tashqaridan ham arqon bilan yerga tortib qattiq bog‘lab qo‘yishgan ekan, qo‘zg‘atib bo‘lmadi. 
Biron o‘tkir narsa topib eshik iplarini qirqishdan boshqa iloj qolmadi. Qorong‘ida paypaslab-
paypaslab bilakdek yog‘och qoziqdan boshqa hech narsa topmadim. Jon achchig‘ida shu qoziq bilan 
o‘tov tagini kovlay boshladim. Miyamda faqat birgina fikr aylanib yuradi – yo bu yerdan qochib 
qutulaman yoki bo‘lmasa bu kunimdan o‘lganim yaxshi, anavining xurragi, pishillashini eshitmasam 
bo‘lgani, iloyim yo‘lim oson bo‘lsin, ajalim yetgan bo‘lsa, mayli, bu qafasdan qutulib, muallimim 
Duyshenday o‘z erkim uchun jonim bo‘g‘zimdan chiqquncha olishib o‘la qolay! 
To‘qol nima degan odam bo‘ldi! Bir umr yorug‘ dunyoni ko‘rmagan sho‘rli to‘qol... Ham jismi, 
ham qalbi qul ikkinchi xotindan ham yomon xo‘rlikka giriftor bo‘lgan odam zoti bormi bu dunyoda!.. 
Jonim boricha yerni tirnab qaziy berdim. Keraganing tagidan ikki qo‘l sig‘adigan teshik 
ochilganda tong otib, nazarimda, ovul uyg‘onganga o‘xshadi. Eshikda itlar vovillab, odamlarning 
ovozi eshitilib qoldi. Bir ozdan keyin yilqilar dupurlab, qo‘ylar yo‘talishib o‘tdi-da, o‘tovning yoniga 
kimdir kelib, arqonlarni yechib, o‘tov tepasidan kigizlarni tushira boshladi. Qarasam, indamas 
«kundoshim» qora xotin. Demak, ko‘ch-ko‘ch bo‘layotgan ekan. Bugun azonda bu yerdan qo‘zg‘alib, 
dovon oshib boshqa qo‘nishga ko‘chib ketmoqchi bo‘lib gaplashayotganlari kecha qulog‘imga bir 
chalinganday bo‘lgandi. Sho‘rim qurib, qochishim yana besh battar qiyin bo‘lar ekan-da... 
Keraganing ostini kovlagan joyimdan hech qimirlamay yerga qarab o‘tiraverdim. Yashirib ham 
nima qilardim... Baribir, o‘tov tagi kovlanganini qora xotin ko‘rdi-ku, ko‘rsa ham, hech e’tibor 
bermay, indamay o‘z ishini qilaverdi. Bu dunyosining unga hech daxli yo‘g‘u, hayotning g‘avg‘osi 
uning his-tuyg‘ulariga aslo taqilmaydiganday, o‘zi bilan o‘zi ovora, to‘rda boshini ko‘rpaga burkab 
ayiqqa o‘xshab yotgan xo‘jayinini, hoy turing ko‘chib ketyapmiz, deb uyg‘otishni ham o‘ziga lozim 
ko‘rmadi. 
Hamma o‘tov kigizlari yig‘ishtirib olingan edi, yap-yalang‘och bo‘ldi-qoldi, men bo‘lsam hamon 
qafasga tushgan qushday o‘tiribman, soyning naryog‘ida odamlar tuyalarga yuk ortib, to‘s-to‘polon 
bo‘lishib ko‘chish taraddudini ko‘rishyapti. Bir mahal soydan uchta otliq chiqib kelib, haligilardan 
nimanidir so‘roqlashdi-da, biz tomonga yo‘l olishdi. Avvaliga bular ko‘ch ko‘chirgani kelishgan bo‘lsa 


Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa) 

Yüklə 183,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin