Microsoft Word chingiz aytmatov birinchi muallim lotin ziyouz com doc



Yüklə 183,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/30
tarix13.02.2023
ölçüsü183,21 Kb.
#84129
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
chingiz aytmatov birinchi muallim qissa

www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
gaplari ekan-da, deb ko‘nglim o‘rniga tushdi. 
Shu voqeadan bir oz o‘tgach, biznikiga bir ish bilan Sayqal buvi kirib keldi. Hovlida yurganimda 
uning: «Voy, bu nimasi! Uvoliga qolishdan qo‘rqmaysanmi?» - deb ko‘ngli buzilib gapirganini eshitib 
qoldim. 
Kolinoyim bilan Sayqal buvi ikkalasi qattiq aytishib qolishdi, bir mahal Sayqal buvi qizarib-
bo‘zarib uydan chiqib ketdi. Kampir ham rahmi kelib, ham o‘qrayib menga qaradi-yu, indamay chiqib 
ketdi. 
Ko‘nglim g‘alati bo‘lib qoldi. Nega menga o‘qrayib qaradiykin, nima yomonlik qiluvdim? 
Ertasi kuni maktabga borsam, Duyshenning avzoyi buzuq ko‘rindi, sirini boy bermaslikka harakat 
qilmoqchi bo‘ladi-yu, lekin nimadandir xafa. Yana razm solib tursam, men tomonga qaramaslik 
payidan bo‘ladi. Darsdan keyin biz hammamiz gala-gala bo‘lib maktabdan chiqqan edik, Duyshen 
meni chaqirib qoldi: 
– To‘xta, Oltinoy, – deb yonimga keldi-da, ko‘zimga tikilib turib qo‘lini yelkamga qo‘ydi. – 
Uyingga borma, Oltinoy, gapimga tushundingmi? – dedi. Yuragim shuv etib ketdi. Kelinoyimning 
ko‘nglidagi iiyatini endi tushundim. 
– Javobini men o‘zim beraman, – dedi Duyshen, – hozircha biznikida turasan, ko‘zimdan uzoqqa 
ketmagin, xo‘pmi? 
Rangim o‘chib ketgan bo‘lsa kerak, Duyshen iyagimdan ko‘tarib, ko‘zimga tik boqdi: 
– Qo‘rqma, Oltinoy! – dedi, u odaticha kulib qo‘yib, – men yoningda bo‘lganimda hech kimdan 
qo‘rqma. O‘qishingdan qolma, hech nimani xayolingga keltirma!.. Qo‘rqoqligingni o‘zim ham 
bilamanku-ya...– deb esiga bir narsa tushgandan xoxolab kulib yubordi. – Senga anchadan buyon bir 
narsani aytmoqchi bo‘lib yuruvdim. Esingdami, ho‘ o‘shanda Qartangboy ota, azonda turib olib 
qayoqqadir chiqib ketgan edi. Bir vaqt qarasam, senga dam soldiraman deb, bilasanmi kimni – 
folbinni, haligi Jaynaqning kampirini boshlab kelibdi. – Nimaga olib keldingiz, desam: – Bir dam solib 
qo‘ysin, Oltinoyning yuragi qo‘rqqanidan joyidan ko‘chib qolibdi debdi. – E, bu alvastini jo‘nating, 
bunga beradigan qo‘y qani biz kambag‘alda. Y
OLG

IZ 
otni bo‘lsa bo‘rilar yeb ketdi, deb quvib 
yubordim. Sen uxlab yotgan eding, kavushini qo‘liga berib chiqarib yuboruvdim, meni oppoq soqolim 
bilan uyatga qoldirding, deb Qartangboy ota bir haftagacha men bilan gaplashmay yurdi. Nimasini 
aytasan, kampir ikkovlari mehribon, ajoyib odamlar. Yur endi, Oltinoy, uyga ketamiz, – deb Duyshen 
meni o‘zi bilan olib ketdi. 
Muallimimni bekorga xafa qilmaslik uchun o‘zimni har qancha qo‘lga olishga harakat qilsam 
ham, hadeb meni vahima bosaverdi. Kelinoyim kelib ura-ura oldiga solib olib ketsa, kim nima deya 
olardi? Keyin ko‘ngillariga kelgan ishni qilishaveradi, ovulda kim ularning qo‘lini tutardi? Kechalari 
mijja qoqmay, bir falokat boshlanadi, deb vahima qilib chiqardim. 
Qay holatda yotib-turganimni Duyshen, albatta, bilardi. Yurak chigalimni yozib, ko‘nglimni 
ko‘tarish uchun ertasi kuni maktabga ikkita terak ko‘chat olib keldi. O‘qish tamom bo‘lgandan keyin, 
Duyshen qo‘limdan ushlab, bir chekkaga olib borib: 
– Hozir ikkalamiz bir ish qilamiz, – dedi-da, menga sirli jilmayib qo‘ydi. – Mana bu teraklarni 
senga atab olib keldim. Ikkalamiz ekamiz, bular katta bo‘lib, baquvvat tortguncha, sen ham voyaga 
yetib, ajoyib odam bo‘lib, gulday ochilasan. Qalbi pok, zehni o‘tkir qizsan, nazarimda, o‘qisang 
martabang baland bo‘ladi. Bunga imonim komil, meni aytdi deyarsan, peshonang ham nishona berib 
turibdi. Hozir novdaday, shu terak ko‘chatlariday navqironsan. Kel, Oltinoy, shu ko‘chatlarni o‘z 
qo‘limiz bilan o‘tqazaylik! Baxting o‘qishdan ochilsin, chaqnagan ko‘zingdan aylanay... 
Bo‘yim tengi yosh-yosh ko‘k teraklar ekan. Maktabimizdan sal nariroqda ekib qo‘ygan edik, tog‘ 
etagidan esgan shabada endigina yozilgan yaproqchalarni silab jon kirgizganday bo‘ldi. Yaproqchalar 
zirillab, terakchalar tebranib qo‘ydi. 
– Mana ko‘rdingmi? Bir chiroyliki! - dedi Duyshen orqasiga tisarilib borib, – endi huv katta 
buloqdan ariq ochib kelamiz. Hali ko‘rasan, biram sarvqomat bo‘lib voyaga yetishsinki! Shu tepalikda 


Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa) 

Yüklə 183,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin