23
4. Hasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. – Toshkent:
Ilm ziyo, 2006.
5. Qayumova N.M. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: TDPU nashriyoti,
2013.
6. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. – Toshkent, 1997.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIGA QISQA MUDDATLI
GURUHLARDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH
Tayanch so‘zlar: mashg‘ulotlar, tarbiyachi, bolalar, qisqa muddatli
guruhlar, kunning birinchi va ikkinchi yarmi, mashg‘ulot turlari, ta’lim-tarbiya.
Qisqa muddatli guruhlarda bolalarni maktabga tayyorlashni
rejalashtirish. Rejalashtirish – bu zarur shart-sharoit, foydalanilayotgan vosita,
shakl va uslublarni ko‘rsatgan holda, ta’lim-tarbiya
ishini amalga oshirishning
tartibi va ketma-ketligini oldindan belgilash jarayoni. Umuman, ta’lim-tarbiya
ishining samaradorligi rejalashtirish qay darajada pishiq-puxta o‘ylangani va
amalga oshirilgani bilan belgilanadi.
Rejalashtirish pedagogik vaziyat rivojida noaniq holatlarning kamayishi bilan
bir qatorda, pedagogning bugungi va ertangi faoliyatida uzviylikni ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya ishini rejalashtirish pedagogning bolalar jamoasi va ota-onalar
hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat doirasidagi maqsad va
vazifalarni anglash, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar
hayotini qiziqarli va
foydali bo‘lishini ta’minlash istagiga asoslangan.
Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy tayyorgarligi,
tajribasi, o‘z faoliyati natijalarini ko‘rib, tahlil eta
olishi hamda MTTdagi shart-
sharoit e’tiborga olinishi zarur.
Dostları ilə paylaş: