Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Istiqbol reja – bolalar bilan ishlashda asosiy hujjat hisoblanib, u bolalar 
faoliyatining barcha turlarini va ularga xos kundalik ish shakllarini rejalashtirishni 
talab etadi. Mazkur hujjatsiz tarbiyachining ish boshlashi tavsiya etilmaydi. 
O‘zini tutish madaniyati va ma’naviy fazilatlar bolalar bilan olib boriladigan 
tarbiyaviy jarayon mobaynida (maishiy hayotda, o‘yin, mehnat, mashg‘ulot 
jarayonida) shakllantirilishi sababli, u alohida bo‘lim tarzida rejalashtirilmaydi. 
Shuning uchun talabning murakkablashib borishini ko‘zda tutgan holda, pedagogik 
uslub va vositalarga tayanib, istiqbolli rejalashtirishni joriy etish maqsadga 
muvofiqdir.
Istiqbolli mavzu rejasi bir oyga tuzilib, quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga 
oladi:
1.Ta`limiy faoliyat paytida ta’lim berish. 


24 
2.Bolalar bilan individual ish (ta`limiy faoliyatlardan keyin). 
3.Ota-onalar bilan ishlash. 
Rejada guruh bolalarining ro‘yxati, adabiyotlar ro‘yxati, ish kuni 
davomida bolalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mashg‘ulotlar jadvali kiritiladi.  
Kundalik reja 1-2 haftaga mo‘ljallab tuziladi. U reja-konspekt shaklida 
yozilib, unda butun ish kuni davomidagi faoliyat batafsil yoritiladi:
ertalab (bolalar bilan individual ishlash, madaniy-gigiyenik va o‘z-o‘ziga 
xizmat ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ish, didaktik o‘yinlar o‘tkazish va 
boshq.), mashg‘ulotlar davomida (uning turi, mavzusi, maqsadi, kerakli jihozi, 
mashg‘ulotning borishi), sayr paytida (kuzatish, mehnat, harakatli o‘yinlar, o‘yin 
faoliyati, yakka ishlash, bolalarning uyga ketishi). 
Pedagog reja shaklini mustaqil tanlashi mumkin. Shunga qaramasdan, MTT 
pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja yozishning yagona shaklidan 
foydalanish tavsiya etiladi. 
Istiqbolga mo‘ljallangan mavzular rejasi quyidagilarni nazarda tutadi
1. Bolalar asosiy faoliyat turlarining o‘zaro bog‘liqligini (o‘yin, mehnat, 
ta’lim va h). 
2. Bir oyga mo‘ljallangan vazifalarning ketma-ketlik va muntazamlilik 
tamoyilining amalga oshirilishini. 
3. Muayyan yosh guruhiga doir dasturning barcha bo‘limlaridagi 
vazifalarning o‘zaro bog‘liqligini.
4. Bevosita ta`limiy faoliyat, o‘yin, mehnat faoliyatidan keyin ayrim bolalar 
bilan individual ishlashning tizimliylik asosida olib borilishini. 
5. Kuzatuvlarni bir kun oldin yoki shu kuni rejada qayd etishni. 
Rejani bunday tarzda yozish turini qo‘llaganda yakuniy ta`limiy faoliyat, 
suhbat, ekskursiyalar, kompleks faoliyatlarning kuni belgilanib olinishi zarur. 
Bunday rejalashtirish pedagogning kuchi va vaqtini tejash bilan birga, bolalar bilan 
ta’lim-tarbiya ishlarining yaxlit manzarasini ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Bu o‘z 
navbatida bir yilga mavzular bo‘yicha rejalashtirish, ta’lim sohalarini o‘zaro 
uyg‘unlashtirish, loyihalarni va bolalarning sinov-tadqiqot faoliyatini amalga 
oshirish hamda integral ishlash tamoyilini joriy etishda katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin