Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə38/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

O‘ttizinchi majlis



TAVBA QABUL QILINISHINING BAYONI
Alloh taolo aytadi:
∩∈⊃∪ ΟÞŠÏ9{F$# Ü>#x‹èyø9$# θuèδ ’Î1#x‹tã β¨&ruρ ∩⊆®∪ ΟÞŠmϧ 9#$‘âθà tżø9#$$Ρt&r’þΤoÎr& “üŠÏ$t6Ïã ø⋅
"(Ey Muhammad), bandalarimga yolg‘iz Mening O‘zimgina mag‘firatli, mehribon ekanimni va Mening azobim eng alamli azobligini xabar qiling" (Hijr surasi, 49–50-oyat).

Bu oyatning nozil bo‘lish sababi quyidagicha: Kunlardan bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sahobalarning oldiga chiqdilar. Ular shu vaqtda o‘zaro kulib turishardi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Hali oldinda do‘zax bo‘laturib xotirjam kulasizlarmi?" dedilar. Shunda Jabroil (a.s.) kelib: "Rabbingiz sizga, "Ey Muhammad, bandalarimni noumid qilmang. Albatta, Men ularning gunohlarini kechiruvchi va ularga rahmlidirman", demoqda", dedilar ("Uyun").

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Sizlarga baxillarning baxilrog‘i kim ekanini aytaymi? U men zikr qilinsamu, u menga salovot aytmagan kimsadir".

Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Agar mo‘min kimsa Allohning huzuridagi nechog‘lik azob va uqubatlar borligini bilsa, Allohning jannatidan umid qilmas, tinmay o‘sha azob- uqubatlardan panoh tilagan bo‘lardi". Bu yerda mo‘min Allohning rahmatidan ko‘p umid qilib, azobidan xotirjam bo‘lib qolmasligi va Allohning azobi qattiqligi uqtirilmoqda. "Agar kofir kimsa ham oxiratda Allohning rahmati nimaligini bilgani edi, Uning huzuridagi jannatdan umid uzmagan bo‘lardi". Bu yerda umrining aksariyatini kufrda o‘tkazgan kofir, iymondan umid uzmasligi uchun, Allohning rahmati beqiyos, benihoya ekanligi uqtirilmoqda. Banda doimo Allohning azobidan xavfda tursin va rahmatidan umid qilguvchi bo‘lsin. Chunki xavf va umid mo‘min uchun ikki qanot kabidir. Bular bilan u Allohdan umid qilgan narsasiga yetadi. Azobidan esa, omonda bo‘ladi.

Luqmoni Hakim farzandlariga aytdilarki: "Ey o‘g‘ilcham, Allohning makridan xotirjam bo‘lmaydigan darajada Allohdan umid qilgin va Allohning rahmatidan noumid bo‘lmaydigan darajada Allohdan qo‘rqqin".

Abu Lays Samarqandiy aytganlarki: "Xavfning, ya’ni Allohdan qo‘rqishning alomati sakkizta narsada namoyon bo‘ladi: Birinchisi tilda, ya’ni, til yolg‘ondan, g‘iybatdan va bekorchi gaplardan tiyiladi va Allohni zikr qilish, Qur’on tilovati va ilmiy muzokaralar bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ikkinchisi qorinda, ya’ni, qorniga harom kiritmaydi, haloldan ham ozgina, hojati miqdoricha yeydi. Uchinchisi ko‘zda, ya’ni, haromga boqmaydi, dunyoga rag‘bat ko‘zi bilan emas, balki ibrat nuqtai nazari bilan qaraydi. To‘rtinchisi qo‘lda, ya’ni, qo‘lini haromga cho‘zmaydi, faqatgina toat-ibodat yo‘lida cho‘zadi. Beshinchisi oyoqda, ya’ni, oyog‘i Allohga osiy bo‘ladigan joylarga yurmaydi, faqatgina toat-ibodat yo‘lida yuradi. Oltinchisi qalbda, ya’ni, qalbidan gina-adovat, birovni yomon ko‘rish, birodarlariga, tanishu notanishga hasad qilishni chiqarib tashlaydi, musulmonlarga nasihatni, shafqat qilishni kiritadi. Yettinchisi Allohga toat-ibodat qilish yo‘lida ham xavfda bo‘lish. Ya’ni, ibodatni xolis Alloh rizosi uchun qilish, riyodan qo‘rqish. Sakkizinchisi quloqda, ya’ni, haqdan, savobli gap-so‘zlardan o‘zgasini eshitmaslikdadir".

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Bir kishi do‘zaxga hukm qilindi. Yo‘lning uchdan biriga yetganida, orqasiga bir qaradi. Yo‘lning yarmiga yetganda yana bir qaradi. Yo‘lning uchdan ikkisiga yetganda yana qaradi. Alloh: "Uni qaytaringlar", dedi. So‘ng undan so‘radi: "Nega qarading?" U: "Ey Rabbim! Yo‘lning uchdan biriga yetganimda "Albatta, Parvardigoringiz mag‘firatli, mehribon va rahmlidir", deganingni esladim. Ehtimol, meni mag‘firat qilasan, deb umid qildim. Yo‘lning yarmiga yetganimda, "Allohdan o‘zga kim ham gunohlarni kechiradi", deganingni esladim. Ehtimol,
meni mag‘firat qilasan, deya o‘yladim. Yo‘lning uchdan ikkisiga yetganimda esa, "(Ey Muhammad), Mening o‘z jonlariga zulm qilgan bandalarimga: "Allohning rahmatidan noumid bo‘lmangiz!" deb ayting", deganingni esladim. Umidim yana ham ziyoda bo‘ldi", dedi. Shunda Alloh: "Bor, men seni kechirdim", dedi".

Payg‘ambarimiz (alayhissalom) aytdilarki: "Jannat sizlardan har biringizga oyoq kiyimingizning bog‘ichidan ham yaqinroqdir. Do‘zax ham xuddi shunday" ("Sharhul masobih").



Jannat va do‘zax insonga yaqin ekani aytilmoqda hadisda. Chunki ularga kirish insonning amali sababidandir. Amal esa amali solih yoki gunoh ishlardir. Shuni yaxshi bilmoq lozimki, bu yerdagi sabab zohiriy sababdir. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlardan birontangizning amali uni jannatga kirita olmaydi va do‘zaxdan qutqaza olmaydi. Hatto men ham jannatga amalim bilan kirolmayman, lekin Allohning rahmati meni jannatga kirgizadi", deganlar. Bu hadisdan murod amalga e’tiborsizlik qilish emas, balki amal bilan g‘ururlanishdan qaytarishdir. Chunki amal Allohning fazli bilangina tugal bo‘ladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Jabroil (a.s.) hozirgina mening oldimdan chiqdi. U kishi menga aytdilarki: "Ey Muhammad! Sizni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, albatta, Allohning bandalaridan biri dengiz bilan o‘ralgan tog‘ning cho‘qqisida besh yuz yil Allohga ibodat qildi. Alloh uning uchun tog‘ning ostidan shirin buloq chiqardi va har kuni bitta anor beradigan anor daraxtini ko‘kartirib qo‘ydi. U kechasi kelib buloqdan tahorat qilardi va anorni olib yerdi, so‘ng kun bo‘yi namoz o‘qirdi. Allohdan jonini sajdaga turganda olishini va qiyomatgacha jasadi shu holatda turishini so‘radi. Tog‘dan tushganda va toqqa ko‘tarilganda uning oldidan o‘tardik va doimo uni sajda holatida ko‘rardik. Bizga bildirildiki, albatta, u qiyomat kuni tiriladi va Allohning huzuriga keltiriladi. Shunda Alloh taolo: "Bandamni rahmatim bilan jannatga kiritinglar", deydi. U esa: "Ey Rabbim! Men o‘z amalim sababli jannatga kirishimni xohlarman", deydi. Shunda Alloh farishtalariga: "Bu bandamning ibodatini Men bergan ne’matlarga qiyoslanglar", deb buyuradi. Bitta ko‘z ne’mati butun besh yuz yillik ibodatga teng keladi. Qolgan ne’matlarning muqobiliga esa uning ibodati qolmaydi. Shunda Alloh taolo: "Bandamni do‘zaxga kiritinglar", deydi. Uni do‘zaxga sudrab olib ketishadi. Shunda banda: "Ey Rabbim! Meni rahmating bilan jannatga kiritgin", deb nido qiladi. Shunda Alloh: "Uni oldimga qaytaringlar", deydi. Uni Allohning huzuriga keltiradilar. Alloh unga aytadi: "Ey bandam! Seni yo‘qdan kim vujudga keltirdi?" Banda: "Sen, Ey Rabbim", deydi. Alloh: "Bu sening amaling bilan bo‘ldimi yoki rahmatim bilanmi?" deydi. Banda: "Albatta, Sening rahmating bilan", deydi. Alloh: "Kim seni besh yuz yil ibodat qilishga qodir qildi?! Kim seni dengiz o‘rtasidagi toqqa tushirdi?! Kim sen uchun sho‘r dengiz o‘rtasidan shirin suvni chiqardi?! Kim sen uchun har kuni bitta anorni chiqardi?! Vaholanki, anor bir yilda bir marta hosil beradi-ku?! Va kim seni sajda qilgan holingda joningni oldi?!" Banda: "Albatta, Sen, ey Rabbim", deydi. Alloh: "Bularning hammasi Mening rahmatim sabablidir. Ey bandam! Mening rahmatim bilan jannatga kirgin", deydi". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Albatta sizlarning oldilaringizda bir dovon bor. Undan yuklari gunohdan iborat bo‘lgan kimsalar mashaqqat bilan o‘tadilar". Bu dovon o‘limdan keyin bo‘ladigan qabrdagi, mashhardagi qiyinchiliklar, hisob-kitob qilinish, sirot ko‘prigidan o‘tishdir. Bu narsalarning voqe’ bo‘lishiga ishongan odam Allohning amrlariga bo‘ysinish, qaytarganlaridan saqlanish va dunyoga muhabbat qo‘ymaslik bilan o‘z yukini yengillatsin. Chunki dunyoga muhabbat qo‘ymaslik Allohning huzurida darajaning ko‘tarilishiga, savobning ziyoda bo‘lishiga sababdir.

Hazrati Anasdan (r.a.) rivoyat qilingan hadis buning dalilidir: "Bir kuni kambag‘allar Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) elchi yuborishdi. U kelib: "Ey Rasululloh, men sizga yuborilgan faqirlarning elchisiman", dedi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Senga va sen huzuridan kelgan qavmga marhabo. Sen Alloh yaxshi ko‘radigan qavm oldidan kelibsan", dedilar. "Yo Rasululloh, faqirlar: "Boylar yaxshilikda bizdan ancha o‘zib ketishdi", deyishyapti. Chunki ular haj qiladilar, biz bunga qodir emasmiz. Ular sadaqa berishadi, biz bunga ham qodir emasmiz. Ular qul ozod qiladilar, biz bunga qodir emasmiz. Agar kasal bo‘lsalar, mollarining ortiqchasini tarqatadilar". Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Faqirlarga yetkazginki, sizlardan kim savob umid


qilib sabr qilsa, u uchun boylarda bo‘lmagan uchta afzallik bo‘ladi. Birinchi afzallik: jannatda qizil yoqutdan bo‘lgan qasrlar bor. Ularga ahli jannat xuddi bu dunyo ahli yulduzlarga qaragandek qaraydilar. Ularga faqat nabiy, shahid yoki faqir mo‘mingina kiradi. Ikkinchi afzallik: faqirlar jannatga boylardan yarim kun avval kiradilar. U yarim kun besh yuz yilga tengdir. Sulaymon (a.s.) payg‘ambarlardan qirq yil keyin jannatga kiradilar. Bunga Alloh u kishiga ato etgan mulk sabab bo‘ldi. Uchinchisi: gar biror bir faqir "Subhanallohi valhamdu lillah va la-a ilaha illalohu vallohu akbar", desa, boy kimsa o‘n ming dirham infoq qilib ham erisholmaydigan savobga erishadi. Boshqa yaxshi amallarning barchasi ham shunday nisbatda bo‘ladi", dedilar. Elchi qaytib borib ularga xabarni yetkazdi. Ular: "Ey Rabbim! Biz rozimiz", dedilar" ("Tanbehul g‘ofiliyn").

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ey odamlar! Allohga tavba qilinglar. Men o‘zim ham bir kunda yuz marta Allohga tavba qilaman", dedilar. Bu hadisda ummatni Allohga tavba qilishga targ‘ib bordir. Chunki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) darajalari buyuk va gunohlardan mas’um bo‘laturib bir kunda yuz marta tavba qilsalar, amallar sahifasi ketma-ket gunohlar bilan to‘lib borayotgan kimsalar qanday qilib tavbasiz kunni o‘tkazadilar. Buning ustiga gunoh va g‘aflatda bardavom bo‘lgan kimsaning iymoni komil emas, balki uning iymoni noqisdir. Albatta, gunohlarni tark etishlik sabr bilan bo‘ladi. Sabrga esa xavf bilan erishiladi. Xavf esa gunohlarning zarari bilishlik bilan ro‘yobga chiqadi. Gunohlarning zararini buyukligini bilish Alloh va Uning Rasulini tasdiqlash bilan hosil bo‘ladi. Gunohlarni tark qilmay, unda davom etgan kimsa Alloh va Uning Rasulini tasdiqlamagan kimsaga o‘xshab qoladi. Natijada o‘lim vaqtida gunohda bardavomlik iymonsiz ketishiga sabab bo‘ladi. Agar dunyodan iymonsiz ketsa, jahannamga kiradi va unda abadul abad qoladi. Agar iymon bilan ham ketsa, Alloh xohlasa do‘zaxda gunohi miqdorida uni azoblaydi, so‘ng jannatga kiritadi. Chunki, bandaning gunohini Allohdan o‘zga bilmas, maxfiy qolgani sabab, u umumiy avfga kirishi ham mumkin.

Kim Alloh taologa yaqinroq, mahbubroq bo‘lsa, bu dunyoda unga musibatlar ko‘proq, balolar qattiqroq bo‘ladi. Chunki Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): "Insonlardan baloning eng qattiq bo‘ladiganlari payg‘ambarlardir, so‘ng avliyolar, so‘ng bularga o‘xshaganlardir", deganlari. Alloh taolo aytadiki:
#!sŒ)Î⎦t⎪Ï¿!©$# ∩⊇∈∈∪ š⎥⎪θ9É≈¢ę9$# ÌÏe±o0uρ 3ÏN≡ tϑy¨W9$#ρuħ àΡ{F#$ρuΑÉ≡θuøΒ{F$# z⎯iΒÏÈ< ø)tΡuρ íÆθàfø9#$ρuÅ∃öθsiø:$# z⎯ÏiΒ &™ó©y´Î/ Νä3Ρ¯uθè=ö7oΨs9uρ


Νãèδ

šD×ͯ≈9sρ'é&uρ

(π×ϑyômu‘uρ

öΝγÎn/Χ‘

⎯ÏiΒ



ÔN≡θun=|o

ΝöκÍö+n=tæ

y7Í×≈¯9s'ρé&

∩⊇∈∉∪


βtθãèÅ_≡u‘

ϵ‹øs9Î)

!$Ρ¯Î)uρ

!¬ $¯ΡÎ)

(#þθä9$s%

×πt7ŠÅę•Β

Νγß÷ñ;u≈o|r&


∩⊇∈∠∪ tβρ߉ztôγϑßø9#$

"Albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. (Ey Muhammad alayhissalom) biror musibat kelganda: "Albatta, biz Allohning bandalarimiz va albatta, biz u Zotga qaytguvchidirmiz", deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana o‘shalarga Parvardigori tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir. Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir" (Baqara surasi, 155–157-oyatlar).


Qalbingda dunyo ahli qanchalik ulug‘lansa, banda shunchalik Allohning nazaridan qoladi. Kishi ahli dunyoning dunyosiga yetish uchun dinini sarflashdan saqlansin. Kimki dunyo uchun aziz dinini sarflasa, ularning nazarida xor, haqir bo‘ladi.

Alloh taolo qanoat berganlardan boshqa faqirlar o‘liklar kabidir. Qanoat badanning rohati, qalbning salomatligidir. Kimki o‘ziga berilgan rizqqa qanoat qilsa, oxiratda, albatta, najot topadi va bu dunyoda pokiza hayot kechiradi. Allohga tavakkul qilish – Alloh taolo bilan kifoyalanish, Allohdan o‘zgalardan qo‘rquvni va umidni yo‘qotishdir. Hur inson agar tama’ qilsa, quldir. Qul agar qanoat qilsa, hurdir.





Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin