Ü#‹xèy9ø#$ãΝκÍ+SÏ'ùƒttΠöθƒt¨}$Ψ¨9$# ‘Í‹ÉΡ&rρu
öΝà69s⎥š
⎫¨6tSsuρ óΟßγ¡| àΡ&r#(þθϑß=nsß ⎦t⎪¿Ï!©$# Ç⎯6Å
≈¡|tΒ ’ûÎΝözçΨ3sy™uρ
∩⊆⊆∪ „Α#ρu—y⎯ΒiÏΝ6à
9s$Βt≅ãö6%s⎯iΒÏΝñçϑô|¡ø%r& (#þθΡçθà6sS
∩⊆∈∪ Αt$VsΒøF{#$Νã3ä9s$Ψo/ö¸uÑŸuρ óΟγÎ/Î$Ζu=ùèyùsy#‹øZx
"(Ey Muhammad alayhissalom)
odamlarni ogohlantirib qo‘yingki, ularga azob kelar kunda (qiyomatda)
zolim kimsalar: "Parvardigoro, bizlarga ozgina muhlat bergin, (ya’ni, bizlarni dunyoga qaytarib, ozgina hayot bergin, albatta)
Sening da’vatingni qabul qilurmiz va payg‘ambarlaringga ergashurmiz" deydilar. Shunda ularga javob qilinur: "Ilgari (hayot paytlaringizda)
hech qachon zavolga yuz tutmasligingiz (ya’ni, hech qachon o‘lmasligingiz va oxirat jazosiga duchor bo‘lmasligingiz)
haqida qasam ichmagan edinglarmi?! Holbuki sizlar o‘zlaringiz zulm qilgan kimsalarning maskanlariga (ular zavolga yuz tutganlaridan keyin)
joylashgan edingizlar. Ularni qanday (halok)
qilganimiz ham sizlarga aniq ma’lum edi. Biz sizlar uchun (qanchadan-qancha)
misollar keltirgan edik. (Lekin ko‘rgan-bilganlaringizdan ibrat olmadinglar, haq yo‘lga yurmadinglar)
" (Ibrohim surasi, 44–45-oyatlar).
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Odamlar qiyomat kunida uch sinf bo‘lgan holatlarida to‘planadilar: piyodalar sinfi, ulovlilar sinfi, yuzi bilan yuruvchilar sinfi". Aytishdiki: "Yo Rasululloh, yuzlari bilan qanday yuradilar?" Aytdilar: "Ularni oyoqlarida yurgizgan Zot yuzlarida yurgizishga ham qodirdir. Ammo ular har bir tosh va tikondan yuzlari bilan o‘tadilar. Piyodalar – gunohkor musulmonlar. Ulovlilar – peshqadam taqvodor musulmonlar bo‘lib, ularga biror xavf yo‘q va ular aslo mahzun bo‘lmaydilar. Yuzlari bilan yuruvchilar esa kofirlardir. Kofirlar ikki guruhdirlar: biri – pandu nasihatni qabul qilmaydigan, mutakabbir zolim kofirlar. Ular yuzlari bilan yuradilar. Ikkinchisi esa ularga ergashganlar".
Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisi qudsiyda Alloh taolo aytadi: "Ey bandalarim! Albatta, Men o‘zimga va bandalarimga zulmni harom qilganman. Bas, zulm qilmanglar". Hadisning ma’nosi shuki, Alloh zulm qilishdan pok va oliydir.
Jobirdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Zulmdan saqlaninglar, chunki zulm qiyomat kunida qorong‘ulik bo‘ladi. Baxillikdan saqlaninglar, chunki baxillik sizlardan avvalgi kimsalarning qon to‘kishiga, haromlarni halol deyishiga olib borib halok qilgandir", deganlar.
Qozi Iyyoz aytganlarki: "Zulm qiyomat kunida zulm egasiga yo‘l topolmaydigan bir zulmat bo‘ladi". Ba’zilar zulmatdan murod azob-uqubatli qiyinchiliklardir, deyishgan.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Kimki o‘z birodariga zulm qilib qo‘ygan bo‘lsa, dirham va dinor bo‘lmaydigan Kun kelmasidan turib, uni rozi qilib qo‘ysin. Chunki qiyomatda zolimning solih amali, yaxshiliklari bo‘lsa, mazlum o‘ziga qilingan zulmning miqdoriga qarab undan oladi. Agar zolimning yaxshiliklari bo‘lmasa, mazlumning gunohlari unga yuklanadi" (Imom Buxoriy va Termiziy rivoyati).
Abu Lays Samarqandiy aytganlar: "Zulmdan kattaroq gunoh yo‘qdir. Gunoh sen bilan Allohning o‘rtasidagi narsada bo‘lsa, Alloh sendan bu gunohni kechib yuborishi mumkin. Agar gunoh sen bilan
bandalar o‘rtasida bo‘lsa, o‘sha bandalarni rozi qilishdan boshqa iloj yo‘q. Shunday ekan, u holda zolim kishi zulmdan tavba qilishi va mazlumdan esa rozilik olishi lozim. Agar bu dunyoda mazlumdan rozilik so‘rashning iloji bo‘lmasa, uning haqqiga duo qilib, uning uchun istig‘for so‘raydi".
Ahli ma’rifatlarning ba’zilari aytadilarki: "Zulm uch xildir: Alloh xohlasa, kechiradigan zulm, Alloh kechirmaydigan zulm, Alloh unda qozilik qiladigan zulm. Alloh kechiradigan zulm Alloh bilan bandalar o‘rtasidagi zulmdir. Namozni, ro‘zani, hajni, zakotni tark etish, harom ishlarni qilish kabi. Alloh kechirmaydigan zulm shirkdir. Oyatda kelganidek: "Albatta, Alloh O‘ziga sherik qilinmoqni kechirmaydi, bundan boshqasini xohlagan bandasi uchun kechiradi". Bu oyatda gunohi kabirani qilgan kimsa tavbasiz o‘lsa, Alloh xohlasa, kechirib, o‘z karami bilan jannatga kirgizishiga, xohlasa, do‘zaxda azoblab, keyin jannatga kirgizishiga dalil bor. Chunki Alloh taolo shirkdan boshqasini kechirishga va’da bergan. Mushrik esa do‘zaxda abadiy qoladi. Alloh taolo qozilik qiladigan zulmga kelsak, u bandalarga zulm qilishdir. G‘iybat, tuhmat, chaqimchilik, nohaq odam o‘ldirish, molini tortib olish, urish, haqorat qilish va boshqalar".
Ey birodar! Sultonlarning huzuriga borishdan saqlangin, chunki bu zaruratsiz bo‘lsa, ma’siyatdir. Va ularga tavoze’ va ularni ikrom qilishga sabab bo‘ladi. Batahqiq, Alloh ulardan yuz o‘girishga buyurgan: "(Ey, Muhammad!) Bizning zikrimizdan yuz o‘girgan va hayoti dunyodan boshqasini xohlamaydigan kimsalardan yuz o‘giring".
Agar ularning oldiga borishdan maqsad ulardan biror bir narsani talab qilish bo‘lsa, bu narsa haromdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Kimki boyga boyligi uchun tavoze’ qilsa, dinining uchdan biri ketibdi". Bu hadis solih boy haqida, endi zolim boy haqida nima deyish mumkin. Albatta, tavoze’ inson tili, nafsi va qalbidan biri bilan bo‘ladi. Agar tili va nafsi bilan boyga tavoze’ qilsa, dinini uchdan ikkisi ketadi. Agar qalbi bilan e’tiqod qilib, tavoze’ ko‘rsatsa, dinining hammasi ketadi.
Sen: "Alloh taolo g‘afur, rahmli, osiylarning gunohlarini kechiradi", dersan. Bu gap haq, lekin bu gapni aytayotgan kimsa, buning haqiqatini bilmay turib aytsa, ahmoqlardan hisoblanadi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Oqil kamtarin bo‘ladi va o‘limdan keyingi hayot uchun amal qiladi. Ahmoq esa nafsi havosiga, shahvatiga ergashadi. Va hech bir solih amalsiz Allohdan mag‘firat umid qiladi".
Dostları ilə paylaş: