Alloh taolo aytadi:
Dš Ï9≡Œs4Π×ã ãm πîèyt/‘ö&r!$pκ]÷ÏΒ š⇓ö‘{F$#uρ NÏ≡θu≈ϑy¡¡9#$t,=ny{ Πtθötƒ !«$# =É≈tñÅ2 ’ûÎ#\ κöy− ¸u³|ãt$ΨoøO$# !«#$‰yΖãÏÍ‘θκ嶒9#$nãÏβ¨)Î
şytΒ ©!$# β¨r& (#þθϑß=næ÷#$uρ 4πZù©$!2Ÿ
öΝ3äΡtθ=èzÏ≈)sƒã$yϑŸ2 Zπù©!hxZ š⎥⎫2Å
¸Î³ôßϑø9$# #(θ=èzÏ≈s%uρ 4öΝà6|¡à Ρr& ⎯£κÍ+ùÏ#(θϑß=ÎàôSsŸξsù 4ΝãŠhÍ)s9ø#$⎦ß⎪$eÏ!#$
∩⊂∉∪ ⎦t⎫)Éz−Κã9ø#$
"Albatta, Allohning nazdida, oylarning sanog‘i Alloh osmonlar va yerni yaratgan kunida belgilab qo‘yganidek, o‘n ikki oydir. Ulardan to‘rttasi urush harom qilingan (oylar) dir. Mana shu haq dindir (ya’ni, haq hukmdir) . Bas, u oylarda (urushni halol deb jangga kirib) o‘zlaringizga zulm qilmangiz! Barcha mushriklar (bu hukmga qaramay) sizlarga qarshi jang qilgani kabi (birinchi bo‘lib jang boshlasalar) , sizlar ham barchangiz ularga qarshi jang qilingiz! Va bilingizki, Alloh taqvodorlar bilan birgadir" (Tavba surasi, 36-oyat).
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Me’roj kechasida bir daryo ko‘rdim, suvi asaldan shirin, mushku anbardan xushbo‘yroq edi. Jabroilga (a.s.): "Bu kim uchun?" deb so‘radim. "Sizga rajab oyida salovot aytgan kishilar uchundir", dedi".
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Parvardigoringizga ibodat qilinglar, gunohlaringizni mag‘firat etishini so‘ranglar va haromdan, ma’siyat ishlardan saqlaninglar! Bu oy rajab oyidir. Toat- ibodatlarning savobi bu oyda ziyoda qilingandir. Chunki bir dona yaxshiliklarga boshqa oylarda o‘n barobar qilib savob yoziladi. Alloh taolo: "Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar ajr berilur", degan. Rajab oyida esa yetmish barobar berilur, sha’bonda yetti yuz barobar, ramazonda ming barobar qilib savob bitilur". Bu faqatgina shu ummatga – Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) ummatlariga xosdir" ("Xazinatul ulamo").
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Agar sizlar o‘lim vaqtida chanqoqlik his qilmay rohatda bo‘lishni, iymon bilan dunyodan ketishni va shaytondan najot topishni istasanglar, bu oylarda ko‘proq ro‘za tutinglar va o‘tgan gunohlarga nadomat chekish bilan bu muborak oyning hurmatini ado qilinglar. Barcha jonlining Yaratguvchisini ko‘p-ko‘p zikr etinglar, shunda Rabbingizning jannatiga salomatlik bilan kirursizlar".
Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Muoz ibn Jabalga (r.a.) yo‘liqib so‘radim: "Ey Muoz! Qaerdan kelyapsan?" U: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlaridan", deb aytdi. Men undan: "Nimalar eshitding?" deb so‘radim. U: "Nabiyning: "Kim Allohdan o‘zga iloh yo‘q, desa va buni ixlos bilan aytsa, albatta jannatga kiradi. Va yana kimki rajab oyida Alloh taoloning roziligini istab, bir kun ro‘za tutsa, albatta, jannatga kiradi, deganlarini eshitdim", dedi. So‘ng Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga bordim va: "Ey Allohning Rasuli! Muozdan eshitdim, siz shundoq- shundoq debsiz", dedim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Muoz to‘g‘ri aytibdi", dedilar" ("Zuhratur riyoz").
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) "Hajjatul vado’"da qurbonlik kunida xutbalari orasida aytdilar: "Ogoh bo‘lingiz! Zamon Alloh taolo osmon va yerni yaratgan kundan buyon o‘tyapti. Bir yil o‘n ikki oydan iboratdir, ulardan to‘rttasi harom oylardir, uchtasi – zulqa’da, zulhijja, muharram ketma-ket keladi. Rajab esa, jumadul oxir va sha’bon oyining orasidagi oydir. Oylar o‘z holiga qaytdi va haj qilish zulhijja oyidadir. Yil Alloh osmonlar va yerni yaratgan kunda ixtiyor qilgan hisobning asliga qaytdi va haj qilish ham. Johiliyat ahllari uni o‘zgartirganlaridan keyin, nihoyat, yana o‘z o‘rniga
qaytdi. Alloh taolo o‘z Kitobida shunday zikr qilgan: "Shak-shubhasiz (harom oylarni) ortga surish ortiq darajadagi kofirlikdir..." Bu oyatning tafsirida aytilganki, bir oyni harom oy qilish uni boshqa oyning o‘rniga kechiktirishdir. Chunki arablar johiliyatda harom oylarni ulug‘lashar edi. Ular Ibrohim va Ismoildan (a.s.) meros o‘laroq bu oylarda jang qilishni harom deb bilar edilar. Keyinchalik "ortga surishni" paydo qilib olishib, harom oylarning o‘rnini o‘zgartirishdi. Bunga sabab ular jangari odamlar edi. Urushib turganlarida harom oyi kelsa, jangni to‘xtatish qiyin bo‘lar edi. So‘ng harom oyni halol, halol oyni harom qilishardi. Harom oylarni orqaga surish ortiq darajadagi kufrdir, chunki kofir odam ma’siyat qilgan sari kufri ziyoda bo‘laveradi. Xuddi mo‘min bir toat qilsa, iymon jihatdan ziyoda bo‘lgani kabi ("Kashshof").
Tovusdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Biror bir oyni, biror bir kunni bayram qilib olmanglar".
Bu gapning asli shuki, musulmonlar biror bir vaqtni bayram qilib olishlari joiz emas. Faqatgina shariat keltirgan kunlarni bayram qilishlari joiz bo‘ladi. Bu bayramlar hafta ichida juma kuni, yil ichida Fitr kuni, Qurbon hayiti va tashriq kunlaridir".
Bu bayramlardan boshqa bir kunni bayram deb nishonlash Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) shariatlarida asli yo‘q, bid’at ishdir. Islom kelib davriy va makoniy bayramlarni botil qildi. Davriy bayramlar o‘rniga ramazon va qurbon hayitlarini hamda undan keyingi tashriq kunlarini belgilab qo‘ydi. Mushriklarning makoniy bayramlari o‘rniga Ka’bani, Arafotni, Mino va Muzdalifani bayram qilishga buyurdi. Bu bayram va bu makonlarning o‘ziga xosligi shundaki, bu kunlarda Allohga yaqinlik hosil qilishga sabab bo‘ladigan toat va ibodatlar bordir. Bu oyda ro‘za tutish haqida bir necha hadislar rivoyat qilingan. Imom Bayhaqiy "Shu’abul iymon" bobida Hazrati Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Jannatda bir daryo bor, uni Rajab deyiladi. Sutdan oppoq, asaldan shirinroqdir. Kim rajab oyida bir kun ro‘za tutsa, Alloh uni o‘sha daryodan suv ichirur".
Bu oyning ba’zi kunlarida ro‘za tutish yoki hammasida ro‘za tutish haqida Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) sahih darajasida hadislar kelmagan. Sahobalardan ham naql yo‘q. Umumiy o‘laroq harom oylarda nafl ro‘za tutish haqida ko‘pgina hadislar rivoyat qilingan. Rajab oyi esa mana shu muborak oylarning biri, demak, bu oyda nafl ro‘za tutishdan qaytarmaslik lozim.
Abu Qiloba (r.a.) aytadilar: "Jannatda rajab oyida ro‘za tutuvchilarga qasr bor". Bayhaqiy aytganlarki, albatta, Abu Qiloba katta tobe’inlardan biridirlar, bu zot Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) hadis eshitgan zotlardan naql qiladilar.
Ibn Abbos (r.a.), rajab oyining hammasida ro‘zador bo‘lish makruh, deganlar. Imom Ahmad ham makruh deganlar. Imom Movardiy "Al-Iqno’"da "Rajab va sha’bon oylarida ro‘za tutish mustahab", deganlar ("Majolis Rumiy").
Abu Bakr (r.a.) aytadilar: "Rajab oyining avvalgi juma kechasining uchdan biri o‘tganda, osmonu yerda maloikalar qolmaydi, Ka’baga jamlanadilar". Alloh ularga: "Ey farishtalarim! Xohlagan narsalaringizni so‘ranglar", deydi. Ular: "Ey Rabbimiz! Bizning hojatimiz rajab oyida ro‘za tutgan bandalaringni mag‘firat qilmog‘ingdir", deyishadi. Alloh taolo: "Men ularning gunohlarini mag‘firat qildim", deydi".
Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qiyomat kunida hamma insonlar och va chanqoq bo‘ladilar, faqatgina anbiyolar va ularning ahllari, rajab, sha’bon va ramazon oyida ro‘za tutguvchilar bundan mustasnodirlar. Ular uchun bu Kunda ochlik ham, chanqoqlik ham bo‘lmaydi" ("Zubdatul vo’izin").
Dostları ilə paylaş: |