Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


Yigirma yettinchi majlis RIZQ HAQIDA



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə35/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Yigirma yettinchi majlis RIZQ HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
∩∉∪ ⎦&⎫Î7•Β =„≈zt2Å ’ûÎ≅@äZ 4$yγtãyŠöθñtó¡ãΒuρ $yδ §)stñó¡ãΒ ΟÞn=è÷ƒtuρ $yγ%è—øÍ‘ «!#$’nlãtω”)ÎÇÚ‘öF{$# ’û΄π/−!#Šy⎯ΒÏ$Βtρu*

"Yerda o‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir. U zot ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq-ravshan kitobda bordir" (Hud surasi, 6-oyat).


Alloh bizdan katta-yu kichik ochiq va maxfiy balolarini daf qilsin. Hadisda aytiladiki: "Menga salovot aytmagan kishining namozi yo‘qdir". Ibn Qassor: "Buning ma’nosi komil holda namozi durust bo‘lmaydi yoki menga umrida loaqal bir marta ham salovot aytmagan odam uchun namoz yo‘q, deganidir", deb aytganlar.

Ibn Ma’suddan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda: "Kim namoz o‘qisa-yu, menga va ahli baytimga salovot aytmasa, undan namozi qabul qilinmaydi", deyilgan. Doruqutniy aytganlar: "To‘g‘risi, bu hadis Abu Ja’far Sodiq ibn Ali ibn Husaynning (r.a.) so‘zlaridandir. Ul zot bunday deganlar: "Agar namoz o‘qib, Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) va u zotning ahli baytlariga salovot aytmasam, albatta, bu namozim to‘liq bo‘lmadi, deb bilaman".

Imom Ahmad aytadilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) uylandilar. Shunda ziyofat qilib, sahobalarini jamladilar. Taom oz, yig‘ilganlar esa ko‘p edi. Taomning ozligi va ham suyuq bo‘lgani sababli sahobalardan har birlari bu xususda bir narsa der edilar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) namoz o‘qirdilar, namozni tugatganlaridan keyin ulardan: "Nima haqida gaplashyapsizlar?" deb so‘radilar. Ular: "Rizq haqida", deb javob berishdi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Men sizlarga Jabroil (a.s.) aytib bergan bir hadisni aytaymi?" dedilar. Sahobalar: "Ha, Allohning Rasuli, ayting", deyishdi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Jabroilning aytishicha, birodarim Sulaymon (a.s.) dengiz qirg‘og‘ida namoz o‘qiyotib, to‘satdan yurib ketayotgan chumolini ko‘rib qolibdi, uning og‘zida esa yashil yaproq bor ekan. Chumoli shu holatda dengiz oldiga kelib qichqiribdi. Bir payt baqa chiqib, chumolinini orqasiga ortib dengizga sho‘ng‘ib ketibdi. So‘ng bir oz muddat o‘tib, chumoli suv yuziga qaytib chiqibdi. Sulaymon (a.s.) undan so‘rabdilar: "Menga o‘z qissangni aytib ber". Chumoli bunday debdi: "Bu dengizning tubida bir tosh bor, o‘rtasida bir qurt bor, Alloh taolo o‘sha qurtning rizqini mening zimmamga yuklagan, shuning uchun har kuni Alloh unga rizq qilib bergan narsasini ikki marta unga oborib beraman. Alloh taolo bu dengizda men uchun baqa suratida bir farishtani yaratdi. U meni ko‘tarib, dengizga sho‘ng‘ib ketadi, meni o‘sha xarsang toshga olib boradi. U tosh yorilib ichidan qurt chiqadi va men unga rizqini yediraman. So‘ngra esa baqa meni qaytib suv ustiga olib chiqadi. Qurt o‘z rizqini yeb bo‘lgach, Allohga hamdu sano aytib deydi: "Meni yaratgan va meni dengiz tubida qilgan, meni unutmagan Zot aybu nuqsonlardan pokdir".

So‘ngra Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ta’kid bilan aytdilar: "Dengiz tubidagi bir qurtni unutmagan Zot Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) ummatini esdan chiqarib qo‘yadimi?" Alloh taolo marhamat qilgan: "Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga yetarlidir" (Taloq surasi, 3-oyatdan).

Yaxshi bilingizki, Alloh taolo avvalgi oyatda insonlar sir tutadigan va oshkor qiladigan narsalarni bilishini, uning ortidan esa, Alloh hamma maxluqlaridan va ularga tegishli xususiyatlardan xabardor ekanini zikr qildi.

Rivoyatga ko‘ra, Imom Zohidiy rizq to‘g‘risida aniq ishonch hosil qilmoqchi bo‘ldi va toqqa chiqib ketdi. Bir g‘orga kirdi. So‘ng g‘orning burchagida o‘tirib oldi-da, o‘ziga-o‘zi: "Menga Rabbim qanday


qilib rizq berishini shu yerda kutib o‘tiraman", dedi. Qattiq bo‘ron bo‘ldi va yomg‘ir yog‘di. Kechga yaqin bir karvon boshpana qidirib, u o‘tirgan joyga kirdi. Imom Zohidiy hikoya qiladi: "Ular meni ko‘rib: "Ey Allohning bandasi", deb chaqirishdi. Men ularga javob bermadim. Shunda karvondagi kishilar, hoynahoy, bu odam sovuq qotgan bo‘lsa kerak, shuning uchun ham gapirmayapti, deb o‘ylashdi va gulxan yoqishdi. Menga yana gapirishdi. Men baribir javob bermadim. Shunda karvondagilar, bu bechora qattiq och qolgan ko‘rinadi, deb oldimga dasturxon yozib, taomga taklif qilishdi. Miq etmadim, dasturxondan hech narsa tanovul qilmadim. Ular, bu odam bu yerda uzoq muddatdan beri hech narsa yemay-ichmay o‘tiribdi, shekilli, deb, sut pishirishdi-da, shakardan qiyom qilib uzatishdi. Men parvo qilmay o‘tiraverdim. Ular bu holimdan battar ajablanib, buning tishlari bir- biriga kirishib ketgan chog‘i, deyishdi-da, ikkitasi turib, og‘zimni ochish uchun pichoqni olishdi. Og‘zimni ochib, haligi taomdan bir parchasini og‘zimga solishdi. Shunda mening kulgim qistadi, hatto kulib yubordim. Haligilar ajablanib: "Sen jinnimasmisan mabodo?" deyishdi. Men: "Yo‘q. Men Rabbimning rizq berishiga qat’iy ishonch qilay deb bu yerga kelganman. Aniq bildimki, albatta, U menga ham, boshqa bandalariga ham qaerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar, rizq berar ekan", dedim. Karvon ahli ko‘p taajjubda qoldi" ("Ravnoqul majolis").

Xotamul Asom aytadilar: "Tavakkal qilish to‘rt xil bo‘ladi: maxluqlarga tavakkal qilish, mol davlatga tavakkal qilish, nafsga tavakkal qilish va Rabbul Olaminga tavakkal qilish. Maxluqlarga tavakkal qiluvchi odam aytadi: "Falonchi bo‘lsa, mening g‘amim yo‘q". Mol-davlatga tavakkal qiluvchi: "Molim ko‘p bo‘lsa, menga hech narsa zarar qilmaydi", deydi. Nafsiga tavakkal qiluvchi odam: "Modomiki, mening jasadim sog‘u salomat ekan, mendan hech narsa ketmaydi", deydi. Bunday tavakkal qilish johillarning tavakkalidir. Parvardigorga tavakkal qiluvchi aytadi: "Boy yoki kambag‘al bo‘lib tong ottiramanmi, menga qizig‘i yo‘q, chunki men bilan birga Rabbim bor. Menga qanday xohlasa shunday yordam beradi" ("Arba’in" hadis).

Alloh taolo: "Rabbingiz rizq qilib bergan narsalardan yenglar va Unga shukr qilinglar", deb buyurmishdir. Shukr qilishning haqiqati Allohning ne’matini ma’siyatga ishlatmaslik va har bir a’zoni nima uchun yaratilgan bo‘lsa, ana o‘sha yo‘lda toat-ibodatlarga ishlatmoqdir. Shunday qilganda inson o‘zining yetti a’zosini harom va makruhlardan saqlaydi. Bu bilan undan chuqur jahannamning yetti eshigini berkitishadi. Agar inson a’zolarini toat-ibodatlarga ishlatsa hamda qalbni ixlos bilan to‘ldirsa, unga jannatning sakkiz eshigi ochiladi ("Sharhul Masobih").

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kishi insonlardan doim so‘rayveradi. Hattoki qiyomat kunida yuzida parcha go‘shti yuq holda keladi" (Ibn Umar rivoyati).

Oxiratda ta’magirlarning yuzida go‘sht parchasi bo‘lmasligidan murod o‘sha kunda ularga yetadigan sharmandalik va xorlikdir. Chunki kuch-quvvati bo‘laturib, mehnatdan qochib, boshqalardan so‘rash harom. Tilanchilikning ham aslida harom bo‘lishiga sabab unda quyidagilar mavjudligidir. 1. Go‘yo u Allohdan shikoyat qilayotir. Bandaning bu ishi Allohga aslo xush kelmaydi, xuddi bir qul odamning tilanchilik qilishi o‘zining ho‘jayiniga xunuk botgani kabi. Bu esa faqat zarurat holida kerak bo‘ladi, xuddi o‘laksaning go‘shtini faqatgina majburiy holatda yeyish mumkin bo‘lgani kabi.


    1. Nafsini Allohdan boshqasiga egish mo‘min kishiga halol emas.

    2. Ko‘p hollarda sadaqa so‘rash bilan odamlarga aziyat beriladi. Chunki gohida so‘ralingan odam bermaydi. Tilanchi haqida yomon gumonga boradi, bu esa gunohdir. Ulamolar qaysi vaqtda tilanchilik qilish halol bo‘lishi haqida ixtilof qilishgan. Ba’zilar: "Kunduzgi va kechki ovqati bor odamga tilanchilik qilish halol bo‘lmaydi", deyishgan. Ba’zilar esa: "Kim kasb qilishga qodir bo‘lsa, unga tilanchilik qilish halol emas, faqat hamma vaqtlarini ilmga sarflayotgan bo‘lsa, so‘rashi joiz", deb aytishgan. Ba’zilar esa: "Bizga o‘lchov qo‘yib belgilash bu borada joiz emas, balki bu qachon harom va halol bo‘lishini o‘sha odamning ahvolini batafsil bilsakkina ayta olamiz", deyishgan. Hadisda keladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Allohning boyligi bilan behojat bo‘linglar". Sahobalar: "Ey Allohning Rasuli! U nimadir?" deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kunduzgi va kechki ovqatdir", deb javob berdilar. Boshqa bir hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi

vasallam) bunday deganlar: "Kim ellik dirhami yoki tillosi bo‘lsa-yu, tilanchilik qilsa, albatta, u hayosizlarcha, uyalmay yopishib olib so‘rabdi".



Kun kechirishga yetgulik moli bo‘laturib, tilanchilik qilish barchaga bir xilda harom bo‘ladi. Chunki oldida kundalik hayotida kerak bo‘ladigan kunduzgi va kechki ovqatlari bor holida tilansa, muhtoj bo‘lmagan narsasini so‘ragan bo‘ladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Tilanchilik oxirgi kasbdir". Chunki inson g‘oyat nochor, yomon ahvolga tushganida, tilanmasa, albatta, halok bo‘ladi. Halok bo‘lmasligi uchun ham tilanishga majbur. Bu holda ruxsat bor. Ammo tilanchilikni, tama’girlikni odat va kasb qilmagan ma’qul. Tilangan odam, shubhasiz, qadru qiymati, obro‘sini yo‘qotadi ("Majolisi Rumiy").


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin