Yigirma sakkizinchi majlis
ZOLIMGA YORDAM BERISHNING MAZAMMAT QILINGANI HAQIDA
Alloh taolo aytadi:
∩⊇⊇⊂∪ šχρ¸çę|ΖSèωŸΟ¢èO ™u$!ŠuÏ9ρ÷&r⎯ôÏΒ !«#$βÈρŠß⎯ÏiΒ Ν6à 9s$tΒρuâ‘$¨Ψ9#$Νã3ä¡¡ϑytzsù (#θϑßn=sß ⎦t⎪¿Ï!©#$’
"Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni, zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas" (Hud surasi, 113-oyat).
Abu Talha (r.a.) rivoyat qiladilar: "Bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) judayam xursand bo‘lib keldilar. Sahobalar aytishdiki: "Yo Rasululloh! Biz yuzingizda xursandchilikni ko‘ryapmiz". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening oldimga bir farishta kelib: "Ey Rasululloh, Rabbingizning: "Ummatingizdan kim sizga bitta salovot aytsa, Men unga o‘nta salovot aytaman. Kimki bitta salom aytsa, Men unga o‘nta salom aytaman", deyishi sizni rozi qilmaydimi?" dedi. Men: "Albatta, rozi qiladi", dedim".
Rivoyat qilinadiki, zolimlardan biri zohid olimning ziyoratiga keldi. Shunda olim yuzini berkitdi. Olimning o‘g‘li uzr aytib: "Otam qattiq kasal bo‘lganlar, yuzlarini shuning uchun berkitdilar", dedi. Olim unga aytdiki: "Yo‘q, men kasal emasman, balki sening yuzingga qaramaslikni xohladim". Shunda zolim tavba qilib, istig‘for aytgan holatda qaytib ketdi. Alloh ikkalasini ham mag‘firat qildi. Olimni zolimning yuziga qaramagani uchun, zolimni zulmdan tavba qilgani uchun".
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki zolimning umri uzoq bo‘lishini so‘rab duo qilsa, yerda Allohga osiylik qilinishini yaxshi ko‘ribdi".
Sufyondan: "Cho‘lda chanqoqlikdan o‘lim arafasida turgan zolimga suv bersa bo‘ladimi?" deb so‘rashganida, "Yo‘q", dedilar. "O‘lib qolsa-chi?" deyishganida, "Qo‘yaver, o‘laversin", deb javob qildilar.
Maymun ibn Mihron aytadilarki: "Sultonlar bilan suhbatda bo‘lishda ikkita xatar bor. Agar ularga itoat qilsang, diningni, agar itoat qilmasang, joningni xatarga qo‘yasan. Salomatlik sen ularni tanimasliging va ular seni tanimasliklaridadir".
Hikoya qilinadiki, bir zolim zaiflarga zulm qilar edi. Zulm kuchayib ketgach, bir mazlum zolimga aytdiki, sening menga qilgan zulming to‘rt narsada menga yaxshi bo‘ladi:
Bizlarga o‘lim kelganida.
Qabr bizlarni o‘ziga olganida.
Qiyomat bizni jamlaganida.
Alloh taolo oramizda hukm qilganida".
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki Islomdagi bir sunnatni tiriltirsa, shu sunnatning savobi va undan keyin bu sunnatga amal qilgan kimsalarning savobi shu kimsaga bo‘ladi. Kimki bir bid’atning paydo qilsa, o‘sha kimsaga o‘sha bid’atni gunohi va undan keyin bu bid’atga amal qilgan kimsalarni gunohi shu kimsaga bo‘ladi".
Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: "Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh taologa bandalarning suyuklirog‘i qaysisi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Odamlarga eng ko‘p foydasi tegadigani". Amallarning afzalrog‘i haqida so‘rashganida, aytdilarki: "Mo‘minning qalbiga qornini to‘yg‘azish yoki g‘amini ketkazish yoki qarzini o‘tashlik bilan xursandchilik kiritishdir. Kimki musulmonning hojatini chiqarish uchun u bilan birga yursa, go‘yo bir oy e’tikofda turib, ro‘za tutgan kabidir. Kimki mazlumga yordam berish uchun u bilan yursa, qadamlar toyiladigan kunda Alloh taolo uning qadamlarini sirotda
toyilmaydigan qiladi. Kim g‘azabini yutsa, Alloh taolo uning avratini berkitadi. Yomon xulq sirka asalni buzgandek iymonni buzadi".
Bu hadisni Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qilgan hadis quvvatlaydi. "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki mazlum, g‘amgin musulmonga yordam bersa, Alloh taolo unga yetmish uchta yaxshilik yozadi. Ulardan bittasi bu dunyoda o‘sha kimsaning ishi isloh bo‘lishidir, qolgan yetmish ikkitasi oxiratga tegishli". Yana Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadiki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki biror kimsaga zulm etishni niyat qilmay tong ottirsa, uning gunohlari kechiriladi. Kimki bir mazlumga yordam berish yoki musulmonning hojatini o‘tashni niyat qilib tong ottirsa, mabrur hajning savobini oladi".
Shuningdek, Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Nabiy aytdilar: "Kimki bu dunyoda bir musulmondan bir g‘amni ketkazsa, modomiki u banda o‘z birodariga yordam berishda davom etar ekan, Alloh taolo o‘sha bandaga yordam berishda davom etadi".
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki bir mazlumga yordam bersa, Alloh taolo qiyomat kuni sirot ko‘prigidan o‘tishda unga yordam beradi va uni jannatga kiritadi. Kimki bir mazlumni ko‘rsa, mazlum undan yordam so‘rasa va u mazlumga yordam bermasa, qabrda olovdan bo‘lgan yuzta qamchi bilan uriladi".
Ayrim kitoblarda yozilishicha, qiyomat kuni, Fir’avnni keltiringlar, deb nido qilinadi, bas, u boshida olovdan qalpoq, egnida qora yog‘ ko‘ylak bo‘lgan holatida cho‘chqaning ustiga mindirib olib kelinadi. So‘ng, mutakabbir zolimlar qani, deb nido qilinadi. Bas, ular ham keltiriladi, so‘ngra do‘zaxga olib boriladi. Ularning oldilarida Fir’avn bo‘ladi. So‘ngra, Qobil qaerda, deb nido qilinadi. U ham Fir’avn kabi keltiriladi. So‘ng, hasadchilar qaerda, ularni bunga qo‘shinglar, deyiladi. Qobil do‘zaxda hasadchilarning imomi bo‘ladi. So‘ngra, yahudiy ulamolarning raisi bo‘lmish Ka’b ibn Ashraf qaerda, deb nido qilinadi. Xabarlarda: "Agar u iymon keltirsa, yahudiylarning hammasi iymon keltirgan bo‘lur edi", deyilgan. U ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ng nido qilinadiki, qani; haqni va ilmni berkitganlar, deyiladi. Ular u bilan birga do‘zaxga haydaladilar. Ka’b ularning imomidir. So‘ng, Abu Jahl qaerda, deb nido qilinadi, u ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ngra, Alloh va Uning rasulini yolg‘onga chiqarganlar qaerda, deb nido qilinadi. Abu Jahl do‘zaxda ularning imomi bo‘ladi. So‘ng, Valid ibn Mug‘iyra qaerda, deb nido qilinadi. Bas, u ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ng, kambag‘al musulmonlarning ustidan kulganlar qaerda, deb nido qilinadi. Valid ularning do‘zaxda imomi bo‘ladi. Livota amalini boshlab bergan Lut qavmining Ajdasi (peshvosi) qaerda, deb nido qilinadi. Livota amalini qilganlarga do‘zaxda Ajda imom bo‘ladi. U ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ngra, Imroul Qays qaerda, deb nido qilinadi. U ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ngra yolg‘onchi shoirlar jamlanadi va u ularning do‘zaxda imomi bo‘ladi. So‘ng, Musaylamatul kazzob qaerda, deb nido qilinadi. U ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ng, Qur’onni yolg‘onga chiqarganlar qaerda, deb nido qilinadi. Musaylama ularning do‘zaxda imomi bo‘ladi. So‘ng, iblis (alayhi la’na) qaerda, deb nido qilinadi, u aytadiki: "Ey adolatli hokim Zot! Menga lashkarimni, muazzinimni, qorilarimni, vazirlarimni, faqihlarimni, xazinachilarimni, tijoratchilarimni va nog‘orachilarimni bergin". Unga aytiladiki: "Ey mal’un, sening lashkaring kim?" "Mening lashkarim – ochko‘zlar, muazzinim – kuychilar, qorilarim – qo‘shiqchilar, faqihlarim – musulmonlarning ustidan kuluvchilar, xazinachilarim – aroq idishlarni hozirlovchilar, tijoratchilarim – sudxo‘rlar, nog‘orachilarim – nog‘ora chalib yuruvchilar", deydi. Keyin uzunligi yetmish yillik masofaga teng bir ilon chiqadi va ularning barchasini Iblis bilan birga do‘zaxga haydaydi. So‘ngra xaloyiq hisob-kitobga chaqiriladi.
Alloh taolo aytadiki: "Ey Jabroil! Jannatimga birinchi kiradigan kimsa Muhammaddir (sollallohu alayhi vasallam)". Ul zotning boshlariga toj va egnilariga yashil ipak kiygiziladi va oldilarida yetmish ming bayroq ko‘tariladi. So‘ngra hamd bayrog‘i ko‘tariladi. So‘ngra "Faqirlarga yordam berganlar, Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) yo‘llarida bo‘lganlar va ul zotning sunnatiga ergashganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Ularga: "Nabiylaringiz Hazrati Muhammad (alayhissalom) bilan jannatga
kiringlar", deyiladi. So‘ng Odam (a.s.) keltiriladi. U kishining boshlarida nurdan bo‘lgan toj bo‘ladi, oldilarida sakkiz ming bayroq bo‘ladi. Keyin: "Haj va umra qilganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Odam (a.s.) ularning jannatda imomi bo‘ladilar. So‘ng Ibrohim (a.s.) keltiriladi. Ul zotning oldilarida yigirma ming bayroq bo‘ladi. So‘ngra, "Mehmonlarni yaxshi ko‘rgan va g‘ariblarga yaxshilik qilganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Ibrohim (a.s.) jannatda ularning imomi bo‘ladilar. So‘ngra Yusuf (a.s.) ham oldilarida o‘n ming bayroq bo‘lgan holatda keltiriladi. So‘ng: "Qodir bo‘laturib o‘z havoi nafslarini tark etganlar qaerda?" deyiladi. Yusuf (a.s.) ularning jannatdagi imomidir. So‘ngra Yoqub (a.s.) keltiriladilar. So‘ng: "Qo‘shnilariga yaxshilik qilganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Hazrati Yoqub (a.s.) jannatda ularning imomidirlar. So‘ng Hazrati Muso (a.s.) keltiriladi. "Alloh taoloning roziligini istab haqni aytganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Hazrati Muso (a.s.) jannatda ularning imomi bo‘ladilar. So‘ng Hazrati Horun (a.s.) keltiriladi. So‘ng: "Xalifaliklarida adolat qilganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Jannatda ularga Horun (a.s.) imomlik qiladilar. So‘ng Hazrati Ayyub (a.s.) keltiriladi. "Kasallik va musibatlarga sabr qilganlar qaerda?" deyiladi. Ayyub (a.s.) ularga imom bo‘ldilar. So‘ngra Hazrati Abu Bakr Siddiq (r.a.) keltiriladi va "Siddiqlar qaerda?" deb nido qilinadi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) jannatda ularning imomidirlar. So‘ngra Hazrati Umar (r.a.) keltiriladilar. "Yaxshilikka buyuruvchilar, yomonlikdan qaytaruvchilar qaerda?" deb nido qilinadi. Hazrati Umar (r.a.) ularning jannatdagi imomidirlar. So‘ng Hazrati Usmon (r.a.) keltiriladi. U kishining ustilarida hayo libosi bo‘ladi. So‘ngra: "Allohdan hayo qilib, ma’siyatlarni tark etganlar qaerda?" deyiladi. Hazrati Usmon (r.a.) jannatda ularning imomidirlar. So‘ng Hazrati Ali (r.a.) keltiriladi. "Alloh yo‘lida jihod qilganlar qaerda?" deyiladi. Hazrati Ali (r.a.) ularning jannatdagi imomidirlar. So‘ngra Hazrati Hasan va Hazrati Husaynlar (r.a.) keltiriladi, "mazlumlar va Alloh yo‘lida o‘ldirilganlar qaerda?" deyiladi. Ikkalalari jannatda ularning imomlari bo‘ladilar. So‘ngra Hazrati Bilol Habashiy (r.a.) keltiriladi va: "Namoz muazzinlari qaerda?" deyiladi. Hazrati Bilol (r.a.) jannatda ularni imomi bo‘ladilar ("Tafsiri Taysir").
Hadisda: "Kimki bir mo‘minga aziyat bersa, batahqiq, menga aziyat beribdi, kimki menga aziyat bersa, batahqiq, Allohga aziyat beribdi. Kimki Allohga aziyat bersa, u o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlayversin", deyilgan ("Zubdatul voizin").
Hazrati Bilol (r.a.) aytadilar: "Biz Makkada Abu Bakrning hovlisida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan birga edik. Eshik taqillab qoldi, chiqsam bir nasroniy kishi. U shu yerda Muhammad ibn Abdulloh bormi?" deb so‘radi-da, ichkariga kirdi. "Ey Muhammad, sen Allohning rasuliman deb da’vo qilyapsan, agar sen haqiqatan ham payg‘ambar bo‘lsang, menga zulm qilganga qarshi menga yordam ber", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kim senga zulm qildi", dedilar. "Abu Jahl ibn Hishom mening maoshimni tortib oldi", dedi u. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘rinlaridan turdilar. Peshin vaqti edi. Men: "Yo Rasululloh, u hozir qaylula (peshin vaqtidagi uyqu)dadir. Hozir borsangiz, jahli chiqadi, sizga ozor berib qo‘yishidan qo‘rqyapmiz", dedim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘zimni inobatga olmadilar va Abu Jahlning oldiga ketdilar, biz ham ortlaridan bordik. Abu Jahlning eshigini taqillatgan edilar, u g‘azablangan holda chiqdi. Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rib: "Kiring, odam yuborsangiz, o‘zim oldingizga borardim", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Bu nasroniyning molini olibsan, qaytarib ber", dedilar. Abu Jahl: "Shuning uchun keldingizmi? Agar birortani yuborsaniz ham, qaytarib berardim", dedi-da, molini qaytarib berdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ey kimsa! Molingning hammasini oldingmi?" deb so‘radilar. Nasroniy: "Bitta savatim qoldi, xolos", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Abu Jahlga: "Savatini ham ber", dedilar. Abu Jahl uni uyidan qidirdi, lekin topa olmadi. O‘rniga undan ham yaxshirog‘ini olib chiqib berdi. Xotini Abu Jahlga: "Vallohi, Abu Tolibning yetimiga judayam tavoze’lik qilding", dedi. U: "Agar men ko‘rgan narsani ko‘rganingda, bunday demas eding", dedi. Xotini: "Xo‘sh, nimani ko‘rding?" deb so‘radi. Abu Jahl: "Meni qavmim ichida sharmanda qilmagin, men uning ikki tarafida ikkita sher turganini ko‘rdim. Bermayman, demoqchi bo‘lgan edim, shu sherlar ustimga tashlanishga shaylanishdi. Noiloj, qo‘rqqanimdan unga tavoze’ qildim", dedi. Nasroniy Abu Jahl bilan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘rtalaridagi muloqotni ko‘rgan vaqtda: "Ey
Muhammad! Albatta, sen Allohning payg‘ambarisan, dining ham haq dindir", dedi-da, iymon keltirdi va musulmon bo‘ldi" ("Zubdatul voiziyn").
Dostları ilə paylaş: |