Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
81
FIRQA (ko‘pligi firoq; sinonimlari milla, toifa, sinf) - aqoidga doir bir yoki bir necha
masala yuzasidan maxsus fikrga ega bo‘lgan
kishilarning tashkiliy guruhi; maktab,
jamoa. Muhammad (sav) musulmonlar jamoasi 73 jamoa (firqa)ga bo‘linib ketadi deb
bashorat qilganlar. Faqixdar diniy-siyosiy guruhdar, ilohiyot maktablari, jamoa va b.
o‘rtasida qat’iy chegara qo‘ymay, F.ni musulmonlar jamoasi bo‘linadigan
birliklardan
birini anglatuvchi istiloh ma’nosida qo‘llaganlar.
FITR, fitr sadaqa (arab. - ro‘za yakuni sadaqasi) - islomda ramazon oyi tugashi
munosabati bilan beriladigan sadaqa. Har bir musulmon erkak va ayol uchun ikki yarim
kilogramm xurmo, arpa,
un yoki guruch, yoki ularning qiymati miqdorida pul ehson
qilishi vojibdir. Muhtojlikda yashovchi oila a’zolari ham hayit kuni to‘q yashasin degan
niyatda F. joriy etilgan va u vojib amallar safidan joy olgan. F. sadaqasini o‘z
vaqtida
ado etilishiga targ‘ib qilingan hadisi shariflardan birida to F.ni o‘z egasiga
topshirmagunga qadar tutgan ro‘zasi osmonda muallaq (osilib) turadi, ado etishi bilan
qabul bo‘lib
osmonga chiqib ketadi, deyilgan. F. sadaqasini katta-yu kichik, er-xotin, oila
boshlig‘i o‘z qaramog‘idagi har bir jon hisobidan beradi. F.ni hayit namozi o‘qilmasdan
egalariga topshirish lozim. F. sadaqasi o‘ziga to‘q
musulmonlarning muhtoj va
hojatmandlar uchun ramazon oyida beradigan xayr-ehsonlaridir. Uning hikmatlaridan
biri fuqarolar, miskinlar, beva-bechoralar va hojatmandlarni ulug‘
ayyom - hayit oldidan
qalblariga bir oz bo‘lsa-da, shodlik va hurramlik baxsh etish, ularni moddiy jihatdan
qo‘llab-quvvatlash
va oqibat natijada, odamlar orasida mehr-shafqat tuyg‘ularini
uyg‘otish bo‘lsa, ikkinchidan, ro‘zadorning ramazon oyida bilib-bilmasdan qilgan
gunoxlariga kafforat hamdir.
Dostları ilə paylaş: