FITRAT, Abdurauf Abdurahim o‘g‘li (1886-1938.4.10) - ma’rifatparvar, Turkistondagi
jadidchilik harakatining yirik namoyandasi. Dastlab Buxorodagi Mir Arab madrasasida
tahsil olgan. Makkaga borib, Haj amalini bajargan. Istanbulda dorilfunun va madrasada
o‘qigan (1909-13). Buxoroga qaytgach, jadidchilik harakatida faol qatnashgan. F.
"Munozara" ("Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning jadida maktablari
xususinda qilg‘on munozarasi"; Istanbul, 1909), "Bayonoti sayyohi hindiy" ("Hind
sayyohi bayonoti"; Istanbul, 1912) asarlarida islom dinining sofligi uchun kurashgan
hamda xurofot va bid’atni qoralagan. "Rahbari najot" ("Najot yo‘li"; Petrograd, 1915)
asarida millat taraqqiyotining najot yo‘li (dasturi) sifatida Qur’oni karimni ko‘rsatgan.
"Muxtasar islom tarixi" (1915) risolasida islom dinining tarixi xolislik bilan yoritilgan. U
"Sharq siyosati" (Toshkent, 1919) va "Yig‘la, islom" kabi publitsistik asarlarida Sharq va
islom dini ustidan G’arb va xristianlikning zo‘ravonlik qilishini tasvirlagan va o‘quvchining
Sharqni ozod qilishga chaqirgan. F. sovet rejimi tomonidan 1937 y. 24 aprelda qamoqqa
olingan. Unga "panturkizm va panislomizm"ning bosh mafkurachisi deb siyosiy ayblar
qo‘yilgan va keyinchalik otib tashlangan.
FIQH ("chuqur tushunish, bilish") -musulmonlarning xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi
islom doktrinasi (huquqshunoslik), islom ijtimoiy me’yorlari majmuasi (keng ma’nodagi
musulmon huquqi). Ikkala ma’nodagi F. islom dini vujudga kelib, musulmon davlati -
Xalifalik qaror topishi bilan darhol tarkib topgan emas. 8-a.ning 1-yarmigacha umuman
xalifalikning ijtimoiy (jumladan yuridik me’yorlari tizimi islom qoidalari bilan
belgilanmas, balki asosan islomdan avval mavjud bo‘lgan va yangi tarixiy sharoitda amal