Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
haqidagi ilm") uning nomi bilan bog‘liq. O’zbekiston FA Sharqshunoslik instituti
qo‘lyozmalar fondida A.Z.ning 1094 y.da ko‘chirilgan "Taqvim ul-adilla fil-usul"
("Qonunshunoslik asoslari bo‘yicha dalillar bayoni") va 1278 y.da ko‘chirilgan
axloqqa
doir "al-Amad ul-aqso" ("Oxirga chegara") asarlari nusxasi saqlanadi.
ABU ZARR al-G’iforiy, to‘liq ismi Jundub ibn Junoda ibn Sufyon ibn Ubayd al-G’iforiy (? -
652/53) - sahobalarning ulug‘laridan. G’ifor qabilasidan. Islomga juda erta kirgan
zotlardan. Xalifalikda Ali avlodlari hukmron bo‘lishi kerak degan g‘oyani ilgari surgan.
A.Z.ning bu g‘oyalari shialikdagi imomat ta’limotiga asos bo‘lgan. A.Z. o‘zining
taqvosi
va sodda hayot tarzi bilan mashhur bo‘lgan. Payg‘ambar (sav) vafotidan so‘ng Shom
sahrosida yashagan. Usmon (ra) xalifaligi davrida Damashqda yashagan. Uning huzuriga
ko‘plab kambag’al va bechoralar kelib turgan. A.Z. ularga Payg‘ambar (sav)ning
shariatga
itoat qilmaydigan, ziqna boylarni mazammat qiladirgan hadislarini rivoyat qilib
bergan. A.Z. kambag‘allarning boylar mulkida haqlari borligini targ‘ib qilgan.
Muoviyanshg shikoyati asosida Usmon (ra) uni Madinaga chaqirtirib olgan.
Lekin
kambag‘allarni boylarga qarshi qo‘zg‘atgani uchun ar-Rabda qishlog‘iga jo‘natilgan va
shu yerda vafot etgan. 281 ta hadis rivoyat qilgan.
Dostları ilə paylaş: