Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
7
ABRAXA (habashcha Ibrohim) - Yaman hokimi. Rivoyatga ko‘ra, A. Yamanda
hukmronlik qilib turgan vaqtda Sa’no sh.da Qullays nomli bahaybat xristian cherkovini
barpo etib, xalqni
Makkaga borib haj qilmasdan, uni ziyorat qilishga da’vat etgan. Lekin
Yaman ahdi Makka ziyoratini tark qilmagan. Shunda A. Ka’bani vayron qilish uchun fillar
bilan hujum boshlagan (A. shuning uchun Sohib ul-fil laqabini olgan).
Alloh taoloning
qudrati bilan uning qo‘shini ustiga to‘p-to‘p qushlar uchib kelib, tosh parchalarini
yog‘dirib
fillarni ham, lashkarlarni ham halok etgan. Bu voqea Muhammad (sav)
tavalludlaridan bir oz oldin bo‘lib o‘tgan. Qur’onning 105-surasi "Fil" nomi bilan atalishi
va Muhammad (sav) "Fil" yilida tug‘ilgan deyilishining sababi ham shu.
ABROR (arab. - yaxshilar, pok kishilar) - tasavvufga ko‘ra, darajalari o‘rta hol kishilar.
Ularning
darajasi avliyolardan quyi, oddiy xalqdan yuqori hisoblangan. Ular Allohning
buyruqlarini o‘rtacha bajaradilar, man qilgan ishlaridan saqlanib yuradilar.
ABU (arab. - ota so‘zining izofa holatidagi shakli) - arablar va b.
musulmon xalqlarda
ko‘pchilik kunyalarning tarkibiy qismi. Mas., Abu Nuvos, Abu Rayhon Beruniy, Abu
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy va b.
Dostları ilə paylaş: