Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
4
ABDU (Abdo) Muhammad (1849-1905) -misrlik ilohiyotchi, jamoat arbobi. Qohiradagi
al-Azhar dorilfununida tahsil olgan (1869-77). Milliy-ozodlik kurashida
ishtirok etganligi
uchun hibsga olinib, so‘ngra Misrdan chiqarib yuborilgan (1883-88); 1884 y.da Parijda
Jamoliddin al-Afg‘oniy bilan birgalikda "Al-Urvat al-vusqo" ("Mustahkam birlik")
yashirin
jamiyatini tuzgan, bu jamiyat musulmon ziyolilari orasida katta ta’sirga ega bo‘lgan, shu
nomda gazeta nashr etgan. 1889 y. Misrga qaytib kelib, qozilik, al-Azhar dorilfununida
mudarrislik qilgan. 1898 y. "Al-Manar" jurnaliga asos solgan. 1899 y.dan
umrining
oxirigacha Misr muftiysi bo‘lgan. A. ijtihod huquqini ilgari surib, islom aqidalarini har bir
davrning shart-sharoitidan kelib chiqqan holda talqin
qilish zarur deb hisoblagan, ba’zi
urf-odat va taqiqlarni yengillashtirishni yoqlab chiqqan. A. "Tafsir al-Qur’on al-hakim"
("Qur’on tafsiri"), "Risolat at-tavhid" ("Yakkaxudolik to‘g‘risida risola"), shuningdek
shariat, ta’lim tizimini isloh qilishga oid 30 ga yaqin kitob muallifi.
ABDULAVVAL NISHOPURIY (? - 15-a.) -mutasavvif. Nishopurda tug‘ilgan. "Masmuot"
("Eshitilganlar") kitobi bilan mashhur. Bu asar naqshbandiylik
tariqatining namoyandasi
Xoja Axrorning so’fiylik qarashlariga bag‘ishlangan. Uning yoshligidan to umrining
oxirigacha bosib o‘tgan so’fiyona hayot yo‘li o‘sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy
ahvol bilan
bog‘lab ko‘rsatilgan. Kitobda Mirzo Ulug‘bek davri (15-a. 1-yarmi) voqealari ham o‘z
ifodasini topgan. Bu asarning nodir 2 nusxasi saqlangan. A.N. Samarqandda Xoja Ahror
qabristoniga dafn etilgan.
Dostları ilə paylaş: