MAJLIS (ko‘pligi - majolis) - o‘tirish joyi; predmet ma’nosida - o‘rindiq, kursi; kengash,
yig‘ilish joyi; mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xona (masjid, madrasa va b.da); auditoriya;
dars, ma’ruza; dars, ma’ruzani yozib borish; qabul, audientsiya (qabul marosimi); qabul
zali; kengash, yig‘ilish, uchrashuv, kompaniya. Turkiya va Eronda yangi davrda M.
vakolatli muassasani (parlament, palata, kengash) anglatadigan bo‘lgan; hozir ham shu
ma’noda bir qator arab va musulmon mamlakatlarida qo‘llaniladi.
MAJUSIYLIK - 1) Majusiy - quyosh yoki olovga sig‘inuvchi odam. Islom dini kelmasdan
burun ajam xalqdari M. e’tiqodiga mansub edilar. M. kalimasi kuyosh yoki olovga
sig‘ingan kishilarda hozirga qadar atama sifatida qo‘llaniladi. 2) yakkaxudolik
(monoteizm) paydo bo‘lgunga qadar vujudga kelgan diniy e’tiqodlar, marosim va
bayramlarni ifodalash uchun ishlatilgan.
MAZDAKIYLIK, al-Mazdakiya (fors. mazdakiyon) - mazdakiylar, 5-a. oxiri - 6-a.da
sosoniylar Eronida vujudga kelgan va islomning dastlabki asrlarida xalifalikning Sharqiy
qismida mavjud bo‘lgan zardushtiylik tarikatlaridan birining nomi. Asoschisi Mazdak (ism
yoki faxriy laqab) sharafiga shunday nom olgan. M. Zardushtakon nomli "ashaddiy"
manixeylik (moniylik) tariqatidan kelib chiqqan bo‘lib, bu tariqat ba’zi ma’lumotlarga
ko‘ra, 3-a.da, boshqasiga ko‘ra esa, 5-a.da vujudga kelgan. Uning muxlislari ezgulikning
yovuzlik ustidan uzil-kesil g‘alaba qozonishiga ishonganlar. M. tarafdorlari odamlar
o‘rtasidagi mulkiy va tabaqaviy tengsizlikni yo‘q qilishni rejalashtirganlar. Tabaqaviy
tengsizlikni yo‘qotishning samarali usuli sifatida xotinlarni umumiy deb e’lon qilganlar.
M.ning ijtimoiy shiorlari Eron aholisining keng qatlamlarida tarqalgan. 6-a. boshida urug‘
zodagonlari va zardushtiylikning oliy kohinlariga qarshi keng xalq harakati avj olgan.
Xusrav Anushirvon tomonidan M. harakati tor-mor etilgach (taxm. 530 y.), Mazdak