Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
DRUZLAR - shialikda vujudga kelgan firqa (diniy guruh). Asosan, Livanda va Suriyada 
yashaydi. Ularning qarashlari ismoiliylar qarashlariga yaqin. Firqa fotimiylar xalifasi 
Hakim (996-1021 y. hukmronlik qilgan) davrida paydo bo‘ldi. Hakim umrining oxirida 
o‘zini xudo deb e’lon qilgan va o‘ziga e’tiqod qilishni talab etgan. U sirli ravishda o‘lgach, 
Livan va Antilivan tog‘larida yashovchi xalqlar unga xudo deb e’tiqod qila boshlagan. D. 
nomi xalifa Hakimning targ‘ibotchilaridan bo‘lgan Nishtegin Daroziy (1019 y. v.e.) ismi 
bilan bog‘liq. D. aqidasi o‘ta sirli bo‘lganidan farzandlariga ham qirq yoshga 
yetmaguncha o‘rgatishmaydi. D. aqvdasi bir qancha din va mafkuralardan tashkil 
topgan. Jannat, do‘zax, savob va jazoni inkor qiladi. Qur’onni butunlay inkor qilishadi, 
o‘zlarining xos mushaflari mavjud. Musulmon olimlari D.ni dindan chiqqan oqim deb 
e’lon qilgan. D. aqidasiga ko‘ra, xudo odam qiyofasiga kirib, insonlar o‘rtasida paydo 
bo‘lishi mumkin (shuning uchun ular Hakimning qaytishiga ishonadi). D. Qur’on 
mazmunini majoziy talqin qiladi. Jonning ko‘chib yurishi to‘grisidaga tasavvur tufayli 
o‘limga befarq qaraydilar, islom dini marosimlarini bajarishni shart deb hisoblamaydilar. 
Diniy bayramlardan faqat qurbon hayitini va shialarda motam marosimi hisoblangan 
ashuroni nishonlaydilar. D. sunniylar tomonidan ta’qib etilgani uchun shialarga xos 
bo‘lgan taqiyya talablariga amal qiladilar. Barcha ismoiliylar kabi D. ham shariatni tan 
olmaydilar. D. ikki qismga; "omiy" ("bexabar") va "uqqol" ("bilimdonlar", 
"xabardorlar")ga bo‘linadi. D.da masjidga borish, namoz o‘qish odati yo‘q. Ularning 
ibodatxonalari "xalvo" deb ataladi. Bu yerda payshanba kunlari faqat "uqqol"largina 
to‘planadi. O’rta asrlardan boshlab D. o‘zlarining merosiy mulklariga va hukmdor amirlar 
sulolasiga ega bo‘lgan. Livanda druz amirlari hokimiyati, ayniqsa, Faxriddin II Maon 
(1590-1633) va Bashir II Shihob (1788/ 9—1840 )davrlarida juda yuksalgan .D.Suriya 
xalqining 1925-27 y.larda frantsuzlar hukmronligaga va 1958 y.da Isroilga qarshi 
chiqishlarida faol ishtirok etishgan. Hoz vaqtda D. Livan milliy-vatanparvar kuchlari 
tarkibida jamiyatni qayta qurish uchun kurash olib bormoqda. 
DULDUL - 1) Muhammad (sav) mingan xachir (ot) larining ismi yoxud laqabi. Uni 
payg‘ambar (as)ga Muqavqis hadya etgan, u zot esa, hazrat Aliga sovg‘a qilgan. 2) "D." 
so‘zi arablarda boshini u-bu tomon chayqab yuruvchi odamga nisbatan ham ishlatiladi
shuningdek tipratikan va jayra ham D. deb ataladi.
DUO (arab. - iltijo, chaqirish, so‘rash) - Qur’on sura va oyatlaridan o‘qib, so‘ngra Alloh 
taolodan o‘zi yoki boshqalar uchun tilak tilash, iltijs qilish. D. ikki turli bo‘ladi. Birinchisi 
"ma’sura", ya’ni matni Qur’on, hadis yoki boshqa diniy manbalarda aniq belgilab 
qo‘yilgan Dlar Ularni buzmay, qo‘shmay, qanday ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘sha tarzda 
o‘qiydilar. Ikkinchisi "muhtaraa", ya’ni D. matnini o‘zi to‘qib, erkin holatda iltijo qilish. 
Islom dini Allohdan boshqadan madad so‘rashlikni man etadi Insonning ko‘lidan 
keladigan yordamni insondan so‘rash mumkin. Islom aqidasi bo‘yicha, farzad ato etish, 
shifo berish, balo-qazodan asrash insof-tavfiq kabi hojatlar faqat Allohning o‘zidan 
so‘raladi. Undan boshqadan so‘rashlik shirk va kufr sanaladi. D.ning "ma’sura' turlari bir 
necha shaklda ta’lif etilib bizning davrimizgacha yetib kelgan. D.ni qaysi tilda qilishning 
ahamiyati yo‘q. Lekin islom dini aqidasi bo‘yicha, agar talaffuzini o‘rniga qo‘ya olsa va 
mazmunidan ogoh bo‘lsa, D.ni arab tilida o‘qish afzaldir. Ko‘pincha D. bilan bir narsani 
talab qilish ma’nolari bir-biriga aralashib ketadi. Shuning uchun talab nimayu D. nima 
ekanini aniq bilib olish alohida ma’no kasb etadi. Talab - so‘rovchi nutq qiladigan 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin