ESHON BOBOXON ibn Abdulmajidxon (1860-1957) - mufti, shayx. Ziyovuddinxon ibn
Eshon Boboxonning otasi. Toshkentda ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ilmni bobosi
shayx ul-islom Ayubxon ibn Yunusxondan, uning otasi Abdulla ibn Burhon Eshondan
olgan. Keyin Buxoroda Mir Arab madrasasida tahsil ko‘rgan. Aqoid, fiqh, tafsir va hadis
bilimlarini chuqur egallagan va naqshbandiylik tariqatining namoyandasi sifatida
tanilgan. Urta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkilotchilaridan
biri va uning birinchi raisi, muftiy (1943-57). Diniy boshqarmaning tashkil etilishi
mintaqadagi mayda va tarqoq musulmon jamoalarini yagona diniy markazga
birlashishiga imkon berdi. E.B. boshqarma rahbari sifatida dindorlarning talab va
ehtiyojlarini hisobga olish bilan birga boshqarma faoliyatini fashizmni tor-mor etish
uchun frontga har tomonlama yordam ko‘rsatish, xalqaro tinchlikni himoya qilish
ishlariga yo‘naltirdi. E.B. Toshkentdagi Qaffol Shoshiy maqbarasi hovlisiga dafn qilingan.
E’TIKOF - Qur’on va sunnat ila sobit bo‘lgan shar’iy amal. Zuhriyning xabar berishicha,
Rasululloh (sav) to vafot etgunlaricha E.ni tark etmaganlar. Imom Abu Hanifa, Elarning
eng ozi bir kun desa, imom Abu Yusuf, uning eng ko‘pi bir kun degan. Imom Muhammad
fikriga ko‘ra esa, bir soat o‘tirilsa ham, E. hosil bo‘ladi. E. masjidda qilinadi. Faqat tabiiy
hojatlarini qondirish - tahorat, g‘usl uchun yoki juma namoziga borish uchungina masjid
tark etiladi. Hojatdan ortiqcha bir soat ushlanib qolsa, E. buziladi. Mu’takif masjidda
uxlaydi, ovqatlanadi, ehtiyojiga zarur narsalarnigina savdo qiladi. E. payti faqat uxroviy
(oxiratga oid), xayrli so‘zlarni gapiradi. Ko‘p kunlik E.da kechalari ham masjidda qoladi.
Bir kunlik niyat qilinsa, tong otmasdan kirib, kun botgach chiqadi. 2 yoki undan ortiq
kunlik E. uchun kishi masjidga quyosh botishidan oldin kirishi va niyatdagi muddat
tugagach, quyosh botganidan so‘ng masjiddan chiqishi kerak.
E’TIQOD - Allohning kalomi haqiqiy ekanligiga astoydil ishonish, imonning 3
unsurlaridan biri. E.ning sinonimi sifatida turli aqidaviy maktablar tasdiq, aqida, akd
terminlarini ishlatganlar. Mazmuni jihatdan E.ga eng yaqin turadigani tasdiq (bi-l-qalb)
bo‘lib, Alloh va Uning Qur’on orqali yetkazgan so‘zlari haqiqiy ekanini chin qalbdan e’tirof
etishdir. Ular o‘rtasidaga farq atigi shundaki, tasdiq Allohning so‘zlari haqiqiy va
ishonchli ekanligani ichki mulohaza bilan anglash, E. bo‘lsa mana shunga qo‘shilish,
unga qalbdan imon keltirishdir.
EHROM (arab. - chegaralanish, ibodat holatiga o‘tish) - 1) musulmonlarning katta va
kichik haj qilish (haj va umra) vaqtidagi alohida kiyimi. E. - hajni dili bilan niyat qilish,