www.ziyouz.com kutubxonasi
77
haromdan muhofazalanish degani, ehromdagi kishi "muhrim" deb ataladi. Muhrim
odobdan tashqari so‘z so‘zlash, xotini bilan yaqinlik qilish, gunoh ishlarga qo‘l urish, bir-
biri bilan qichqirishib g‘ijillashishdan saqlanishi lozim. Muhrim kishi quruq yerlardagi
hayvonni o‘ldirmaydi, tikilgan libos kiymaydi, oyog‘iga mahsi, etik, paypoq kiymaydi,
yuzini, boshini biror narsa bilan to‘smaydi, xushbo‘y narsa surtmaydi, tirnoq, soch,
mo‘ylarini olmaydi. Agar bu qoidalardan birortasini buzsa, hayvon so‘yib yoki sadaqa
qilib kafforat to‘laydi. 2) E. holatiga kirganlar tanaga o‘raydigan mato. E. 2 bo‘lak (izor
va rido) bo‘lib, biri bilan chap yelkani, 2-si bilan beldan pastni o‘raladi. Hojilar haj
kunlarida muqaddas joy (Makkadagi Ka’ba)ga kirish uchun E.ga o‘raladi. E. haj ibodatini
ko‘rsatilgan tartibda mukammal bajargandan so‘ng yechiladi.
EHSON ("astoydillik", "vijdonlilik", "samimiylik") - Qur’onda diniy majburiyatlarni
o‘tashdagi samimiylik, riyokorlikning ziddi. Umar ibn Xattob (ra)dan keltirilgan
hadislardan birida aytilishicha: "Ehson - rabbingga xuddi Uni ko‘rib turgandek, ibodat
qilishingdir. Agar sen Uni ko‘rmagan taqdiringda ham, U seni ko‘rib turadi". Al-Razoliy E.
terminini "adl - adolat" so‘zi bilan birga ko‘llaganki, bular birgalikda "adolat va vijdon"
mazmunini kasb etgan. E.aqidaviy tushuncha sifatida islom va imon tushunchalari bilan
bir qatorda umumiy "din" tushunchasini tashkil qiladi, bunda E. deganda barcha diniy
aqidalarni to‘liq, shak-shubhasiz va qayta talqinsiz qabul qilishni bildiradi, ya’ni uning
barcha ko‘rsatmalariga chuqur sadoqatni anglatadi. E. tushunchasidan dindorning
nomlaridan biri - muhsin kelib chiqqan. Kundalik istiloxda E. termini ixlos - qalbi tozalik,
fikr va xatti-harakatlarida samimiylikning sinonimidir. Shogirdning ustoziga bo‘lgan
izzat-ikromi va ustozning barcha o‘gitlariga so‘zsiz amal qilishi ham E. deb ataladi.
Tasavvufda E. - e’tiqodning oliy bosqichi bo‘lib, undan keyin imon, so‘ng islom turadi, bu
shariat - tariqat - haqiqat tushunchalariga mos keladi. E. odatda tasavvuf bilan aynan
hisoblangan.