Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
72
DOR ul-SULH ("tinchlik sulhi hududi") -islom futuhoti davrida musulmon bo‘lmagan
aholining musulmonlar bilan to‘lanadigan soliq mikdori va
aholining huquqiy holatini
belgilab berish haqida sulh tuzgan viloyatlarni anglatuvchi umumlashma atama; sulh
shartlari tuzilmagan joylarda ilgarigi tartiblar mavjud bo‘lgan D. ul-S. aholisi (ahd as-
sulh)ga ahl-uz-zimma sifatida qaralgan, lekin D. ul-S.lik
savdogarlar dor ul-islomga
qaraganda 2 barobar ko‘p boj to‘lashgan. Xalifalik parchalanib ketgach, musulmon-
hukmdorlar
hukm surgan barcha viloyatlar, aholisining tarkibi va qo‘shni sof musulmon
davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari qandayligidan qat’i nazar, dor ul-islom sifatida
qarala boshlagan. Nomusulmon davlatlar
bilan tuzilgan bitimlar esa, davlatlararo oddiy
shartnomalar maqomini olgan.
DOR ul-FANO (arab. foniylik uyi) - islom dinida inson yashayotgan dunyo (bu dunyo)
"foniy" (o‘tkinchi) ekanligani bildiruvchi tushuncha. Unga ko‘ra, bu dunyo yaxshi va ezgu
amallar,
savob ishlar qiladigan joy; D. f.da dor ul baqo uchun tayyorgarlik ko‘riladi. D. f.
g‘oyasi tasavvufda rivoj topgan, bu dunyoga befarq qarash,
dunyo lazzatlaridan voz
kechish ayrim tasavvuf arboblariga xos amallardan hisoblanadi. Bu dunyoni D. f. deb
atash 9-10-a.larda ayniqsa, malomatiylar tariqatida keng rasm bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: