Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
69
egalarini ularning o‘z ixtiyorlariga binoan bu dunyoda salohiyatga, u dunyoda najotga
eltuvchi ilohiy ko‘rsatmalar" deb ta’riflaganlar. D. aqida, shariat va tariqat bobidagi ilohiy
ko‘rsatmalarning to‘plamidir. Aqida musulmon kishi imon keltirib ishonmog‘i
lozim
bo‘lgan narsalarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun Allohga, ilohiy kitoblarga,
payg‘ambarlarga, farishtalarga, qiyomat kuniga, yaxshi yomon qadar Allohdan
ekanligiga ishonish va b. Shariat D.ning amaliy qismidir.
U ibodat, muomalot va
hududga bo‘linadi. Ibodatga namoz, ro‘za, zakot, haj kabi narsalar kiradi. Muomalotga
insonlar orasida bo‘ladigan savdo-sotiq, kasb-hunar, dehqonchilik kabi hayotiy aloqalar
va ishlar kiradi.
Hududda esa, yuqoridagi masalalarda xatoga yo‘l qo‘yib jinoyat
qilganlarga belgilangan jazo choralari haqida so‘z ketadi. Tariqat esa, ruhiy va axloqiy
tarbiyani o‘z ichiga olgandir. Ana o‘shalarning hammasining majmuasi D. deb ataladi.
Imom al-Buxoriy hadislarida keltirilgan D.ga berilgan ta’rif keng tarqalgan. Unga ko‘ra
D. - imon, islom, ehson yig‘indisidan iborat. D. tushunchasini sharxlashda bu uchlikni
saqlab qolgan holda hanafiylar imonning ahamiyatiga urg‘u beradilar, ash’ariylar
- diniy
ko‘rsatmalarga rioya etish (al-islom) muhimligani, xanbaliylar, keyinchalik Ibn Taymiya -
"haqiqiy an’ana", sof yo‘lni Qur’on va sunnatga amal qilish ahamiyatini aytadilar. Alloh
o‘zi yaratgan insonning tabiatini bilganidan va uning o‘zi yaratgan bu dunyoda qandoq
yashab o‘tishi uchun eng yaxshi yo‘lni ko‘rsatib, unga D.larni yuborib turgan.
Inson
jamiyati sodda bo‘lgan davrda Alloh D. hukmlarini ham sodda qilgan. U insoniyatni asta-
sekin tarbiyalab o‘stira borib ilohiy D.ni ham mukammallashtirgan. Bir D.ning vazifasi
bitgandan keyin uning hukmini bekor qilib, o‘rniga hukmlari mukammalroq bo‘lgan
keyingi D.ni yuborgan. Har bir ilohiy D.ni undan keyingi kelgan ilohiy D. amaldan
qoldirgan. Insoniyat kamoliga yetganda Alloh islom dinini oxirgi, mukammal va boqiy D.
qilib yuborgan. D. ilohiy-samoviyga va soxta-qalbakiga bo‘linadi.
Alloh tomonidan
insonlar ichidan payg‘ambar tanlab olib, u orqali diniy ta’limotlar yetkazilgan bo‘lsa,
ilohiy D. bo‘ladi. Hoz. kunda yahudiylik, nasroniylik va islom ilohiy D.lar hisoblanadi.
Qolgan D.lar soxta-qalbaki D.lardir. Ularni turli odamlar o‘zlari to‘qiganlar va obro‘-
e’tiborini oshirish uchun o‘z ta’limotlariga ilohiylik nisbatini berganlar. Gohida ta’limot
egasining o‘zi o‘z ta’limotlarining ilohiy ekanligani da’vo qilmagan bo‘lsa ham, undan
keyingi kelgan shogirdlari bu da’voni qilgan bo‘ladilar. Keng ma’noda D. "ma’naviy
olam", "ma’naviyat" sifatida "moddiy olam" - dunyoga qarama-qarshi qo‘yilgan. Biroq bu
holat ularning o‘zaro bir-birlaridan ajralganliklarini anglatmagan. Bu tushunchalar
dialektikasi, ularning aloqadorlik
va qarama-qarshilik darajasi, ularning har birini
faoliyati doirasi azaldan diniy va ijtimoiy munozaraning muhim belgisi bo‘lib kelgan (q.
Qur’on). Shaxsiy ismlar (mas., Salohad D., Faxr ad-D.), shuningdek, ilohiyotga doir
adabiyotlarda D. so‘zi ko‘pincha "Al-Islom"ga sinonim sifatida qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: