Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
70
DINIY MAROSIMLAR - fuqarolarning diniy ta’limotlardan, ularning qonun-qoidalari va
aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari. D.m.
har qaysi din
vakillarining o‘z diniy ta’limotlari asosidan kelib chiqqan. Islom dinida aqiqa, amri
ma’ruf, xatna, ro‘za va ramazon hayiti,
qurbonlik va kurbon hayiti, namoz, haj va b.
marosimlar bor. O’zbekistonda D.m.ning bemalol amalga oshirilishi ta’minlanadi, ammo
ular qonunlarni, jamoat tartibini buzmasligi va shaxsga hamda fuqarolarning huquqiga
daxl qilmasligi kerak. D.m.da qatnashish fuqarolarning xususiy
ishidir va hech qanday
huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. D.m.ga amal qilinganlik haqidagi hujjatlar
huquqiy kuchga ega emas. D.m. ibodatxonalarda,
diniy tashkilot muassasalarida,
ziyoratgohlarda, qabristonlarda, fuqarolarning xonadonlari va uylarida o‘tkaziladi.
Maxsus binolardan tashqarida D.m. yoki ommaviy ibodatlar o‘tkaziladigan holatlarda bu
hakda mahalliy hokimiyat ogohlantirib qo‘yilishi va bunday tadbirlar qat’iy
tartibga rioya
qilingan holda tashkil etilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: