Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə52/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41554
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62
19tom2011yilpdf

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Islom Karimov
NAVROZ BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI SO‘Z
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar!

Shu kunlarda ona yurtimiz – O‘zbekistonimiz zaminiga go‘zal bahor nafasi bilan birga barchamiz orziqib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Tabiat ochilib, shahar va qishloqlarimiz yashil libosga burkanib borayotgan mana shu lahzalarda siz, qadrli vatandoshlarimni, butun xalqimizni Navro‘z bayrami bilan chin yurakdan tabriklab, barchangizga o‘zimning samimiy tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

Hurmatli do‘stlar!

Xalqimiz hamisha shodu xurramlik bilan kutib oladigan qutlug‘ bayramlar va sanalar ko‘p. Lekin shu kunlarda el-yurtimiz nishonlayotgan Navro‘zi olam biz uchun eng qadimiy, asl milliy, har qanday siyosatdan xoli bo‘lgan, uzoq o‘tmish zamonlardan buyon qadriyatlarimiz timsoli bo‘lib kelayotgan xosiyatli bir ayyom, yasharish va yangilanish faslidir.

Sharqona yangi yil bo‘lmish bu sana odamzot qalbida ezgu intilishlarni uyg‘otib, unga umid va ishonch, shukronalik tuyg‘ularini bag‘ishlaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkagu ayol, yoshu qari – barcha yurtdoshlarimizning eng ardoqli, katta xursandchilik bilan o‘tkazadigan sevimli bayramidir.

Bu betakror ayyomni har bir xonadon, har bir oilada, bag‘rimizni keng ochib, “Xush kelibsan o‘lkamizga, Navro‘zi olam, qadaming qutlug‘ bo‘lsin, yurtimizga tinchlik-omonlik keltirsin!” deb qarshi olish azaliy odatimizga aylanib qolgan, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.

Ana shunday xolisona, pok niyatlar bilan zahmatkash dehqonlarimiz oftob nuridan tobora qizib borayotgan yerga urug‘ qadab, bepoyon dalalarimizdan mo‘l hosil undirish maqsadida yangi mehnat mavsumini boshlamoqda.

Bugun mana shu munavvar damlarda hammamizning tilagimiz: fidoyi dehqon va fermerlarimizning, barcha mehnatchilarimizning baxtini, omadini bersin, ishlari baroridan kelsin.

Navro‘z shukuhi, ko‘klam shabodasi ufurib turgan shu dilbar faslda inson tabiat bilan yanada yaqinroq va uyg‘un bo‘lib yashashga, yon- atrofidagi odamlarga, oilasi, yor-do‘stlariga har qachongidan ham ko‘proq hurmat va ehtirom, mehr va e’tibor bildirishga ehtiyoj sezadi, sumalak va halim, ko‘ksomsa kabi tansiq, haqiqatan ham milliy taomlarimizni ular bilan birga baham ko‘rishga intiladi.

Mahalla-ko‘y, el-yurt bilan ahil bo‘lib, ko‘makka muhtoj bo‘lgan insonlarga, nogiron va bemorlarga beminnat yordam berish, tabarruk keksalarning duosini olish singari azal-azaldan xalqimizga mansub bunday olijanob fazilatlarimiz ayni shu kunlarda o‘zining yaqqol tasdig‘ini topishini kuzatish mumkin.

Shuni aytish kerak – kimki xalqimizning mehribonligi va bag‘rikengligining yorqin ifodasi bo‘lmish ana shunday noyob odatlarimizning namoyishini ko‘rsa, ularning chuqur insoniy ma’nosini anglasa, hech shubhasiz, doimo hayratda qolishi muqarrar.

Navro‘z ruhi, Navro‘z falsafasi bilan hamohang bo‘lgan o‘lmas sharqona qadriyatlarni necha-necha asrlar davomida bezavol asrab- avaylab, saqlab kelayotgan xalqimizga har qancha tasannolar aytsak, arziydi, albatta.

Qadrli yurtdoshlarim, azizlarim!

Bugun O‘zbekistonimizning taraqqiyot yo‘lida barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgani, bizning asosiy maqsadimiz bo‘lmish yangi jamiyat, yangi hayot qurish, xalq farovonligini yuksaltirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan munosib joy olish uchun qat’iy qadamlar qo‘yayotganimizni xalqaro jamoatchilik e’tirof etayotgani hammamizni quvontiradi va yangi kuch-quvvat bag‘ishlaydi, albatta.

Avvalo, xalqimizning og‘ir va mashaqqatli mehnati, o‘z kuchimiz va salohiyatimizni oqilona ishlatish hisobidan erishayotgan yuksak natija va marralarimiz haqida gapirganda, e’tiboringizni ikki masalaga alohida jalb etishni zarur, deb bilardim.

Birinchidan, bugun mana shunday xavfli-tahlikali, o‘ta notinch bir davrda, jahon moliyaviy inqirozi hali-beri davom etayotgan paytda el- yurtimiz nimaiki natijalarni qo‘lga kiritmasin, bularning barchasi yurtimizda tobora mustahkam bo‘lib borayotgan tinchlik va osudalik, millatlar, dinlar va fuqarolararo totuvlik va ahillik, bir-birimizga hurmat va ehtirom hisobidan, desak, o‘ylaymanki, hech qanday xato bo‘lmaydi.

Bunday hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan boylikni ko‘z qorachig‘idek asrashimiz va sezgir bo‘lishimizni zamonning o‘zi talab etadi.

Ikkinchidan, biz hayotimizda erishayotgan yutuq va marralarni xalqaro hamjamiyat bilan hamnafas bo‘lib, uzoq va yaqin, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda ish tutishimizning samarasi sifatida ko‘ramiz va bunday hamkorlikni yanada kuchaytirish tarafdorimiz.

Navro‘z ruhi barchamizni ayni shunday orzu-niyatlar va intilish bilan yashashga da’vat etadi.

Fursatdan foydalanib, mana shunday shodiyona kunda shu yuksak minbardan turib, bugungi tantanamizda biz bilan birga ishtirok etayotgan chet mamlakatlarning muhtaram elchilari va xalqaro tashkilotlarning vakillariga, bizga xayrixoh bo‘lgan barcha do‘stu birodarlarimizga minnatdorlik bildirib, ularni Navro‘zi olam bilan samimiy qutlashga ruxsat bergaysiz.

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Bugungi unutilmas, ulug‘ ayyomda nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, munis opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni – hayotimizda tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan mening farzandlarimni yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Aziz boshingiz omon, umringiz uzoq, rizqu nasibangiz ziyoda bo‘lsin! Har bir xonadonga, butun yurtimizga tinchlik-omonlik, mehr-oqibat,

baxtu saodat yor bo‘lsin!

Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin